Toshkent foto uyi binosida 9 may – Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlangan “Xalq xotirasi muqaddas” mavzuida tarixiy-hujjatli ko‘rgazma ochilishi bo‘lib o‘tdi

2018 yilning 4 may kuni soat 10:00da Toshkent foto o‘yi binosida 9 may – Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlangan “Xalq xotirasi muqaddas” mavzuida tarixiy-hujjatli ko‘rgazma ochilishi bo‘lib o‘tdi.

Tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi, O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi, O‘zbekiston xalq artisti Turgun Azizov, O‘zbekiston Milliy Universiteti dotsenti V.G.Iofe, “Oila” va “Kadrlash” markazlari vakillari rasmiy chiqishlari bilan ishriroq etdilar.
Tadbir tashkilotchilari: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi, O‘zbekiston Respublikasi kinofotofono hujjatlar markaziy davlat arxivi, O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi, Toshkent foto uyi
.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 apreldagi “Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq tashkil etildi.
Ko‘rgazma ekspozitsiyasini O‘zbekiston Respublikasi kinofotofono hujjatlar Markaziy davlat arxivining Ikkinchi jahon urushi yillardagi O‘zbekiston xalq va mamlakatning hayotini aks etgan fotohujjatlar tashkil etdilar.

Shuningdek ko‘rgazmada O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi, Toshkent shahar davlat arxivida saqlanayotgan O‘zbekiston xalqining fashizm ustidan g‘alabaga qo‘shgan hissasini tasdiqlovchi hujjatlar, askarlarning 1941-1945 yillardagi maktublari namoyish etildi.

Fotohujjatlardan tashqari ko‘rgazma davomida monitorlarda O‘zbekiston Respublikasi kinofotofono hujjatlar Markaziy davlat arxivida saqlanayotgan Ikkinchi jahon urushi haqidagi hujjatli filmlar, 1941-1945 yillardagi ovozli hujjatlar, urush yillardagi musiqa va qo‘shiqlar namoyish etildi.

Ko‘rgazmada tashkil etilgan Ikkinchi jahon urushi vaqtidagi qo‘shiq va kuylari, idishlar, dasturxon tuzashlarni ichiga olgan instalyatsiyasi ham 1941-1945 yillarni xotira qilishga yordam berdi.

Ko‘rgazma doirasida Ikkinchi jahon urush va mehnat veteranlarini, O‘zbekiston xalq artistlarini qutlash va xushnud etish tadbiri tashkil etildi.
Ko‘rgazma barcha tashrif buyurganlarda katta ta’surot qoldirdi.