Toshkent shahridagi Mirzo Ulug‘bek tumani Oqqo‘rg‘on mahallasi idorasi binosida sharqshunos olima, tarix fanlari doktori, professor Roziya Mukminova (1922-2022yy.) tavalludining 100 yilligi munosabati Xotira uchrashuvi tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda, tarixchi olimlar, xokimlik vakillari, mahalla fuqarolari, olimaning farzandlari va boshqalar ishtirok etdilar.

Shuningdek, onlayn tarzda Tatarston Respublikasi Fanlar akademiyasi nomidan tarix fanlari doktori, professor I.A.Gilyazov olima haqida o‘zining xotira ma’ruzasi bilan qatnashdi. 

O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi  tomonidan tarixchi olima R.Mukminova hayoti va mehnat faoliyatiga oid fotosuratlar asosida ko‘rgazma tashkil etildi.


Manba : "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati