Umumxalq muhokamasida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2019 yil 19 martdagi 02-1033-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 20 dekabr 2018 yildagi 08/1-3497-son topshirig‘iga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishi va ish yuritishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” qarori loyihalari ishlab chiqilib, project.gov.uz Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi orqali Umumxalq muhokamasiga e’lon qilindi hamda idoraviy kelishuvga qo‘yildi.