“O‘zarxiv” agentligi tizimida xodimlarni sog‘lomlashtirish maqsadida sport tadbiri o‘tkazildi.

Joriy yil 16 yanvar shanba kuni arxivchi xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining2020 yil 30 oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari  to‘g‘risidagi” PF-6099-son  Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida xodimlar o‘rtasida sportning basketbol turi bo‘yicha  musobaqa o‘tkazildi.


Manba : "Ўзархив" агентлиги Ахборот хизмати