O'zbekistonda «davlat hizmatlarining sirli mijozi» tizimi joriy etiladi

 

O’zbekistonda «davlat hizmatlarining sirli mijozi» instituti joriy etiladi. Bu Prezidentning «O’zbekiston Respublikasining halqaro reytinglar va indekslardagi o’rnini yahshilash chora-tadbirlari tog’risida»gi qarorida ko’zda tutilgan. 

«Davlat hizmatlarining sirli mizhozi» institutidan foydalanish doirasidagi chora-tadbirlar Adliya vazirligi va Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkil etiladi;

«Davlat hizmatlarining sirli mizhozi» institutidan foydalanishda huquqbuzarliklar va vakolatni suiste’mol qilishga undovchi usullarni qo’llash taqiqlanadi;

«Davlat hizmatlarining sirli mizhozi» instituti ma’muriy tartib-qoidalar amalga oshirilishi qulayligi va davlat organlari, shuningdek, ularning hodimlari tomonidan davlat hizmatlarini ko’rsatishda normativ-huquqiy hujjatlar talablari, hodimlarning professionalligi va tezkorligi, ularning aholi bilan muomala qilish etiketi darajasini baholaydi;

ma’lumotlarni yig’ish uchun haqiqiy «mijoz» ko’rinishida monitoringni amalga oshiruvchi hodimlar va boshqa shahslar («sirli mijozlar»)dan foydalaniladi;

«sirli mijoz» tomonidan monitoring nafaqat bevosita ob’ektlarga tashrif buyurishlar, balki monitoring amalga oshirilayotgan davlat hizmatlariga qarab boshqa vositalar (telefon qo’ng’iroqlari, elektron pochta orqali murojaat qilish va boshqalar) orqali ham amalga oshirilishi mumkin;

«Davlat hizmatlarining sirli mizhozi» monitoringi natijalari shahsiy bo’lmagan shaklda rasmiylashtiriladi hamda qonun hujjatlari va huquqni qo’llash amaliyotini takomillashtirish uchun tegishli davlat hizmatlarini ko’rsatadigan vazirlik va idoralarga majburiy tartibda ko’rib chiqish uchun taqdimnomalar yuboriladi;

«Davlat hizmatlarining sirli mizhozi» monitoringi natijalari tegishli davlat hizmatlarini ko’rsatadigan vazirlik hamda idoralar hodimlarini javobgarlikka tortish uchun asos bo’lmaydi va tavsiyaviy ko’rinishga ega bo’ladi.