Vatan Ona singari aziz va tanhodir.

Vatan Ona singari aziz va tanhodir. Bizning vazifamiz – yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning qalbiga Vatanga muhabbat hissini, shu jannatmakon yurtda tug‘ilib-o‘sganidan faxrlanish tuyg‘usini singdirishimiz kerak. Mazkur egu maqsadni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi tomonidan «14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni» munosabati bilan O‘zbekiston Davlat San’at va Madaniyat Institutida «Vatan himoyachilari» nomli foto ko‘rgazma hamda Ikkinchi jahon urushi yillarini o‘zida aks ettirgan hujjatli film namoyish etildi. Tadbirda institutning 10 ziyod ustoz qituvchilari va 150 dan ziyod talaba yoshlar ishtirok etdilar. Shu kabi hujjatlarga asoslangan ko‘rgazmalar yoshlarda vatanparvarlik, ezgulik tuyg‘ulari yuksalishiga xizmat qiladi degan umiddamiz.


“O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati