“O‘zarxiv” agentligining 2018 yil I yarim yilligiga mo‘ljallangan Asosiy ish reja yuzasidan 9 iyun – “Xalqaro arxivlar” kuni va 15 iyun - “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinganligi munosabati bilan “O‘zarxiv” agentligi tizimidagi Respublika arxivlari o‘rtasida “Yoshlar forumi” joriy yilning 8 iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib o‘tishini ma’lum qilamiz.
Shu qatorda, ushbu reja yuzasidan “Elektron hujjatlarini shakllantirish, jamlash, hisobini olib borish, saqlovini ta’minlash va ulardan foydalanishni tashkil etish” mavzuidagi Konferensiya hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tuman davlat arxivining yangi binosini ochilishi ham ushbu forum doirasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.