O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI

HUZURIDAGI "O`ZARXIV" AGENTLIGI


 

Davlat arxivlarida xizmat ko‘rsatish darajasini baxolash bo‘yicha ijtimoiy so‘rov o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom davlat arxivlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarni belgilangan talablar darajasida ekanligini hamda sifatini arxiv xizmatlaridan foydalanuvchilar tomonidan xolis baholash yuzasidan ishlab chiqilgan.

Mazkur nizom talablari markaziy, viloyat va tuman (shahar) davlat arxivlari uchun, shuningdek idoralararo shaxsiy tarkib hujjatlari arxivlari (quyidagi matnda Arxivlar deb yuritiladi) uchun joriy etiladi.

I. Umumiy qoidalar

        1. Davlat arxivlarida xizmat qo‘rsatish darajasini baxolash bo‘yicha ijtimoiy so‘rov (quyidagi matnda - Ijtimoiy so‘rov deb yuritiladi) arxivlarga so‘rovlar bilan murojaat qilayotgan murojatchilardan ularga ko‘rsatilgan xizmatlarga oid savollar majmui ifodalangan so‘rov anketalariga javoblar olish asosida tashkil etiladi.

        2. So‘rov anketalari joylarda markaziy davlat arxivlari va arxiv ishi hududiy boshqarmalari tomonidan tuziladi. So‘rov anketalarini tuzishda “O‘zariv” agentligining tavsiyalari va tegishli ko‘rsatmalariga, shuningdek namuna shaklda ishlab chiqilgan namunaviy so‘rov anketalariga (1 va 2 ilovalar) asoslanadi.

        3. So‘rov anketalari arxivlarga murojaat qiluvchi murojaatchilar ko‘lamini inobatga olgan holda etarli miqdorda tayyorlanadi va uning bo‘sh blanklari murojaatchilarni qabul qilish uchun maxsus jihozlangan joylarda hamma uchun ko‘rinarli tarzda joylashtiriladi.

So‘rov anketalarining bo‘sh blanklari fuqarolarning o‘rtacha olingan kunlik so‘rovlari miqdorining 1,5 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda quyidagi joylarga taqsimlab chiqiladi:

murojaatchilarning fikr-mulohazalarini olish qutilari (bevosita qutining o‘zida yoki uning yonida);

murojaatchilarni qabul qilish joylari (so‘rovlarni qabul qilib olish darchalari, ish stollari, qabul xonalari);

arxivlarga murojaat qilish hujjatlaridan namunalar qo‘yilgan stendlarda;

arxiv rahbarining (yoki uning o‘rinbosarining) ish stolida.

So‘rov anketasining elektron shakli “O‘zarxiv” agentligining, shuningdek arxiv muassasasining veb- saytida joylashtirilishi lozim.

        4. So‘rov anketalari arxivga kelgan murojaatchining o‘zi tomonidan ixtiyoriy to‘ldiriladi. So‘rov anketasini murojaatchini majburlab to‘ldirish ma’n etiladi.

So‘rov anketasini murojaatchining nomidan boshqa murojaatchi tomonidan to‘ldirishga muallif hisoblanuvchi murojaatchi faqat ob’ektiv sabablarga ko‘ra (jismoniy imkoniyat cheklangan hollardagina) yo‘l qo‘yiladi. Bunda murojaatchi nomidan so‘rov anketasini to‘ldirgan shaxs anketaning yakuniy (tegishli) qismida o‘zining ismi-sharifini ko‘ratib, o‘z imzosini, muallif hisoblanuvchi murojaatchi esa o‘zining ismi-sharifi ko‘rsatilgan joyga o‘z imzosini qo‘yadi.

        5. Arxivda murojaatchilarga ko‘rinarli tarzda mazkur arxivda so‘rov anketalari joriy etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar joylashtirilishi lozim.

        6. Arxiv rahbariyati va arxiv xodimlari murojaatchilarni so‘rov anketalarini to‘ldirishga yoki to‘ldirmaslikka majburlash huquqiga ega emaslar.

        7. U yoki bu sabablarga ko‘ra javoblar yozilgan lekin fikr mulohazalar qutisiga solinmay turli joylarga tashlab qo‘yilgan so‘rov anketalari hisobga olinmaydi va ularni ishga yaroqsiz hujjatlar sirasiga kiritiladi.

II. So‘rov anketalarini ko‘rib chiqish

        8. Fikr-mulohazalar qutisi tegishli arxiv ishi hududiy boshqarmasi rahbari yoki mutaxassisi tomonidan har chorakda bir martadan kam bo‘lmagan davriylikda arxiv rahbari yoki mas’ul xodimi ishtirokida ochib boriladi.

        9. Fikr-mulohazalar qutisidan olingan fikr-mulohazalar va to‘ldirilgan so‘rov anketalari birma-bir sanoqdan o‘tkazilib, huquqiy jihatdan haqiqiy hisoblanmagan (imzoga ega bo‘lmagan, fuqaroning ismi-sharifi ko‘rsatilmagan) yaroqsiz so‘rov anketalari chiqarib tashlanadi va ushbu yuzasidan mazkur nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda dalolatnoma tuziladi. Dalolatnoma
2 nusxada tuzilib, bir nusxasi arxivda, 2-nusxasi arxiv ishi hududiy boshqarmasiga beriladi. 

        10. Arxiv ishi hududiy boshqarmasida tegishli arxivlardagi fikr-mulohazalar qutisidan olingan murojaatchilarning taklif va tavsiyalari, shuningdek so‘rov anketalari o‘zining turiga muvofiq umumlashtirib chiqiladi. Bunda so‘rov anketalari alohida jamlanadi.

        11. Arxiv ishi hududiy boshqarmasi tomonidan fikr-mulohazalar qutisidan olingan taklif va tavsiyalar hamda so‘rov anketalari har bir arxiv kesimida tahlildan o‘tkazib chiqiladi.

        12. Tahlil natijalari arxiv ishi hududiy boshqarmalarida tashkil etiladigan direksiya yig‘ilishlarida muhokama etib boriladi.    

III. So‘rov anketalari bilan ishlashdagi javobgarlik                    

        13. So‘rov anketalari bilan ishlashda tegishli mutaxassislar va rahbar hodimlar ulardagi ma’lumotlarni ob’ektiv tahlil etish va umumlashtirishga javobgar hisobolanadilar.

        14. So‘rov anketalari tahlillari tegishli arxivdagi xizmatlarni baholash mezonlaridan biri hisoblanadi. Uning natijalari tegishli muhokamalar tashkil etish, ayrim xodimlarga tushuntirish ishlari olib borish, zarur hollarda xizmat tekshiruvi tashkil etishga asos bo‘lishi mumkin.  Faqatgina ushbu tahlillarga asoslanib arxiv rahbarlari va xodimlariga nisbatan intizomiy choralar ko‘rish ta’qiqlanadi.

XIZMATDAN FOYDALANISH

 

Nizomni ko’chirib olish (doc. 33.5 kb)
Baholash anketasini ko’chirib olish (doc. 55 kb)