Seminar-treninglar kun tartibi doirasida “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliyev tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy davlat arxivida malakaviy o‘quv tashkil etildi. 














 

AOKA hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qori Kengesi hamkorligida 18-20 aprel kunlari Nukus shahrida vazirlik va idoralar matbuot kotiblari uchun seminar-treninglar tashkil etilmoqda.

Seminar-treninglar kun tartibi doirasida “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliyev tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy davlat arxivida “Axborot siyosatini yuritishda rasmiy munosabat va rasmiy bayonot berish tartibi”, “Soxta xabarlardan qanday saqlanish mumkin?”, “Tashkilot faoliyatining ochiqlik darajasini oshirish va shaffofligini taʼminlashda matbuot kotibining roli” nomli mavzularda malakaviy o‘quv tashkil etildi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan malakaviy o‘quvda xodimlarga axborot xavfsizligi masalalari va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda axborot immunitetining zarurligi xususida maʼlumot va tushunchalar berib o‘tildi.


Manba : “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati