O'zbekiston arxiv xizmati vakili Istambul shahrida bo'lib o'tgan Xalqaro anjumanda ishtirok etdi

Joriy yil 19-21 mart kunlari Turkiyaning Istambul shahrida Xalqaro arxivlar kengashi, Turkiya Respublikasi Bosh vaziri devoni huzuridagi Davlat arxivlari bosh departamenti hamda Usmoniylar davlat arxivi tomonidan tashkil etilgan “Birinchi jahon urushining 100 yilligi hujjatlari” mavzusida Xalqaro anjuman va mavzuga doir arxiv hujjatlari ko'rgazmasi bo'lib o'tdi.

Anjumanda dunyoning besh qit'asining 65 davlatlaridan 130 nafardan ortiq arxiv sohasi rahbarlari va etakchi mutaxassislari ishtirok etdilar, shu jumladan, O'zbekiston arxiv xizmati vakili sifatida “O'zarxiv” agentligi bosh direktori o'rinbosari Dildora Kucharova ishtirok etdi.