Rasmiy munosabat

Ijtimoiy  tarmoqlar orqali Andijon viloyati Marhamat tumani tibbiyot birlashmasiga tegishli bo‘lgan hujjatlarining saqlanish holati yuzasidan  berilgan tanqidiy material bo‘yicha qo‘ydagilar aniqlandi.

Andijon viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi Maramat tumani davlat arxivi mutaxassislari tomonidan holatga aniqlik kiritish maqsadida muassasada o‘rganish ishlari olib borildi.

Marhamat tumani tibbiyot birlashmasi idoraviy arxivida joriy ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli hujjatlar vaqtincha boshqa binoga olib chiqilgan. O‘rganish natijasiga ko‘ra, foto materialda aks etgan hujjatlar tibbiyot birlishmasi “kasallik tarixlari” ekanligi aniqlandi.

Maramat tumani davlat arxivi mutaxassislari tomonidan tuman tibbiyot birlashmasi mutassadilari bilan mazkur hujjatlarni xavfsiz, qonun me’yor talablari asosida saqlanishini ta’minlash yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Hozirda tumani tibbiyot birlashmasi mutsaddilari tomonidan hujjatlarni qayta joylashtirish ishlari olib borilmoqda.

 

 


Manba : “O‘zarxiv” agentligi  Axborot xizmati