Bugun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliyev ishtirokida “O‘zarxiv” agentligi tomonidan amalga oshirilgan ishlar va aholi uchun yaratilgan qulayliklar” mavzusida BRIFING o‘tkazildi

Brifingda ma’lum qilinishicha
2022 yil davomida davlat arxivlari saqloviga vazirlik va idoralar hamda tashkilotlardagi Milliy arxiv fondiga tegishli 195,2 ming saqlov birligidagi boshqaruv hujjatlari qabul qilingan hamda tashkilot va korxonalarning 408,3 ming saqlov birligidagi arxiv hujjatlari shartnoma asosida tartibga keltirilgan.
2022 yil davomida Respublika arxivlariga jami 538 826 ta mavzuli va ijtimoiy-huquqiy mazmundagi so‘rovlar kelib tushgan bo‘lib, shundan 83 332 ta mavzuli, 455 494 ta ijtimoiy-huquqiy mazmundagi so‘rovlar kelib tushgan. Shundan 440 373 ta so‘rov ijrosi ta’minlangan. Tashkilot hujjatlari arxiv saqloviga kelib tushmagan va taaluqligi bo‘yicha tegishli tashkilotlarga yuborilgan so‘rovlar soni 98 453 tani tashkil etadi.
Davlat arxivlari tomonidan 2023 yil 1 yanvar holatiga jami 880,9 ming saqlov birligidagi 53,0 mln. kadr raqamlashtirilgan. Tasdiqlangan rejaga muvofiq, 2022 yil boshidan 100 ming saqlov birligidagi 15,2 mln. kadr raqamlashtirilgan.
2023 yil 24 yanvar holatiga ko‘ra davlat arxivlari tomonidan e.arxiv.uz – “Davlat arxivlarida raqamlashtirilayotgan hujjatlarni yagona saqlovini ta’minlash hamda ulardan foydalanish” axborot tizimida jami 45370 ta fond, 39 586 ta ro‘yxat, 318 334 saqlov birligi va 57 794 ta hujjat yaratilgan.
Mazkur tizimning joriy qilinishi natijasida Milliy arxiv fondiga kiritilgan arxiv hujjatlarining markazlashgan saqlovini tashkil qilish, tizimga kiritilgan fond, ro‘yxat, saqlov birligi, arxiv hujjatlari bo‘yicha onlayn ravishda foydalanish imkoniyati yaratilmoqda.
Aholiga qulaylik yaratish maqsadida, “Davlat arxivlarida raqamlashtirilayotgan hujjatlarni yagona saqlovini ta’minlash hamda ulardan foydalanish” axborot tizimiga kiritilgan ma’lumotlarni, shu jumladan fond, ro‘yxat va saqlov birligi bo‘yicha arxiv hujjatlarni qidirish servisi doc.arxiv.uz joriy qilindi. Ushbu hujjatlarni qidiruv tizimidan bugungi kundan dastlabki bosqichda foydalanish mumkin.
Maxfiylikdan chiqarish yo‘nalishida ham tizimli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda va tadqiqotchilar uchun hujjatlar ochiq fondga o‘tkazilgan holda foydalanish uchun taqdim etilmoqda.
O‘zbekiston milliy arxivida saqlanayotgan tarixiy davr (1917 yilgacha) bo‘lgan arxiv hujjatlaridan 10 ta fonddan jami 56 ta yig‘majild o‘rnatilgan tartibda maxfiylikdan chiqarilgan.
Jumladan I-1 «Kanselyariya Turkestanskogo general gubernatora» (1868-1917y.) fondining 26-ta: I-3 «Rossiyskoye imperatorskoye politicheskoye agentstvo v Buxare»; I-5 «Kanselyariya nachalnika Zeravshanskogo okruga», I-16 “Upravleniye pereselencheskim delom v Sыr-Darinskom rayone” ; I-19 «Ferganskoye oblastnoye upravleniye», I-46 “Upravleniye Turkestanskogo tamojennogo okruga»; I-194 «Patta Gisarskaya tamojnya», I-278 “Tovariщ prokurora Samarkandskogo okrujnogo suda po Samarkandskomu uchastku», I-715 «Podgotovitelnыe materialы k sostavlennoy polkovnikom A.G.Serebrennikovыm publikatsii dokumentov «Turkestanskiy kray. Sbornik materialov dlya istorii yego zavoyevaniya» va I-722 «Shtab Turkestanskogo voyennogo okruga» fondlaridagi 56 ta yig‘majildlari o‘rnatilgan tartibda maxfiylikdan chiqarildi va tadqiqotchilar uchun ilmiy muomilaga kiritildi.
Shuningdek, R-314 «Upolnomochennыy upravleniya po evakuatsii naseleniya pri Sovete Narodnыx Komissarov UzSSR» fondi
va R-837 “Sovet Narodnыx Komissarov UzSSR” fondlarining 603 ta varaqdan iborat arxiv hujjatlari o‘rnatilgan tartibda maxfiylikdan chiqarilgan.
Bugungi kunda foydalanuvchilar ushbu hujjatlardan hech qanday to‘siqsiz foydalanishlari mumkin.

2022 yil davomida 290 ta vazirlik, idoralar va ularning hududiy bo‘linmalari hamda boshqa tashkilotlarda arxiv ishi bo‘yicha davlat nazorati tadbirlari o‘tkazilgan;
o‘tkazilgan tekshirish natijasida arxiv ishiga mas’ul xodimlarning 10 nafariga ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnomalar tuzilib, tegishli sud organlariga yuborilgan;
4 ta o‘tkazilgan tekshirishlar bo‘yicha to‘plangan materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan;
qonunchilik hujjatlari talablari buzilganligini bartaraf qilish haqida 218 ta ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritilgan.
Bundan tashqari “O‘zarxiv” agentligi tomonidan aholiga qulaylik yaratish maqsadida quyidagi chora tadbirlar olib borilmoqda.
Birinchidan: “Elektron hukumat” tizimining Ma’lumotlarni qayta ishlash markazida davlat arxivlari faoliyatiga joriy etiladigan axborot tizimlari va resurslari, dasturiy ta’minotlar va elektron reyestrlar ma’lumotlarini belgilangan tartibda zaxiralashni tashkil qilish ustida ish olib borilmoqda.
Buning natijasida Arxiv sohasidagi axborot tizimlari va resurslari, raqamlashtirilgan arxiv hujjatlarining markazlashgan holda ma’lumotlar banki elektron hukumat tizimi doirasida ishlov berilishi, saqlanishi, zahiralanishi va xizmat ko‘rsatilishi tashkil qilinadi.
Ikkinchidan: “Arxiv.gov.uz” idoraviy elektron arxiv axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish ustida ishlar olib borilmoqda.
Bundan kutilayotgan natija: Vazirlik va idoralar, korxona va tashkilotlarda saqlanayotgan idoraviy arxiv hujjatlarini davlat arxivlariga elektron shaklda qabul qilish va tezkor ishlov berish imkoniyati yaratiladi.
Uchinchidan: O‘zbekiston milliy arxivlarida arxiv hujjatlarini zamonaviy raqamlashtirish uskunalar bilan jihozlash rejalashtirilmoqda.
Buning natijasida arxiv hujjatlarining raqamlashtirish ishlarining sifati va ko‘lamini oshirishga erishiladi. Aholiga tezkor ravishda onlayn arxiv xizmatlarini ko‘rsatish, hujjatlarning elektron nusxalarini taqdim kabi bir qator qulayliklar yaratiladi.
To‘rtinchidan: Arxiv ishi va ish yuritish sohasini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar tizimlashtirilmoqda. Bunda korrupsiyaviy omillar, byurokratik to‘siqlar va amaliyotda ishlamayotgan normalar bartaraf qilinadi.


Manba : "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati