“Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov Andijon viloyatidagi arxiv muassasalari rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi hamda arxivlar ish faoliyati bilan tanishdi




























































“Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov Andijon viloyatidagi arxiv muassasalari rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuv davomida sohaga doir yangiliklar, raqamlashtirish masalalari, korrupsiyaga qarshi kurash, 2024-yil raqamlashtirish masalasida ishlarni rejalashtirish, takliflar, muammolar xususida suhbat tashkil etildi.

Shuningdek, tizimdagi mavjud muammolar, kamchiliklar, ularni bartaraf etish boʻyicha tegishli tavsiyalar muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida joriy yilda amalga oshirilayotgan ishlar tahlili va kelgusidagi rejalar boʻyicha topshiriqlar berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligining tegishli buyrug‘iga ko‘ra "O‘zarxiv" agentligi direktori U.Yusupov tomonidan Arxiv ishi sohasidagi fidoiy mehnati, tashabbusligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan Andijon viloyati Shahrixon tumani shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivi direktori Roʻziyeva Nargizaxon Usmanovna “O‘zarxiv” agentligining “Faxriy yorlig‘i” hamda Andijon viloyat davlat arxivi hujjat ta'mirlovchisi Akatin Maksim Aleksandrovich “Tashakkurnoma” bilan taqdirlandilar.

“Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov Andijon viloyat davlat arxivida arxiv hujjatlarini raqamlashtirish ishlarining olib borilishi bilan tanishdi.

U.Yusupov arxiv ish jarayoni, arxiv hujjatlarining saqlanish holati, ishlatilayotgan axborot tizimlari samaradorligi bilan tanishib, xodimlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, koʻrsatilayotgan xizmatlarning tezkorligi bilan tanishdi va arxiv xodimlariga tegishli tavsiya va topshiriqlar berdi.

Ma'lumot uchun: Andijon viloyat davlat arxivi 1909-yilda o‘z ish faoliyatini boshlagan va asosan 1917-1918-yillarga oid hujjatlarini (qisman) to‘plamini o‘z ichiga oladi. Hozirda muassasada 531 fondda 1917-yildan 2017-yilga qadar 182 498 saqlov biriligidagi hujjat saqlanmoqda. Davlat arxivi 210 ta korxona, tashkilot va muassasaga ilmiy, uslubiy yordam berib kelmoqda. Muassasada 28 nafar xodim faoliyat yuritib kelmoqda.

“Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov Ulugʻnor tumani shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivida boʻldi.

U.Yusupov arxiv ish jarayoni, arxiv hujjatlarini raqamlashtirish ishlarining olib borilishi, arxiv hujjatlarining saqlanish holati, ishlatilayotgan axborot tizimlari samaradorligi bilan tanishib, xodimlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, koʻrsatilayotgan xizmatlarning tezkorligi bilan tanishdi va arxiv xodimlariga tegishli tavsiya va topshiriqlar berdi.

Ma'lumot uchun: Ulugʻnor tumani shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivi 2006-yil 24-iyun kuni tashkil etilgan. Tuman shaxsiy tarkib davlat arxivida jami 68 fondda 1957-yildan 2019-yilgacha 5 772 saqlov birligida hujjatlar saqlanmoqda. Arxiv muassasasida 4 nafar xodim faoliyat olib boradi. Ushbu arxiv 2023-yilda sobiq Adliya binosiga koʻchirilgan.

“Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov Andijon tumani shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivida boʻldi.

U.Yusupov arxiv ish jarayoni, arxiv hujjatlarining saqlanish holati, ishlatilayotgan axborot tizimlari samaradorligi, xodimlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, koʻrsatilayotgan xizmatlarning tezkorligi bilan tanishdi va arxiv xodimlariga tegishli tavsiya va topshiriqlar berdi.

Ma'lumot uchun: Andijon tumani shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivi 1973-yil 7-dekabr kuni tashkil topgan. Hozirgi kunda tuman arxivi saqlovida 112 ta fond 30 000 ta saqlanish birligidagi shaxsiy tarkib hujjatlari saqlanib kelinmoqda. 1932-2020-yillardagi hujjatlar saqlanadi. Mazkur arxiv muassasasida jami 5 nafar ishchi xodim faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu arxiv 2023-yilda tuman Adliya boʻlimi binosiga koʻchirilgan.


Manba : "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati