"O‘zarxiv" agentligi direktori U.Yusupov tomonidan Uchqo‘rg‘on tuman davlat arxivi direktori Umarov Muxamadali Agentlikning idoraviy mukofoti “SOHA IFTIXORI” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.















O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligining tegishli buyrug‘iga ko‘ra "O‘zarxiv" agentligi direktori U.Yusupov tomonidan Uchqo‘rg‘on tuman davlat arxivi direktori Umarov Muxamadali Agentlikning idoraviy mukofoti “SOHA IFTIXORI” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Shuningdek, Namangan viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi Turdaliyev Xusan Inomjonovich “O‘zarxiv” agentligining “Faxriy yorlig‘i” hamda Mingbuloq tuman davlat arxivi arxivchisi Xusanova Muqaddam Xasanboy qizi “Tashakkurnoma” bilan taqdirlandilar.

Ushbu xodimlarni muborakbod etib, kelgusi faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar va zafar tilaymiz.


Manba : "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati