“O‘zarxiv” agentligi rasmiy munosabati

“O‘zarxiv” agentligi rasmiy munosabati

Bugun “BASTION” telegram kanalida e’lon qilingan “Andijon viloyatidagi arxiv xodimlari nomidan murojaat”i “O‘zarxiv” agentligining alohida nazoratiga olindi.

Mazkur murojaatda keltirilgan salbiy holatlar “O‘zarxiv” agentligining Korrupsiyaga qarshi kurashish sektori tomonidan o‘rganilishi boshlandi.

Murojaatda keltirilgan salbiy holatlar o‘z tasdig‘ini topgan taqdirda aybdor shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishi va o‘rganish natijalari xaqida keng jamoatchilik xabardor etilishini ma’lum qilamiz.
 


Manba : "Oʻzarxiv" agentligi Axborot xizmati