«O‘zarxiv» agentligiga Sverdlov viloyati arxivlar boshqarmasi boshlig‘i R.S.Taraborin tashrif buyurdi.





















«O‘zarxiv» agentligiga Sverdlov viloyati arxivlar boshqarmasi boshlig‘i R.S. Taraborin tashrif buyurdi.

Uchrashuv chog‘ida «O‘zarxiv» agentligi va Rossiya Federatsiyasi Sverdlov viloyati arxivlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston tarixi va madaniyatini, arxiv hujjatlarini Sverdlov viloyatida targ‘ib etish, hujjatlarni raqamlashtirish, qo‘shma ko‘rgazmalar va nashrlar tashkil etish bo‘yicha hamkorlikdagi masalalar kun tartibining asosiy mavzusi sifatida ko‘rildi.

Uchrashuv so‘ngida arxiv bo‘ylab qiziqarli ekskursiya uyushtirilib, arxivda hujjatlar saqlovini taʼminlash, ularni restavratsiya va raqamlashtirish jarayonlari bilan tanishtirildi.

Shuningdek, mazkur tadbir doirasida mehmonga «O‘zarxiv» agentligi nomidan esdalik sovg‘alari taqdim etildi. Arxivdagi shart-sharoitlar mehmonda katta taassurot qoldirdi, kelgusida hamkorlik qilish rejalashtirildi.


Manba : “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati