O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI

HUZURIDAGI "O`ZARXIV" AGENTLIGI


 

O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon o‘rtasida 2016-yil 5-dekabr kuni telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.

 

Tojikiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovidagi ishonchli g‘alabasi bilan samimiy tabrikladi. 

Davlat rahbarlari O‘zbekiston – Tojikiston munosabatlarini mustahkamlash masalalari bo‘yicha fikr almashdilar. Shuningdek, siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi dolzarb vazifalarni amalga oshirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligini ta’kidladilar. 

O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha davlat va jamoat tuzilmalari, xo‘jalik subyektlarining o‘zaro muloqotlarini qo‘llab-quvvatlashga kelishib oldilar. 

Suhbat amaliy va do‘stona ruhda o‘tdi. 

 

 


Manba : UzA.uz