“Xotira tadbirlari”

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Toshkent shahar IIBB va Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlar milliy arxivi oʻzaro hamkorlikda "9-may – Xotira va qadrlash kuni"ga bagʻishlab “Toshkent shahar Ichki ishlar organlari: el-yurt xizmatida” nomli fotokoʻrgazmasi tashkil etildi. Xotira tadbirlari doirasida Ikkinchi jahon urushida halok boʻlgan va ichki ishlar organlarining xizmat burchini bajarishda halok boʻlgan xodimlari xotirasini yod etish, gulchambar qoʻyish, teatrlashgan sahna va konsert chiqishlari boʻldi. Tadbirda front orti va ichki ishlar organlari mehnat faxriylari, halok boʻlgan xodimlarning oila aʼzolari va yaqinlari, OAV vakillari va boshqa mehmonlar ishtirok etishdi.


Manba : "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati