“YIL FAOLI - 2023” TAQDIRLASH MAROSIMIDA “O‘ZARXIV” AGENTLIGI “YILNING ENG FAOL MATBUOT XIZMATI” NOMINATSIYASI G'OLIBI BO'LDI








 

“YIL FAOLI - 2023” TAQDIRLASH MAROSIMIDA “O‘ZARXIV” AGENTLIGI “YILNING ENG FAOL MATBUOT XIZMATI” NOMINATSIYASI G'OLIBI BO'LDI

“O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasi o‘z anʼanasiga muvofiq Yangi yil arafasida yil davomida faollik ko‘rsatib, o‘z tashabbuskorligini namoyon etgan, fidokorona mehnat qilgan, o‘z izlanishlari bilan teleradiokanal faoliyatida samarali mehnat qilgan xodimlarini, shuningdek, teleradiokanal bilan keng qamrovli ijodiy hamkorlik ishlarini olib borgan ijodkorlarni munosib taqdirlab keladi. MTRK Mediamarkazida bo‘lib o‘tgan “YIL FAOLI - 2023” bayram tadbirida 21 ta nominatsiya bo‘yicha faollar eʼlon qilindi. Munosib deb topilganlarga “YIL FAOLI - 2023” statuetkasi, diplom va estalik sovg‘alar topshirildi. Shu qatorda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi “YILNING ENG FAOL MATBUOT XIZMATI” nominatsiyasi g‘olibi deb topildi.
Bu eʼtirof jamoamizga berilgan yuksak eʼtibor va rag‘batdir!

Tadbirda ommaviy axborot vositalari xodimlari, ziyolilar, shoir va yozuvchilar, sanʼat vakillari, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ijodiy va texnik xodimlar ishtirok etishdi. Fan, taʼlim, sanʼat va madaniyat sohasidagi yetuk mutaxassislar, sanʼat arboblari sovg‘alarni o‘z egalariga topshirishdi.

“YIL FAOLI - 2023” taqdirlash marosimidan yozib olingan muxsus ko‘rsatuv 31-dekabr kuni “O‘zbekiston” telekanalining kechki dasturlari orqali namoyish etiladi.

 


Manba : "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati