O'zbekiston arxivlar

O‘zbekiston Milliy arxivi 1958 yil 20-noyabrda OIMDA (SGAOR) va MDTA (SGIA) birlashishi natijasida tashkil etilgan. Bu yerda IX-asrdan - 1917-yillardagi tarixiy davrga oid arxiv hujjatlari saqlanadi. Shuningdek, Turkiston ASSR, O‘zbekiston SSRning yuqori organlari va davlat boshqaruvi hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik davridan hozirgi kungacha bo‘lgan hujjatlar ham mujassamdir. Arxivda milliy tarixning turli davrlaridagi davlat arboblari, siyosiy partiyalar, madaniyat, fan, jamoat tashkilotlarining shaxsiy fondlari ham mavjud. Arxiv fond hujjatlarining qariyb 1,8 million yig‘majildlari MAF hujjatlarini tashkil etadi, ulardan 0,5 mln. yig‘majildlar alohida qimmatli hujjatlardir.

O‘zbekiston Ilmiy-texnika va tibbiy hujjatlar milliy arxivi 1962 yilda tibbiyot fanlari va amaliyotining to‘plangan tajribasidan to‘liq foydalanish uchun O‘zbekiston SSR Markaziy davlat tibbiy arxivi sifatida tashkil etilgan va 1965 yilda ilmiy-texnikaviy va tibbiy hujjatlari MDA deb nomlangan. Arxiv ilmiy-texnikaviy, tibbiy, loyihalash, muhandislik, ilmiy-tadqiqot, boshqaruv hujjatlarini, xamda respublika va mahalliy ahamiyatga ega shaxsiy fondlarni saqlaydi. Bu yerda taxminan 0,3 millionga yaqin yig‘majildlar MAF hujjatlarini tashkil etadi, ulardan 21,0 ming yig‘ma jildlar alohida qimmatli hujjatlardir.

O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi 1943 yilda tashkil topgan va 1959 yilda u O‘zbekiston SSR Markaziy davlat arxivining kinofotofono hujjatlar bo‘limi sifatida qayta tashkil etilgan. 1974 yildan - kinofotofonohujjatlari Markaziy davlat arxivi deb nomlandi. Arxivda XIX asrning 60-yillaridan boshlab foto, fono va kinohujjatlar saqlanadi. Bu yerda taxminan 0,3 millionga yaqin yig‘majildlar MAF hujjatlarini tashkil etadi, ulardan 44,0 ming yig‘majildlar alohida qimmatli hujjatlardir.


Manba : "Ўзархив" агентлиги Ахборот хизмати