Faoliyatga oid hisobotlar
“Oʻzarxiv” agentligi oʻz faoliyatiga oid hisobotni eʼlon qilishda (jamoatchilik ishtirokida muhokama qilish)
hisobotga kiritiladigan maʼlumot (axborot)larning
ROʻYXATI
2025-yil 1-yarim yillik
T/r |
Hisobotga kiritilishi lozim boʻlgan |
Hisobotda aks ettirish |
---|---|---|
1. |
Hisobot yilida “Oʻzarxiv” agentligi oʻz faoliyatini toʻgʻri yoʻlga qoʻyish va olib borishda asosiy eʼtibor qaratilgan soha hamda yoʻnalishlar |
Oʻzarxiv” agentligi tomonidan 2025-yil 1-yarim yillik davomida arxiv sohasini normativ-huquqiy bazasini mustahkamlash, davlat nazoratini samaradorligini oshirish, arxiv hujjatlarini maxfiylikdan chiqarish, xalqaro aloqalarni yanada rivojlantirish, korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish, budjet mablagʻlaridan oqilona foydalanish,jismoniy va yuridik shaxslarning huquq hamda erkinliklarini taʼminlash, ochiqlikni taʼminlash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, arxivlarning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish va boshqa eng muhim yoʻnalishlariga asosiy eʼtibor qaratildi. |
2. |
“Oʻzarxiv” agentligi tashabbusi bilan oʻz faoliyati hamda muayyan sohani takomillashtirish (tartibga solish) yuzasidan ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjatlar, joriy etilgan yangi mexanizmlar hamda ularning ijro holati haqidagi maʼlumotlar |
2025-yil 1-yarim yillik davomida “Oʻzarxiv” agentligi faoliyatini tartibga soluvchi 1 ta normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi. Xususan 2025-yil 8-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Talabgorlarni arxiv hujjatlarini tartibga keltirishga kompetentligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 208-son qarori qabul qilindi. Mazkur qaror byurokratik talablar va jarayonlarni bekor qilish orqali ortiqcha ovoragarchiliklarni oldini olish va arxiv tomonidan koʻrsatilayotgan davlat xizmatlarini yangi bosqichga olib chiqish hamda mazkur davlat xizmatini foydalanuvchi uchun qulay shaklda koʻrsatilishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan. |
3. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va farmonlari, Hukumat qarorlari hamda yuqori turuvchi organ topshiriqlarining ijro holati |
“Ijro.gov.uz” tizimida 2025-yil 1-yarim yilligi davomida bajarilishi lozim boʻlgan topshiriqlar soni jami 56 tani tashkil etdi, barcha topshiriqlar ijrosi 100 foiz oʻz vaqtida taʼminlanib “Ijro.gov.uz” tizimiga asoslantiruvchi hujjatlari biriktirilib nazoratdan yechildi. |
4. |
“Oʻzarxiv” agentligining oʻz faoliyat yoʻnalishidan kelib chiqadigan sohalar (yoʻnalish) boʻyicha amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar hamda kelgusi istiqbolda bajarilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar |
Oʻzbekiston Respublikasida arxiv ishini rivojlantirishning 2025-yil 1-yarim yillikka moʻljallangan |
5. |
Oʻz faoliyat yoʻnalishi boʻyicha davlat nazoratini amalga oshirishda bajarilgan ishlar, aniqlangan holatlar va ularni oldini olish borasida koʻrilgan choralar |
“Oʻzarxiv” agentligi va Arxiv ishi hududiy boshqarmalari tomonidan 184 ta (100%) vazirlik va idoralar hamda boshqa tashkilotlarda arxiv ishi va ish yuritish holati ustidan davlat nazorati amalga oshirildi. Oʻtkazilgan davlat nazorati tadbirlarining 25 tasi “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan, 159 tasi (Qoraqalpogʻiston Respublikasi (11 ta), Toshkent shahar (10 ta), Andijon (11 ta), Buxoro (10 ta), Jizzax (17 ta), Qashqadaryo (10 ta), Navoiy (11 ta), Namangan (10 ta), Samarqand (10 ta), Surxondaryo (10 ta), Sirdaryo Davlat nazorati tadbirlari natijasida 160 ta tashkilotlarga koʻrib chiqishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar, shundan, 22 tasi Agentlik va 138 tasi (Qoraqalpogʻiston Respublikasi (11 ta), Toshkent shahar (10 ta), Andijon (6 ta), Buxoro (10 ta), Jizzax (17 ta), Qashqadaryo (7 ta), Navoiy (9 ta), Namangan Tekshirishda aniqlangan qonunbuzilishlari boʻyicha 33 nafar masʼul xodimlarga nisbatan Agentlik tomonidan 8 ta va 25 ta (Toshkent shahar (2 ta), Andijon (1 ta), Buxoro (6 ta), Jizzax (9 ta),Qashqadaryo (1 ta), Namangan (1 ta), Samarqand (3 ta), Toshkent (2 ta) viloyatlari) Arxiv ishi hududiy boshqarmalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 2154-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik boʻyicha maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sud organlariga yuborildi hamda arxiv ishi hududiy boshqarmalari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga 3 ta material yuborildi. Davlat arxivlari tomonidan 488 ta tashkilotlar va korxonalarda 298 ta (136%) yalpi va 190 ta (140%) mavzuli oʻrganishlar oʻtkazish orqali ularga arxiv ishi va ish yuritish boʻyicha amaliy va uslubiy yordam koʻrsatildi. |
6. |
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish hamda ularning buzilgan huquqlarini tiklash borasida amalga oshirilgan ishlar (umumiy murojaatlar soni, ularni soha, hudud va yoʻnalishlar kesimidagi koʻrsatkichlari va boshqa holatlar); |
“Oʻzarxiv” agentligi va uning tizimidagi tashkilotlariga 2025-yil I-yarim yillik davomida jismoniy va yuridik shaxslardan 805 ta (2024-yil1-yarim yilligi davomida 1006 ta kelib tushgan boʻlib,80% foizga qisqartirildi), jumladan, 741 tasi ariza boʻlsada, 64 tasi shikoyat turidagi murojaatlar hisoblanadi. Shundan, Agentlikka 498 ta hamda uning tizim tashkilotlariga 307 ta murojaatlar kelib tushgan. Kelib tushgan murojaatlarning 543 tasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi orqali, 262 tasi toʻgʻridan-toʻgʻri (230 tasi ogʻzaki, 16 tasi yozma, 16 tasi elektron pochta va veb-sayt orqali) Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlariga, shu jumladan, Agentlik va uning hududiy boshqarmalari rahbariyati tomonidan oʻtkazilgan sayyor va shaxsiy qabullari davomida 226 ta murojaatlar kelib tushgan. Kelib tushgan murojaatlarning 455 tasi (kelib tushgan murojaatlarga nisbatan 57%) qanoatlantirilgan, 240 tasi (kelib tushgan murojaatlarga nisbatan 30%) tushuntirish berilgan, 90 tasi (kelib tushgan murojaatlarga nisbatan 11%) taalluqliligi boʻyicha tegishligi tashkilotlarga yuborilgan, hisobot davrida 20 ta (kelib tushgan murojaatlarga nisbatan 2%) murojaatlar koʻrib chiqilmoqda. Bundan tashqari, 2025-yilning I-yarim yilligi davomida oʻtkazilishi rejalashtirilgan 20 ta sayyor qabuldan, amalda oʻtkazilgan sayyor qabullar soni 19 tani tashkil etdi, shu jumladan, Agentlik direktori 6 ta (100%), direktor oʻrinbosari 2 ta (100 %), hududiy boshqarmalari boshliqlari 12 ta (100%) sayyor qabul oʻtkazilgan. Shuningdek, rejadan tashqari sayyor qabullar oʻtkazilmagan. “Oʻzarxiv” agentligi va uning hududiy boshqarmalari rahbarlari tomonidan 2025-yil I-yarim yilligi davomida oʻtkazilgan sayyor qabullarida 226 nafar, shundan, Agentlik direktori 46 nafar, direktor oʻrinbosari 10 nafar, hududiy boshqarmalari boshliqlari 170 nafar (Andijon 13, Buxoro 15, Qashqadaryo 15, Jizzax 19, Navoiy 13, Namangan 21, Samarqand 27, Sirdaryo 22, Surxondaryo 7, Fargʻona 33, Xorazm 5, Toshkent v. 18, Toshkent sh. 18) jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillari qabul qilingan. Oʻtkazilgan mazkur sayyor qabullarda ishtirok etgan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarining murojaatlari koʻrib chiqilib oʻrnatilgan tartibda bajarilgan. Agentlik tizimidagi arxiv muassasalarida 2025-yil I-yarim yilligi davomida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqishda kamchilik hamda qonunbuzilishi holatlariga yoʻl qoʻyganliklari uchun 12 nafar rahbar va masʼul xodim intizomiy javobgarlikka tortilgan. |
7. |
Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat loyihalarini amalga oshirish samaradorligi, shu jumladan sohada raqamli infratuzilmani rivojlantirish, elektron xizmatlarni joriy etish va rivojlantirish holati; |
2025-yilning 1-yarim yilligida davlat arxivlari tomonidan 54,8 ming saqlov birligidan 6,0 mln. kadr (100%), bugungi kunga qadar jami 1 189,7 ming saqlov birligidan 87,6 mln. kadr arxiv hujjatlarining elektron nusxalari yaratilgan. Hisobot davrida Oʻzbekiston milliy arxivlari va davlat arxivlari tomonidan “Davlat arxivlarida raqamlashtirilayotgan hujjatlarni yagona saqlovini taʼminlash hamda ulardan foydalanish” axborot tizimiga jami 672 527 ta, shundan, 87 ta fond, 890 ta roʻyxat, 187 330 ta s.b., 484 220 ta hujjat toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritildi. |
8. |
Oʻz faoliyatidagi ijobiy va salbiy ahamiyatdagi eng muhim koʻrsatkichlarning oldingi yillardagi koʻrsatkichlarga nisbatan qiyosiy tahlili (oʻsish va pasayish dinamikasida); |
Vazirlik, idoralar, ularning hududiy boʻlinmalari va boshqa tashkilotlar hamda fuqarolarning 130 169 s.b. (169%) boshqaruv, 207 s.b. shaxsiy kelib chiqish, 12 692 s.b. shaxsiy tarkib, 225 s.b. (1725%) ilmiy-texnik, 27 s.b. (108%) kino, 2568 s.b. (138%) surat, 60 s.b. (100%) ovozli, 10 903 s.b. (6944%) saqlash muddati vaqtincha boʻlgan hujjatlar davlat arxivlari saqloviga, 1 233 s.b. (171%) boshqaruv, 29 102 s.b. (180%) shaxsiy tarkib, 32 463 s.b. (1038%) saqlash muddati vaqtincha boʻlgan hujjatlar shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlari saqloviga qabul qilindi. Davlat arxivlari tomonidan 378 462 s.b. (124 %), shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlari tomonidan 172 036 s.b. (118%) arxiv hujjatlarining mavjudligi va holati tekshirildi. Davlat arxivlari tomonidan 14 978 s.b. boshqaruv (115%), 12 s.b. (120%) shaxsiy kelib chiqish hujjatlarining roʻyxatlari xatlovi takomillashtirildi. Davlat arxivlari tomonidan 156 364 s.b. (199%) boshqaruv, 917 s.b. (195%) ilmiy-texnik, 21 357 s.b. (234%) shaxsiy tarkib, 80 144 s.b. saqlash muddati vaqtincha boʻlgan hujjatlar, shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlari tomonidan 11 382 s.b. (1091%) boshqaruv, 26 773 s.b. (169%) shaxsiy tarkib, 62 993 s.b. saqlash muddati vaqtincha boʻlgan hujjatlar tashkilot va korxonalarning buyurtmalariga muvofiq shartnoma asosida tartibga keltirildi. Davlat arxivlarida saqlanayotgan 63 968 s.b. (126%) boshqaruv, 83 s.b. (207%) shaxsiy kelib chiqish, 177 s.b. (136%) shaxsiy tarkib hujjatlarining qimmatliligini aniqlash ekspertizasi oʻtkazildi. 2025-yil I-yarim yillik davomida Respublika arxivlariga mavzuli va ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovlar jami 289 501 ta (2024-yil 1-yarim yillkda 250 350 ta, koʻrsatkichi 116%) kelib tushgan. Jumladan, ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovlar 233 230 ta (2024-yil 1-yarim yillkda 194 223 ta, koʻrsatkichi 120%) tashkil etib, shundan davlat arxivlariga 120 412 ta (2024-yil 1-yarim yillkda 87 793 ta, koʻrsatkichi 137%), shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlariga 112 818 ta (2024-yil 1-yarim yillkda Davlat xizmatlari markazlari (DXM) va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali 223 882, anʼanaviy pochta va elektron pochta orqali 7 517 ta ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovlar kelib tushgan boʻlsa, shundan, 1 831 nafar fuqaro bevosita arxivga murojaat etgan. Arxiv hujjatlari asosida 162 020 ta ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovlar ijrosi bajarilib, ulardan 150 814 tasi ijobiy (kelib tushgan ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovlarga nisbatan 65%), 11 206 tasi (kelib tushgan ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovlarga nisbatan 5%) boʻyicha esa tegishli tushuntirishlar berilgan. Tashkilot hujjatlari arxiv saqloviga kelib tushmaganligi va taalluqliligi boʻyicha tegishli tashkilotlarga yuborilgan soʻrovlar 63 033 tani (kelib tushgan ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovlarga nisbatan 27%), hisobot davrida ijrodagilar 8 177 tani (kelib tushgan ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovlarga nisbatan 3%) tashkil etadi. Shuningdek, kelib tushgan mavzuli soʻrovlar 56 271 tani (2024-yil 1-yarim yillkda 56 127 ta, koʻrsatkichi 100%) tashkil etib, shundan davlat arxivlariga 47 955 ta (2024-yil 1-yarim yillkda 50 788 ta, koʻrsatkichi 94%), shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlariga 8 316 ta (2024-yil 1-yarim yillkda 5 339 ta, koʻrsatkichi 156%) soʻrovlar kelib tushgan. Arxiv hujjatlari asosida 56 271 ta soʻrovlar ijrosi bajarilib, ulardan 45 792 tasi ijobiy (kelib tushgan mavzuli soʻrovlarga nisbatan 81%), 10 479 tasi (kelib tushgan mavzuli soʻrovlarga nisbatan 19 %) tashkilot hujjatlari arxiv saqloviga kelib tushmaganligi boʻyicha tushuntirishlar berildi. Shu bilan birga, Davlat arxivlari oʻquvxonalariga 797 nafar (157%) Oʻzbekiston fuqarolari, 15 nafar (115%) chet el fuqarolari tadqiqotchilari tashrif buyurishdi hamda 37 347 s.b. arxiv hujjatlari tadqiqotchilarga foydalanish uchun taqdim etildi. |