Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, shu jumladan ushbu yo‘nalishda sohaga doir qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, odob-axloq qoidalari hamda normativ-huquqiy hujjatlaming ijro holati
Amalga oshirilgan ishlar bo’yicha ma’lumot
Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi 2023-yilda ISO 9001:2015 va ISO 37001:2016 xalqaro sertifikatini oldi.
Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligining 2023-yil 30-avgustdagi 55-son buyrug‘iga asosan quyidagilar “Oʻzarxiv” agentligi va uning tizimidagi tashkilotlarga tatbiq etildi:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2020-yil 24-fevraldagi 42-um-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan:
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati;
Adliya organlari tomonidan xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalariga kiritish uchun korrupsiyaga qarshi qoidalarning mazmuni boʻyicha asosiy shartlar;
Adliya organlari tomonidan kontragentlar bilan tuziladigan shartnomalarga kiritish uchun korrupsiyaga qarshi qoidalarning mazmuni boʻyicha asosiy shartlar;
b) Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 24-fevraldagi 43-um-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Adliya organlari va muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining holati haqidagi hisobotni shakllantirish va taqdim etish reglamenti;
c) Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 24-fevraldagi 44-um-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi manfaatlar toʻqnashuvini boshqarish toʻgʻrisida nizom;
d) Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 24-fevraldagi 45-um-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan:
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash uslubiyoti;
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimi xodimlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha oʻqitishni tashkil etish yuzasidan uslubiy koʻrsatmalar.
Agentlikning ichki imkoniyatini inobatga olgan holda, Agentlikning 2021-yil 27-avgustdagi 311-son buyrugʻiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat sektori tashkil etilgan.
Agentlikning ichki nazorat sektori tomonidan 1 ta xizmat tekshiruvi oʻtkazilib, qonuniy qaror qabul qilish uchun oʻrnatilgan tartibda tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organga yuborilgan.
Agentlik va uning tizim tashkilotlari tomonidan 2021-2022-yillarda 76 ta uchrashuv, seminar va davra suhbatlari oʻtkazilgan boʻlib, mazkur tadbirlarda sohaning deyarli barcha xodimlari ishtirok etishgan, 7 ta ijtimoiy tarmoqlarda targʻibot-tashviqot ishlari (bayonot, video rolik va boshqalar) olib borilgan.
2019-2022 yilda Agentlik va uning tizimidagi Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasi hamda Oʻzbekiston milliy arxivlarining 3 nafar xodimlari ISO 37001 boʻyicha sertifikatga ega boʻlganlar.
Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi, uning hududiy boshqarmalari va tizimidagi tashkilotlarda halollik siyosatini taʼminlash, xodimlar va umuman jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini oshirish maqsadida yuksak xulq-atvor standartlariga muvofiqlik, shuningdek lavozim (xizmat) majburiyatlarini bajarish chogʻida Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlar xodimlari tomonidan korrupsiyaviy harakatlar sodir etilishiga yoʻl qoʻymaslikni taʼminlash hamda arxiv sohasini korrupsiyadan xoli sohaga aylantirish maqsadida “Oʻzarxiv” agentligining 2021-yil 27-oktabrdagi 367-son buyrugʻi bilan quyidagi 10 ta hujjat:
Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi, uning hududiy boshqarmalari va tizimidagi tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha siyosati;
Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi, uning hududiy boshqarmalari va tizimidagi tashkilotlarda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash uslubiyoti;
Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi, uning hududiy boshqarmalari va tizimidagi tashkilotlarda manfaatlar toʻqnashuvini boshqarish boʻyicha nizom;
Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi, uning hududiy boshqarmalari va tizimidagi tashkilotlarga aloqa kanallari orqali korrupsiyaviy xatti-harakatlar toʻgʻrisida kelib tushgan xabarlarni qabul qilish va koʻrib chiqish reglamenti;
Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi, uning hududiy boshqarmalari va tizimidagi tashkilotlar xodimlarining etika va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida oʻqitilishini tashkil qilish boʻyicha yoʻriqnoma;
Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi, uning hududiy boshqarmalari va tizimidagi tashkilotlarda kontragentlarni tekshirishga oid yoʻriqnoma;
Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi, uning hududiy boshqarmalari va tizimidagi tashkilotlarga ishga qabul qilinayotgan nomzodlarni tekshirish boʻyicha yoʻriqnoma;
Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi, uning hududiy boshqarmalari va tizimidagi tashkilotlarda Korrupsiyaga qarshi tartib-taomillarning samaradorligini monitoring va nazorat qilish uslubiyoti;
Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi, uning hududiy boshqarmalari va tizimidagi tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurash tizimining holati toʻgʻrisidagi hisobotni shakllantirish va taqdim etish boʻyicha nizom; Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi, uning hududiy boshqarmalari va tizimidagi tashkilotlar xodimlarining korrupsiyaviy xatti-harakatlari va odob-axloq qoidalarini buzish holatlari ustidan xizmat tekshiruvlari oʻtkazish boʻyicha reglament qabul qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan korrupsiyaviy xavf-xatarlarni dastlabki baholash oʻtkazilib, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni minimallashtirish boʻyicha quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligining Korrupsiyaviy xavf-xatarlar birlashgan xaritasi;
“Oʻzarxiv” agentligi va uning tizimidagi tashkilotlarda Korrupsiya xavf-xatariga eng koʻp moyil boʻlgan lavozimlar roʻyxati;
Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi va tizimidagi tashkilotlarning korrupsiyaga qarshi kurashish dasturi ishlab chiqilib, tasdiqlangan.
Shuningdek, yuqoridagi hujjatlar Agentlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan.
Agentlikda korrupsiyaga oid harakatlar haqida axborot berish uchun tashkil aloqa kanallari (https://archive.uz/ corruption, uzarchive@archive.uz, @antikor_arxivbot, www.fb.com/uzarxiv) tashkil etilgan boʻlib, ularning manzillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Agentlikning www.archive.uz rasmiy veb saytiga joylashtirilgan.
Agentlikning rasmiy veb-saytining bosh sahifasida “Ochiq maʼlumotlar” boʻlimi tashkil etilgan.
Ўзбекистон Республикаси “Ўзархив” агентлиги, унинг ҳудудий бошқармалари ва тизимидаги ташкилотларда коррупцияга қарши курашиш бўйича СИЁСАТИ
Ўзбекистон Республикаси “Ўзархив” агентлиги, унинг ҳудудий бошқармалари ва тизимидаги ташкилотларда коррупциявий хавф-хатарларни баҳолаш УСЛУБИЁТИ
Ўзбекистон Республикаси “Ўзархив” агентлиги, унинг ҳудудий бошқармалари ва тизимидаги ташкилотларда манфаатлар тўқнашувини бошқариш бўйича НИЗОМ
Ўзбекистон Республикаси “Ўзархив” агентлиги, унинг ҳудудий бошқармалари ва тизимидаги ташкилотларга алоқа каналлари орқали коррупциявий хатти-ҳаракатлар тўғрисида келиб тушган хабарларни қабул қилиш ва кўриб чиқиш РЕГЛАМЕНТИ
Ўзбекистон Республикаси “Ўзархив” агентлиги, унинг ҳудудий бошқармалари ва тизимидаги ташкилотлар ходимларининг этика ва коррупцияга қарши курашиш соҳасида ўқитилишини ташкил қилиш бўйича ЙЎРИҚНОМА
Ўзбекистон Республикаси “Ўзархив” агентлиги, унинг ҳудудий бошқармалари ва тизимидаги ташкилотларда контрагентларни текширишга оид ЙЎРИҚНОМА
Ўзбекистон Республикаси “Ўзархив” агентлиги, унинг ҳудудий бошқармалари ва тизимидаги ташкилотларга ишга қабул қилинаётган номзодларни текшириш бўйича ЙЎРИҚНОМА
Ўзбекистон Республикаси “Ўзархив” агентлиги, унинг ҳудудий бошқармалари ва тизимидаги ташкилотларда Коррупцияга қарши тартиб-таомилларнинг самарадорлигини мониторинг ва назорат қилиш УСЛУБИЁТИ
Ўзбекистон Республикаси “Ўзархив” агентлиги, унинг ҳудудий бошқармалари ва тизимидаги ташкилотларда коррупцияга қарши кураш тизимининг ҳолати тўғрисидаги ҳисоботни шакллантириш ва тақдим этиш бўйича НИЗОМ
Ўзбекистон Республикаси “Ўзархив” агентлиги, унинг ҳудудий бошқармалари ва тизимидаги ташкилотлар ходимларининг коррупциявий хатти-харакатлари ва одоб-аҳлоқ қоидаларини бузиш ҳолатлари устидан хизмат текширувлари ўтказиш бўйича РЕГЛАМЕНТ