INTERAKTIV DAVLAT XIZMATLARI RO'YXATI

Xizmat nomi

 

Foydalanuvchilar (yuridik/jismoniy shaxslar)

Xizmatga havola

Mavzuli so‘rovlarni ijro etish

Jismoniy shaxs

O’tish

Davlat mulki bo‘lgan arxiv hujjatlari yoki ularning ko‘chirma nusxalarini, shuningdek Milliy arxiv fondining

nodavlat qismiga kiritilgan arxiv hujjatlari yoki ularning ko‘chirma nusxalarini O‘zbekiston

Respublikasidan tashqariga vaqtincha olib chiqish uchun ruxsatnoma

Jismoniy va yuridik shaxslar

O’tish

Arab alifbosida yaratilgan turk, fors va arab tilidagi hujjatlardagi

axborotlar to‘g‘risida annotatsiya ma’lumotlarini tayyorlab berish

Jismoniy va yuridik shaxslar

O’tish

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasasida o‘qiganlikni tasdiqlash haqidagi arxiv ma’lumotnomasini berish

Jismoniy shaxs

O’tish

Ish haqi va ish stajini tasdiqlash haqida arxiv ma’lumotnomasini berish

Jismoniy shaxs

O’tish

Yaroqsiz holatga kelgan yoki yo‘qotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlash

Jismoniy shaxs

O’tish

Arxiv hujjatlari, kitoblar va qo‘lyozmalarni raqamlashtirish (elektron nusxa olish)

Jismoniy va yuridik shaxslar

O’tish

Nodavlat arxivlarni tashkil etilishini kelishish

Yuridik shaxs

 

Davlat arxivlari o‘quv zallarida arxiv hujjatlaridan foydalanishga ruxsatnoma

Jismoniy shaxs

O’tish

Arxivlar mutaxassislarining O‘zbekiston Respublikasi korxonalari, muassasalari va

tashkilotlari hujjatlarini tartibga keltirishga kompetentligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish

Jismoniy shaxs

 

 

Davlat arxivlari va idoraviy arxivlar tomonidan arxiv hujjatlarini jamlash, saqlanishini ta’minlash, qimmatliligini aniqlash ekspertizasini o‘tkazish, arxiv hujjatlaridan foydalanish, zarur axborotni taqdim etish bo‘yicha xizmatlar, shuningdek amaldagi qonunchilik doirasida boshqa xizmatlar ko‘rsatiladi.

Arxiv muassasalari tomonidan ko’rsatiladigan davlat xizmatlari reglamentlarini tasdiqlash to’g’risida 

       Yuklab olish

 

Fuqarolarning ijtimoiy-huquqiy so’rovlarini bajarish elektron davlat xizmati reglamentini tasdiqlash to’g’risida

         Yuklab olish (2.05 mb *.pdf)

 

Yagona interaktiv davlat portali orqali ko’rsatiladigan “Fuqarolarning ijtimoiy-huquqiy so’rovlarini bajarish” elektron davlat xizmati reglamenti 

          Yuklab olish (323 kb *.pdf)

 

Arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga bepul asosda amalga oshiriladigan xizmat turlari

1. Bepul amalga oshiriladigan xizmatlarga quyidagilar kiradi:

a) arxiv hujjatlaridan foydalanish va o‘quv zalida foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish;

b) ijtimoiy-huquqiy so‘rovlarni bajarish, xususan, 10 yillik muddat uchun mehnat faoliyati va ish haqini tasdiqlash to‘g‘risidagi, yuridik shaxsni qayta nomlash to‘g‘risidagi, o‘quv muassasalarida o‘qiganlikni tasdiqlash to‘g‘risidagi, mukofotlanganlik to‘g‘risidagi arxiv ma’lumotnomalarini berish;

v) arxiv ma’lumotnomalarini va arxiv hujjatining ko‘chirma nusxalarini qog‘ozda va elektron jismlarda tegishli davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga taqdim etish;

g) huquqni muhofaza qilish organlarining murojaatiga ko‘ra arxiv hujjatlarini vaqtincha foydalanish uchun 3 oy muddatgacha taqdim etish;

d) arxivlarning jamlash manbalaridan O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi (bundan keyingi o‘rinlarda — MAF deb yuritiladi) tarkibiga kiritilgan, belgilangan idoraviy saqlov muddati tugagan hujjatlarni tartibga keltirilgan holda doimiy saqlash uchun qabul qilib olish.

 

Arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan pulli xizmatlar ko‘rsatish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibi

1. Faoliyat ixtisosligi bo‘yicha, shuningdek ilmiy-uslubiy salohiyati va texnik jihozlanganligidan kelib chiqib arxivlar va idoraviy arxivlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «O‘zarxiv» agentligi (keyingi o‘rinlarda – «O‘zarxiv» agentligi deb yuritiladi) tomonidan belgilanadigan tartibda tuziladigan va tasdiqlanadigan Xizmatlar nomenklaturasi bo‘yicha pulli xizmatlarni amalga oshiradilar.

2. Pulli xizmatlar arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuziladigan shartnomalar asosida bajariladi.

Arxivlar va idoraviy arxivlardagi pulli xizmatlar mazkur arxiv yoki idoraviy arxivning shtatdagi xodimi tomonidan amalga oshiriladi. Zarurat tug‘ilganda mehnat shartnomalari asosida qo‘shimcha xodimlar jalb etilishi mumkin.

3. Xizmatlar haqining bajariladigan ishlar sifatining pasaytirilishi hisobiga kamaytirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

4. Mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning (keyingi o‘rinlarda – tashkilotlar deb yuritiladi) hujjatlarini tartibga keltirish bo‘yicha pulli xizmatlar tegishli arxiv bilan mehnat shartnomasi tuzgan Arxivlar mutaxassislarining O‘zbekiston Respublikasi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari hujjatlarini tartibga keltirishga kompetentligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq tegishli lavozimga attestatsiyadan o‘tkazilgan arxivlar, idoraviy arxivlar mutaxassislari yoki jalb etilgan mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi.

5. Arxivlarning jamlash manbalari bo‘lmagan tashkilotlarga arxivlar tomonidan pulli xizmatlar ko‘rsatish ushbu tashkilot jamlash manbai hisoblangan arxivning roziligi olingandan so‘ng amalga oshiriladi.

6. Arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan pulli asosda ko‘rsatiladigan xizmatlar narxi O‘zbekiston Respublikasining normativ – huquqiy hujjatlariga muvofiq, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda «O‘zarxiv» agentligi tomonidan tasdiqlangan arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarning narxlari hisob-kitobi bo‘yicha uslubiy tavsiyalarga binoan belgilanadi.

7. Xorijiy mamlakatlarning foydalanuvchilari uchun xizmatlar ko‘rsatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Yuklab olish (pdf, 229 kb)

 

ARXIV MUASSALARI TOMONIDAN YURIDIK VA JISMONIY SHAXSLARGA TAQDIM ETILADIGAN PULLI HIZMATLAR RO’YXATI

1. Arab alifbosida yaratilgan turkiy, forsiy va arabcha hujjatlardagi axborotlar bơyicha annotasiya ma'lumotlarini tayyorlab berish

2. Arxiv ishi va ish  yuritish sohasiga oid qisqa muddatli (40 soatgacha hajmda) ơquv kurslari tashkil etish

3. Arxiv hujjatlari, kitoblar va qơlyozmalarni raqamlashtirish (elektron nusxa olish)

4. Arxiv xujjatlaridan foydalanish.

5. Arxiv xujjatlarini O'zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqish va arxiv xujjatlarini O'zbekiston Respublikasiga olib kirish xuquqi uchun ruxsat berish.

6. O'zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining davlatga tegishli bo'lmagan qismiga kiritilgan arxiv hujjatlarini tassarrufdan chiqarilish yoki universal huquqiy vorislik tartibida yohud boshqa usulda bir shaxsdan ikkinchi shaxsga o'tkazish

7. Raqamlashtirilgan (elektron nusxasi olingan) hujjatlarning elektron bazasini yaratish

8. Tashkilotlar ish yuritishida xujjatlarni tashkil etish bo'yicha ichki meyyoriy va uslubiy xujjatlarni ishlab chiqish va ularning xujjatlar bilan ishlash bo'yicha faoliyatini o'rganish.

9. Tashkilotlarning xujjatlarini tartibga keltirish.

10. Fuqarolarning ijtimoiy-xuquqiy so'rovlarini bajarish.

11. Hujjatlar va kitoblarni ta'mirlash, tikish, muqovalash va ularga qayta ishlov berish.

Yuklab olish (pdf, 205 kb)