Arxiv ma'lumotnomalarini berish
Mazkur xizmat orqali jismoniy shaxslarga yoki ularning yaqin qarindoshlariga (eri yoki xotini, farzandlari, nevaralari, aka-uka va opa-singillari) ma’lum tashkilotda ishlagan davridagi ish haqiga oid va ishlaganligi to‘g‘risidagi ish stajiga oid ma’lumotnomani berish bo‘yicha davlat xizmatidan foydalanish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YaIDXP) orqali davlat arxivlari tomonidan ko‘rsatiladi.
Xizmatdan quyidagi toifalarga mansub fuqarolar foydalanishlari mumkin:
Jismoniy shaxslar.
Xizmatning ko‘rsatilish tartibi:
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.
Ariza beruvchi mustaqil ravishda so‘rovnomani elektron tarzda to‘ldiradi.
Ariza beruvchi ishonchnoma asosida harakat qilayotganda, so‘rovnomaga notarial tasdiqlangan ishonchnoma nusxasi ilova qilinadi.
So‘rovnoma to‘ldirilgandan so‘ng ariza beruvchi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirib tasdiqlaydi.
Davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.
Ariza beruvchi tomonidan so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlarning ko‘rsatilishi yoki uni tasdiqlash rad etilishi davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Davlat xizmati ko‘rsatishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi.
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning so‘rovnomasi ko‘rib chiqilmasdan qoldiriladi.
Ariza beruvchi YaIDXP orqali murojaat etganda avtomatik tarzda tegishli davlat arxiviga elektron shaklda yuboriladi.
Xizmatning javobini olish tartibi:
Davlat arxivi so‘rovnoma kelib tushgan vaqtdan boshlab ish stajini tasdiqlashga oid ma’lumotnomalar uchun — 5 ish kunidan, ish haqini tasdiqlashga oid ma’lumotnomalar uchun — 20 ish kunidan oshmagan muddatda tegishli QR-kodli (matrik shtrixli kod) ma’lumotnomani shakllantiradi hamda (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) YaIDXP orqali elektron shaklda yuboriladi.