Hay'at yig'ilishlari
“O'zarxiv” agentligi Hay'ati yig'ilishlari va unda ko'rilgan asosiy masalalar to'g'risida
2019 yil 3 may
Joriy yilning 3 may kuni sayyor tarzda Qoraqalpog‘iston Respublikasida “O‘zarxiv” agentligi tizimida arxiv ishini rivojlantirish holati, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Hukumat tomonidan belgilangan vazifalarning bajarilishiga bag‘ishlangan kengaytirilgan Xay’at yig‘ilishi o‘tkazildi.
Xay’at yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot havfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyati bosh mutaxassisi D.Quryozov, Agentlik Bosh direktori U.Yusupov, markaziy apparat xodimlari, Arxiv ishi hududiy boshqarmalari boshliqlari, O‘zbekiston Respublikasi markaziy davlat arxivlari hamda viloyat arxivlari direktorlari ishtirok etdilar.Mazkur Xay’at yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Hukumat tomonidan belgilangan vazifalarni amalga oshirilish, AKTni joriy etilishi va axborot xavfsizligi,i ijro intizomi, korrupsiyani oldini olish va boshqa masalalar muhokama etildi.
2018 yil 25 dekabr
2018 yil 25 dekabr kuni “O'zarxiv” agentligi Hay'atining kengaytirilgan yig'ilishi bo'lib o'tdi. Mazkur yig'ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Boshqarma prokurori va “O'zarxiv” agentligi Markaziy apparati, Markaziy davlat arxivlari direktorlari va ularning o'rinbosarlari, Toshkent shahar va viloyatlar arxiv ishi hududiy boshqarmalari boshliqlari, viloyat arxivlari direktorlari ishtirok etdilar. Yigilishda Ơzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan Qonun buzilishi, uning kelib chiqish sabablari va bunga imkoniyat yaratib berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish to’g’risidagi 2018 yil 30 noyabrdagi Taqdimnomasi atroflicha muhokama qilindi. Ơzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Ơzarxiv” agentligi Bosh direktori U.A'lamov Ơzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan taqdim etilgan “Ơzarxiv” agentligi va uning tizimidagi arxivlarda Ơzbekiston Respublikasi “Arxiv ishi to’g’risida”gi Qonuni va qonun osti hujjatlar ijrosi, asosiy e’tibor arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanish holatiga qaratgan holda ơtkazilgan ơrganish holati xususan: yuqorida kơrsatilgan qonun va arxiv sohasiga oid boshqa normativ-huquqiy xujjatlar ijrosi borasida muayan ishlar amalga oshirilganligi. Shu bilan birga, ơrganish natijalariga kơra mas'ul rahbar va xodimlar tomonidan sohaga oid qonunchilik ijrosini yetarli ta'minlamaslik, me'yoriy xujjatlar bilan yuklatilgan vazifalar ijrosiga loqaydlik bilan munosabatda bơlish, mavjud imkoniyatlardan to’g’ri foydalanmaslik, mehnat hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’isidagi qonunchilik talablarini buzish holatlariga yơl qơyilganligi tanqidiy muhokama qilindi.
2016 yil 22 yanvar
2016 yilning 22 yanvarida “O'zarxiv” agentligi Hay'atining kengaytirilgan yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig'ilishda “O'zarxiv” agentligi tizimida 2015 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va Respublika arxiv muassasalari 2016 yil iqtisodiy dasturining muhim va ustuvor vazifalari; arxiv muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish holati; O'zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to'g'risida”gi Qonuni va uni amalga oshirish borasida arxiv muassasalarining asosiy vazifalari; Milliy arxiv fondi Davlat katalogini shakllantirish holati, fondlashtirish va qayta fondlashtirish ishlarining borishi; Agentlik va markaziy davlat arxivlarining 2015 yil harajatlari smetasi ijrosi hamda davlat arxivlarida pullik xizmatdan tushgan daromadlarining sarflanishi; arxivlarga kelib tushayotgan so'rovlarning bajarilishi hamda ijro intizomining holati hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosat Majlisining 2015 yil 9 dekabrdagi 99-a-son bayonining ijrosi; Agentlik tizimi idoralarida korruptsion illatlarning oldini olish va korruptsiyaga qarshi kurashish holati to'g'risidagi masalalar ko'rib chiqildi.
2016 yil 6 fevral
2016 yil 6 fevralda “O'zarxiv” agentligining videoselektor tarzida kengaytirilgan Hay'at yig'ilishi bo'lib o'tdi. Mazkur yig'ilishda “O'zarxiv” agentligi va uning tarkibiy bo'linmalarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari holatini o'rganish to'g'risidagi va turli masalalar ko'rib chiqildi.
2016 yil 31 mart
2016 yil 31 martida “O'zarxiv” agentligining Hay'at yig'ilishi bo'lib o'tdi. Mazkur yig'ilishda “O'zarxiv” agentligi Markaziy apparati va Markaziy davlat arxivlari direktorlari va ularning o'rinbosarlari, Toshkent shahar va Toshkent viloyati arxiv ishi boshqarmalari boshliqlari ishtirok etdilar. Yig'ilishda O'zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 30 oktyabrdagi 482-son qarorini ijrosi, O'zbekiston Respublikasi Kinofotofono hujjatlari Markaziy davlat arxivida O'zbekiston Respublikasining “Arxiv ishi to'g'risida”gi Qonun ijrosini o'rganish hamda 2016 yil davlat byudjetidan ajratilgan mablag'larni “O'zarxiv” agentligi hamda markaziy davlat arxivlari o'rtasida taqsimlanishi to'g'risidagagi va boshqa masalalar ko'rib chiqildi.
2016 yil 26 aprel
2016 yil 26 aprelida “O'zarxiv” agentligining Hay'at yig'ilishi bo'lib o'tdi. Mazkur yig'ilishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti vakili va “O'zarxiv” agentligi Markaziy apparati, Markaziy davlat arxivlari direktorlari va ularning o'rinbosarlari, Toshkent shahar va Toshkent viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmalari boshliqlari ishtirok etdilar.
Yig'ilish kun tartibida “O‘zarxiv” agentligi tizimida 2016 yil I choragida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yakunlari va iqtisodiy islohotlarning bajarilishi, “O‘zarxiv” agentligi tizimidagi arxiv muassasalarida 2015 yil 9 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi qonuni ijrosini ta’minlanishi, AKTni joriy etilishi va axborot xavfsizligining ta’minlanish holati, “O‘zarxiv” agentligi tizimi idoralarida korrupsion illatlarning oldini olish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish holati, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, shu jumladan, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan kelib tushgan so‘rovlar ijrosi hamda Respublika arxiv muassasalarida ijro intizomining holati va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.
2016 yil 24 may
2016 yil 26 aprelida “O'zarxiv” agentligining Hay'at yig'ilishi bo'lib o'tdi. Mazkur yig'ilishda “O'zarxiv” agentligi markaziy apparati va markaziy davlat arxivlari direktorlari va ularning o'rinbosarlari, Toshkent shahar va Toshkent viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmalari boshliqlari ishtirok etdilar.
Yig'ilishda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligini munosib kutib olish va unga tayyorgarlik ko’rish bo’yicha aniq chora-tadbirlar belgilab berish masalalari ko'rib chiqildi.
2016 yil 6 iyun
2016 yil 6 iyunida “O'zarxiv” agentligining Hay'at yig'ilishi bo'lib o'tdi. Mazkur yig'ilishda “O'zarxiv” agentligi markaziy apparati va markaziy davlat arxivlari direktorlari ishtirok etdilar.
Yig'ilish kun tartibida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligini munosib kutib olish, Surxondaryo viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi va uning tizimidagi arxiv muassasalarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 5 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 101-sonli qarori ijrosini o‘rganish natijalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi tizimidagi markaziy davlat arxivlarida buxgalteriya hisobini yuritilishi va “O‘zarxiv” agentligi tizimida ijro intizomini yanada mustahkamlash yuzasidan ishlab chiqilgan “Ijro intizomini reyting baholash dasturi ta’minoti” elektron dasturi to‘g‘risidagi masalalar ko'rib chiqildi.
2016 yil 22 iyul
2016 yil 22 iyulida “O'zarxiv” agentligining Hay'at yig'ilishi bo'lib o'tdi. Mazkur yig'ilishda “O'zarxiv” agentligi Markaziy apparati va markaziy davlat arxivlari direktorlari va ularning o'rinbosarlari, Toshkent shahar va Toshkent viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmalari boshliqlari ishtirok etdilar.
Yig'ilish kun tartibida “O‘zarxiv” agentligi tizimida 2016 yil I yarim yilligida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yakunlari va iqtisodiy islohotlarning bajarilishi, “O‘zarxiv” agentligi tizimidagi arxiv muassasalarida 2015 yil 9 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi qonuni ijrosini ta’minlanishi, AKTni joriy etilishi va axborot xavfsizligining ta’minlanish holati, arxiv muassasalarida o‘tkazilgan maqsadli o‘rganishlar natijalari, “O‘zarxiv” agentligi tizimi idoralarida korrupsion illatlarning oldini olish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish holati va jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, shu jumladan, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan kelib tushgan so‘rovlar ijrosi hamda respublika arxiv muassasalarida ijro intizomining holati to‘g‘risidagi masalalar ko'rib chiqildi.
2016 yil 16 sentyabr
2016 yil 16 sentyabrida “O'zarxiv” agentligining Hay'at yig'ilishi bo'lib o'tdi. Mazkur yig'ilishda “O'zarxiv” agentligi markaziy apparati, markaziy davlat arxivlari direktorlari va Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarma boshlig’i ishtirok etdilar.
Yig'ilish kun tartibida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rayosati majlisining 2016 yil 13 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vazifa va vakolatlarini bajarishni vaqtincha yuklash to‘g‘risida”gi 2016 yil 8 sentyabrdagi Qo‘shma Qarorini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi - O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqida bayon qilingan topshiriqlarni amalga oshirishga doir birinchi navbatdagi chora tadbirlar haqida”gi 80-sonli bayoni ijrosini ta’minlash masalalari ko'rib chiqildi.
2016 yil 21 oktyabr
2016 yil 21 oktyabrida “O'zarxiv” agentligining Hay'at yig'ilishi bo'lib o'tdi. Mazkur yig'ilishda “O'zarxiv” agentligi markaziy apparati, markaziy davlat arxivlari direktorlari va ularning o'rinbosarlari, Toshkent shahar va Toshkent viloyati arxiv ishi boshqarmalari boshliqlari ishtirok etdilar.
Yig'ilish kun tartibida “O‘zarxiv” agentligi tizimida 2016 yil 9 oyligida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari va iqtisodiy islohotlarning bajarilishi, “O‘zarxiv” agentligi tizimidagi arxiv muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar, “O‘zarxiv” agentligi tizimidagi arxiv muassasalarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining borishi, “O‘zarxiv” agentligiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasi orqali kelib tushayotgan murojaatlarning tahlili, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, shu jumladan, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan kelib tushgan so‘rovlar ijrosi hamda Respublika arxiv muassasalarida ijro intizomining holati va Agentlik tizimi idoralarida korrupsion illatlarning oldini olish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish holati muhokama etildi.