O'zbekiston Milliy arxivi
Zakirova Dilbar Taxirovna
O’zbekiston Milliy arxivi direktori v.b.
Qabul kunlari: Seshanba, juma soat 10:00 dan 12:00 gacha
Manzil: Manzil: 100043, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Chilonzor ko‘chasi, 2-uy www.nauz.uz
Majburiyatlari
Arxiv faoliyatini tashkil qiladi va arxiv zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning bajarilishi uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga oladi;
o‘rinbosarning va tasarrufidagi bo‘lim mudirlarining javobgarlik darajalarini belgilaydi;
arxivning asosiy faoliyati va xodimlarga oid buyruqlar chiqaradi va ularga oid ko‘rsatmalar beradi hamda bajarilishini nazorat qiladi;
arxiv xodimlarining belgilangan tartibda ishga oladi va ishdan bo‘shatadi;
arxiv xodimlarini muntazam ravishda malakasini va amaliy ko‘nikmalarini oshirishni ta’minlaydi;
arxivning moddiy-texnik bazasini doimiy takomillashtirish, zamonaviy texnologiyalar, shuningdek avtomatlashtirilgan ishchi o‘rinlarini tadbiq etish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshiradi;
mehnat va ijro intizomi, so‘rovlarni ijro etish sifati va madaniyatini doimiy nazorat qilib boradi;
O’zbekiston Milliy arxivi tarkibiy bo‘limlari Nizomlarni, xodimlarning lavozim yo‘riqnomalari, Ekspert-tekshiruv uslubiy komissiyasi (ETUK) to‘g‘risidagi Nizom, Mehnatni ilmiy tashkil etish kengashi (MITEK) to‘g‘risidagi Nizomlarni tasdiqlaydi;
O’zbekiston Milliy arxivi hujjatlarini korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga vaqtincha foydalanish uchun berish, matbuotda nashr qilish, tadqiqotchilarni arxiv o‘quvxonasida hujjatlar bilan ishlashiga ruhsat berish masalalarini hal qiladi;
O’zbekiston Milliy arxivi faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, hujjatlarni jamlash, saqlash, ta’mirlash, zarar yetmaydigan holda saqlash (konservatsiyalash), nusxa ko‘chirish, ulardan foydalanish va muhofaza qilishning samarali tizimi va usullarini joriy qiladi;
arxivning uskunalar va boshqa zarur materiallarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlaydi, binodan texnik jihatdan foydalanish (texnik ekspluatatsiyasi)ni ta’minlaydi;
O’zbekiston Milliy arxivi bazasida respublika arxivchilarining kasbiy malakalarini oshirishga imkoniyat yaratadi, shuningdek, arxiv xodimlarining malakasini oshirish, arxiv ishini ilmiy asosda tashkil etish va iqtisodiyotini rivojlantirish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazadi;
o‘z vakolati doirasida tashkilotlar bilan arxiv xizmatlarini ko‘rsatish uchun shartnomalar tuzadi; jamoa shartnomasi va mehnat qonunchiligiga asosan mehnatni ilmiy tashkil etish va unga haq to‘lashni takomillashtirish, arxiv xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilish va rag‘batlantirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshiradi;
o‘z faoliyatini “O‘zarxiv” agentligi va uning tizimidagi muassasalari, jamlash manbaiga kiritilgan vazirlik, idoralar va jamoat tashkilotlari bilan aloqada, ishchan hamkorlikda olib boradi;
arxiv hujjatlari va ma’lumotlarining to‘liqligi, butligi va xavfsizligi uchun javob beradi;
amaldagi qonunchilikka muvofiq vakolati doirasida boshqa ishlarni amalga oshiradi.
Arxiv nizomini ko'chirib olish (*.pdf 351 kb)