"O'zarxiv" agentligi faoliyatida shakllanadigan konfidensial axborotni tashkil etadigan ma'lumotlar ro'yxati
1. Agentlik xodimlarining shaxsiy ma’lumotlari to‘g‘risidagi axborotlarni aks ettirgan hujjatlar:
xodimlarning shaxsiy varaqlari;
xodimlarning shaxsiga va oila a’zolariga oid shaxsiy ma’lumotlar (yashash manzili, shaxsiy telefon raqamlari, biografik ma’lumotlar, kasallik varaqlari);
xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotgan davrda ko‘rilayotgan bildirgi hujjatlari.
2. Agentlik xodimlarining shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi axborotlar, xuddi shuningdek ularning shaxsiy hayoti sirini ochuvchi axborotlar (qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno).
3. Yozishmalar, telefondagi so‘zlashuvlar siri, qonun hujjatlariga muvofiq axborot olish cheklangan telekommunikatsiyalar tarmoqlari orqali uzatiladigan pochta, telegraf xabarlari va boshqa xabarlar to‘g‘risidagi axborotlar.
4. Qonun hujjatlariga muvofiq axborot olish cheklangan tergov va sud yurituvi siri hisoblangan ma’lumotlar.
5. Agentlik rahbariyati tomonidan axborot olinishi cheklangan xizmatga, faoliyatga, jarayonlarga doir ma’lumotlar.
6. Agentlik xodimlarini sug‘urtalash ma’lumotlari.
7. Axborot olish cheklangan kasb faoliyati bilan bog‘liq ma’lumotlar, Respublika fondlar katalogi.
8. Axborot asosi qanday (qog‘oz yoki elektron) asosda bo‘lishidan qat’iy nazar Milliy arxiv fondining Davlat katalogining hududiy va respublika jamlanmasi ma’lumotlari aks ettirilgan jadvallar.
9. Hujjatning qanday turda bo‘lishidan qat’iy nazar “Xizmat doirasida foydalanish” (“XDFU”) grifi bo‘lgan hujjatlar;
10. “O‘zarxiv” Agentligining Ma’lumot-axborot jamg‘armasi (MAJ) (Spravochno- informatsionniy fond - SIF) qayd etish kitobi va tarkibiga kiritilgan hujjatlar.
11. Qonun hujjatlariga muvofiq foydalanishi cheklangan boshqa hujjatlar.