Yusupov Ulugbek Mirtalibovich

Yusupov Ulug‘bek Mirtalibovich

"O‘zarxiv" agentligi Direktori

+998(55) 503-01-50 (113)

uzarchive@archive.uz

Qabul kunlari: Chorshanba, Juma soat 15:00 dan 17:00 gacha

Mehnat faoliyati

2002-2006 yy. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
2006-2009 yy. "O'zbektelekom" AK "Toshkent shaxar telefon tarmog'i" filiali Marketingni tashkil etish bo'limi muhandisi,2-toifali muhandisi,yetakchi muhandisi
2009-2010 yy. O'zbekiston Respublikasi radoitexnika, elektrotexnika va aloqa ilmiy-texnika jamiyati,birinchi toifali mutaxassisi
2010-2012 yy. O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Marketingni tashkil etish va qimmatli qog'ozlar bo'limi 1-toifali mutaxassisi, yetakchi mutaxassisi
2012-2013 yy. O'zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari davlat qo'mitasi Davlat dasturlari va investisiya loyihalarini amalga oshirishni muvofiqlashtiruvchi Yig'ma bo'limi 1-toifali mutaxassisi
2013-2015 yy. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "O'zarxiv" agentligi "Elektron arxivlar va hujjatlarni yuritish bo'limi boshlig'i
2015-2019 yy. Vazirlar Mahkamasida bosh mutaxassis
2019 y - h.v. - O`zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi "O`zarxiv" agentligi Bosh direktori

Funksiya va vazifalari

Quyidagilar “Oʻzarxiv” agentligi direktorining asosiy faoliyat yoʻnalishlari hisoblanadi: respublikada arxiv ishi va ish yuritish sohasiga umumiy rahbarlik qilish; arxiv ishi va ish yuritish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirilishini taʼminlash; arxivlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash hamda arxiv ishini rivojlantirishga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; Agentlikning hududiy boshqarmalari hamda uning tarkibiy tashkilotlari faoliyati bilan bogʻliq istiqboldagi koʻrsatkichlarga erishishni taʼminlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish; arxiv ishi va ish yuritish sohasida Xalqaro Arxivlar Kengashi va boshqa xalqaro mintaqaviy tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan ish koʻrish; qonunchilik hujjatlariga muvofiq sohada boshqaruvning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda joriy etish; Oʻzbekiston milliy arxivlarining ilmiy-tadqiqot va metodik ishlarini tashkil etish; Agentlikning Markaziy ekspert tekshirish komissiyasi, Arxiv ishi boʻyicha Jamoatchilik Kengashi va Ilmiy kengash faoliyatini muvofiqlashtirish. Quyidagilar “Oʻzarxiv” agentligi direktorining asosiy vazifalari hisoblanadi: arxiv ishi va ish yuritish sohasida yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini taʼminlash, kadrlarni tayyorlashni tashkil etish; arxivlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash hamda arxiv ishini rivojlantirish boʻyicha kompleks milliy dasturlarni amalga oshirilishini tashkil etish; qonun hujjatlariga muvofiq sohada boshqaruvning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda joriy etlishini tashkil etish; tizimdagi davlat korxonalari, tashkilot va muassasalar ishiga bevosita rahbarlik qilish, ular faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini belgilash, tashkil etish, qayta tashkil etish hamda tugatish toʻgʻrisida oʻrnatilgan tartibda qaror qabul qilish, rahbarlarni oʻrnatilgan tartibda lavozimga tayinlash va egallab turgan lavozimidan ozod qilish, rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirish hamda ularni tayyorlash ishlarini nazorat qilish; Milliy arxiv fondi hujjatlarini jamlash, ularning saqlanishini, davlat hisobiga olinishini taʼminlash va ulardan keng foydalanilishini tashkil etish; arxivshunoslik, arxeografiya, ish yuritish, elektron hujjat aylanishi sohasida ilmiy-metodik ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini va ilmiy-texnika yutuqlarini respublika arxivlari amaliyotiga joriy etish.

Majburiyatlari

Quyidagilar “Oʻzarxiv” agentligi direktorining funksional majburiyatlari hisoblanadi: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish; Agentlik faoliyati boʻyicha umumiy rahbarlikni amalga oshirish, Agentlikka Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlari bilan Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini taʼminlash; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining normativ hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dastur va kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha tanqidiy va chuqur tahlillarni oʻtkazish; Agentlikning hududiy boshqarmalari hamda uning tarkibiy tashkilotlari faoliyati bilan bogʻliq istiqboldagi koʻrsatkichlarga erishishni taʼminlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralar bilan Agentlik faoliyati doirasiga kiradigan masalalar boʻyicha oʻzaro hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi yigʻilishlarida va uning Rayosati majlislarida koʻrib chiqiladigan masalalar yuzasidan qatnashish; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Bosh vazir va uning oʻrinbosarlari koʻrsatmalarini ijro etish; oʻz oʻrinbosarlarining vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasidagi majburiyatlarni taqsimlash, Agentlikning boshqa mansabdor shaxslarining vakolatlarini belgilash, Agentlik faoliyatining maʼlum bir sohalarini boshqarishda oʻzining oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligi darajasini belgilash; Agentlikning faoliyati rejalashtirilishini tashkil etish, davriy ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoringini olib borishning amaliy tizimini yaratish, Agentlikning faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida» 2017 yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlarn toʻgʻrisida” 1999 yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun idoraviy mansub tashkilotlar va hududiy boshqarmalar rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish choralarini koʻrish; Agentlik xodimlari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar xodimlarining tizimli ravishda malakasini oshirishni tashkil etish; Agentlik tizimida xodimlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar kadrlari zaxirasini shakllantirish; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi nomenklaturasiga kiradigan boʻsh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, Agentlikka ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professionalligi va oʻz ishini bilishi, yuksak darajadagi ishchanlik va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega boʻlishini taʼminlashga qaratilgan choralarni amalga oshirish; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi topshiriqlariga oʻz tashabbusiga koʻra normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini, ular “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga muvofiq ravishda oʻz vaqtida kiritilishini tashkil etish, ularning Vazirlar Mahkamasi apparatida puxta ishlanishida, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati huzurida himoya qilinishi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida koʻrib chiqilishida ishtirok etish; “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga va Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktyabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihasi faoliyatining namunaviy reglamentiga muvofiq Agentlikning qonun loyihalarini tayyorlash faoliyatini tashkil etish; Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha buyruqlar, farmoyishlar, koʻrsatmalar chiqarish va normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, zarur boʻlganda boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tegishli qarorlar qabul qilish; Agentlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqilishini taʼminlash, ularni puxta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa turdagi ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan muddatlarda kelishish (viza qoʻyish); Agentlik rahbarlari va xodimlari xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014 yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlish samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy masʼuliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017 yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash; oʻrinbosarlarining, hududiy boshqarmalar va davlat arxivlarining rahbarlari faoliyatining samaradorligi va natijalarini tanqidiy tahlil qilishni tizimli ravishda olib borish, Agentlik yigʻilishlarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, natijalar asosida zarur choralarni koʻrish; Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarning rahbarlari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish; Agentlik xodimlarini ragʻbatlantirish yoki intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, oʻz oʻrinbosarlarini ragʻbatlantirish yoki intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, egallab turgan lavozimlarda keyinchalik qolishining maqsadga muvofiqligi masalasini koʻrib chiqish toʻgʻrisida takliflar kiritish, ularning shaxsiy javobgarligini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish; Agentlik xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan “Oʻzarxiv” agentligi va uning tizimidagi arxiv ishi hududiy boshqarmalari xodimlarining odob-axloq qoidalari hamda “Respublika arxivchilar etika kodeksi” talablariga rioya etilishini taʼminlashni nazorat qilish; “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Agentlik tizimida korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish boʻyicha choralar koʻrish, shuningdek, huquq amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan ularni aniqlash, tahlil qilish, ularni yuzaga keltiruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish; Agentlik, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarning ishlarini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etishni taʼminlash; aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan oʻzaro aloqani amalga oshirishda koʻrsatilayotgan davlat arxi xizmatlarining “yagona darcha” tamoyilini joriy qilish orqali ularning samaradorligi, sifati va qulayligini oshirish va “Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish; jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha ishlarni “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiq samarali tashkil etish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaxsan qabul qilishni muntazam ravishda oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshirish; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali oʻzaro aloqani tashkil qilish, ularning faoliyatida Agentlik rahbariyati va xodimlarining faol qatnashuvini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasidan tushayotgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash; davlat siri va maxfiy axborotni tashkil qilgan axborot bilan ishlashda qonunchilik talablariga rioya qilish; Agentlik va uning kollegial organlari (hayʼat, ilmiy va jamoat kengashlari) faoliyatini tashkil etish; davlat arxivlarini moliyalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va moddiy- texnik bazasini mustahkamlash ishlarini tashkil etish; Agentlik va hududiy boshqarmalar hamda davlat arxivlarining fuqaro muhofazasi masalalarini tashkil etish; Davlat organlari va boshqa tashkilotlarda, Oʻzbekiston Respublikasi sudlarida, shuningdek, xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakat vakillari ishtirokida oʻtkaziladigan rasmiy tadbirlarda Agentlik nomidan ishtirok etish; Agentlik Hayʼati majlislarida raislik qilish; zarurat boʻlganda, boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy soni va mehnatga haq toʻlash fond jamgʻarmasi doirasida Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarning tasdiqlangan tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish; Agentlikning idoraviy mansub tashkilotlari tashkiliy tuzilmalarini tasdiqlash; Agentlikning idoraviy mansub tuzilmalari boshqaruv xodimlari cheklangan sonini tasdiqlash; mahalliy va xorijiy malakali mutaxassislarni xodimlar va maslahatchilar sifatida jalb qilish, ularga istisno tariqasida Arxiv ishini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga ish haqi va boshqa toʻlovlarni mehnat shartnomasida belgilangan tartibda amalga oshirish; Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga Agentlikning markaziy apparati va hududiy boshqarmalar xodimlariga asosiy egallab turgan lavozimlari boʻyicha lavozim maoshlariga, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan qatʼi nazar, ustama va boshqa ragʻbatlantiruvchi toʻlovlarni belgilash; Agentlik markaziy apparatining tarkibiy tuzilmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni, shuningdek, Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar nizomlarini hamda ustavlarini tasdiqlash Agentlik markaziy apparati xodimlari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari bilan qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish; Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalar va tarkibiy tuzilmalar xodimlari bajarishi shart boʻlgan buyruqlar va farmoyishlar qabul qilish hamda koʻrsatmalar berish; Agentlik tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarni ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etish, alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarni Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan taqdirlashga taqdim etish, shuningdek, soha tarmoqlarini rivojlantirishda alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarga «Oʻzarxiv» agentligining koʻkrak nishonlari va faxriy yorliqlari hamda boshqa ragʻbatlantirishlar bilan taqdirlash; Agentlik mol-mulkini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasarruf etish; Agentlik xodimlarini hamda hududiy boshqarma va idoraviy mansub tashkilotlar xodimlarini tizimli ravishda tayyorlash va xorijiy mamlakatlarda malakasini oshirishni tashkil etish; Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolash. Agentlikning Axborot xizmati rahbari, Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalariga masʼul maslahatchisi, Arxiv ishi va ish yuritish holati ustidan davlat nazorati boʻlimi, Buxgalteriya, Birinchi boʻlim faoliyatini nazorat qilish; Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmalari faoliyatini nazorat qilish; Oʻzbekiston milliy arxivi faoliyatini nazorat qilish; Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi faoliyatini nazorat qilish; Oʻzbekiston Ilmiy-texnika tibbiyot hujjatlari milliy arxivi faoliyatini nazorat qilish; Arxiv ishi va ish yuritish boʻyicha malaka oshirish ilmiy-metodik markazi faoliyatini nazorat qilish.

 


Sadikov Sherzod Gayratovich

Sadikov Sherzod G’ayratovich

"O‘zarxiv" agentligi direktori o‘rinbosari

+998(55) 503-01-50 (114)

sh.sadikov@archive.uz

Qabul kunlari: Seshanba, Payshanba soat 16:00 dan 18:00 gacha

Mehnat faoliyati

2006-2007 yy - “Shoʻrtan gaz mahsulot” MCHJ QK Shartnoma tuzish boʻlimi yetakchi mutaxassisi
2007-2010 yy - “Gissarneftgaz” MCHJ QK Marketing boʻlimi menejeri
2010-2011 yy - “Koʻmir Briket” MCHJ direktori
2014-2018 yy - Qibray tuman davlat arxivi direktori
2018-2019 yy - Toshkent viloyati davlat arxivi direktori
2019-2020 yy - Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshligʻi
2020-y. - h.v - Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi direktori oʻrinbosari

Funksiya va vazifalari

Quyidagilar “Oʻzarxiv” agentligi direktori oʻrinbosarining asosiy faoliyat yoʻnalishlari hisoblanadi: arxiv ishi va ish yuritish sohasining uzoq va qisqa muddatli istiqbollarini ishlab chiqishni tashkil etishda ishtirok etish; arxiv iish va ish yuritish sohasiga xorijiy grandlarni jalb etish va loyihalarning amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha tegishli chora-tadbirlar va dasturlar ishlab chiqilishini tashkillashtirish; Agentlik hamda uning tizimidagi tashkilotlar tomonidan tovarlar, ish va xizmatlarni sotib olishda oʻrnatilgan talablarga rioya etilishini nazorat qilish; Davlat arxivlari tomonidan koʻrsatiladigan pullik xizmatlarning yagona narxnomasini ishlab chiqish, oʻzgartirish kiritish va tasdiqlashni tashkillashtirish; arxiv iish va ish yuritish sohasidagi statistik hisobotlarni topshirish uchun uning asosiy koʻrsatkichlarini jamlash va tahlil qilish, tegishli tavsiyalar ishlab chiqish hamda oʻrnatilgan tartibda topshirish ishlarini tashkillashtirish; arxiv iish va ish yuritish sohasi xizmatlarini takomillashtirish ishlarini boshqarish; Xalqaro arxivlar Ittifoqi va boshqa xalqaro tashkilotlarda tegishli masalalar boʻyicha vakillik ishlarini olib borish; Arxiv ishi va ish yuritish tizimini yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash va sohaga doir qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqilishini taʼminlash; Agentlikning oʻzi nazorat qiladigan idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va ularga bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash; mutasaddilik qiladigan idoraviy mansub boʻlinmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar va dasturlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, tayyorlangan hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqish va ular keyinchalik direktor tomonidan koʻrib chiqish va imzolash (viza qoʻyish), ular qonunchilik talablariga qatʼiy muvofiq ravishda Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini taʼminlash, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda Direktorning topshirigʻiga binoan ishtirok etish. oʻzi rahbarlik qilayotgan tarkibiy boʻlinmalari Arxiv ishi boʻyicha tashkiliy- metodik ishlar boʻlimi, Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash boʻlimi va Xalqaro munosabatlar boʻlimlari faoliyatini nazorat qilish; Quyidagilar “Oʻzarxiv” agentligi direktori oʻrinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi: rejalashtirish, hisobotni yuritish, pullik xizmatlardan foydalanish, MAF hujjatlarini nashr etish, ilmiy axborotlarni tarqatish, ijtimoiy-huquqiy va mavzuli soʻrovlarni bajarishni taʼminlash, idoraviy arxivlar va ish yuritish faoliyati hujjatlarini jamlash va qimmatliligini aniqlash ekspertizasini oʻtkazish ishlarini tashkil etish; joylardagi real ahvolni doimiy oʻrganadi, sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qiladi va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqish; davlat arxivlari tomonidan Arxiv ishini rivojlantirish jamgʻarmasiga mablagʻlar oʻz vaqtidava toʻliq tushishini tashkil etish; zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda muntazam ravishda arxiv ishi va ish yuritish sohasida faoliyat koʻrsatayotgan xodimlarning malakasini oshirish tizimini shakllantirish; bu boʻyicha Malaka oshirish markazi faoliyatini tashkil etish va nazorat qilinishini amalga oshirish; hujjatlar shakllanishi jarayoni va hujjatlar aylanishi hajmi monitoringini olib borish; davlat arxivlari tomonidan koʻrsatiladigan pullik xizmatlarning yagona narxnomasini ishlab chiqilishini tashkil etish; MAF hujjatlarini davlat roʻyxatiga olinishini tashkil qilish va Davlat katalogini yuritilishini nazorat qilish; MAF hujjatlarini doimiy saqlaydigan arxivlar va tashkilotlarga roʻyxatga olish guvohnomalarini berilishini amalga oshirish; MAF noyob hujjatlari Davlat reestrini yuritish; arxivlar, idoraviy arxivlar va tashkilotlar xodimlarining arxiv ishi va ish yuritish boʻyicha malakasini oshirishni tashkil etilishini nazorat qilish; arxiv ishi va ish yuritish sohasida mutaxassislarni sifatli tayyorlash borasida oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalariga koʻmaklashish ishlarini nazorat qilish;

Majburiyatlari

Quyidagilar “Oʻzarxiv” agentligi direktori oʻrinbosarining funksional majburiyatlari hisoblanadi: direktor vaqtincha boʻlmaganda tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish; arxiv ishi va ish yuritish sohasida davlat nazoratni amalga oshirish hamda aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish va ularning yuzaga kelishiga sabab boʻladigan shart-sharoitlarning oldini olish boʻyicha tegishli bayonnomalar tuzish va sudlarga kiritilishini amalga oshiradi; arxiv ishi va ish yuritishni rivojlantirishga xorijiy grandlarni jalb qilish boʻyicha tashkiliy ishlarni olib borish; milliy va xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda xorijiy davlatlarda saqlanayotgan, mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga oid arxiv hujjatlarini aniqlashni, ularning maʼlumotlar bazasini yaratish va uni muntazam yangilab borishni, shuningdek, mazkur hujjatlarning koʻchirma nusxalarini, foto va video tasvirlarini olib kelishni tashkil etilishini taʼminlash; Agentlik faoliyatining oʻzi nazorat qiladigan yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilinishini taʼminlash; oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy tuzilmalar tomonidan prognoz koʻrsatkichilariga erishishni soʻzsiz taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrish, tuzilmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va ushbu koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirishni tashkil etish; oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy tuzilmalarning rejalarini tasdiqlaydi, ularning bajarilishini nazorat qilish; Agentlik hayʼati qarorlari, direktorning buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qiladi; oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy tuzilmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha direktorga takliflar taqdim etish, ularning professionalligi, oʻz ishini bilishi, yuksak darajadagi ishchanlik va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega boʻlishini taʼminlash, ularning kasbiy malakasini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish choralarini koʻrilishini tashkil etish; Agentlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari toʻliq va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini taʼminlash, ularni puxta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan oʻtkazilishini tashkil etish; xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014 yil 5-martdagi PQ–2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017 yil 3-avgustdagi PQ–3170-son qarorlari talablariga muvofiq amalga oshirish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni nazoratini olib borish; oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy tuzilmalar rahbarlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Agentlik Hayʼati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitishni, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrilishini tashkil etish; sohaga oid masalalar boʻyicha Agentlik faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy chora-tadbirlar koʻrish, qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqishni va ularni Agentlik direktoriga kiritilishini taʼminlaydi; oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy tuzilmalar rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligi masalasini koʻrib chiqish boʻyicha Agentlik direktoriga taklif kiritish, funksional vazifalar va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlar koʻrilishini amalga oshirish; Oʻzbekiston milliy arxivlarining ilmiy-tadqiqot va metodik ishlarini tashkil etish; Agentlikning Markaziy ekspert tekshirish komissiyasi, Arxiv ishi boʻyicha Jamoatchilik Kengashi va Ilmiy kengash faoliyatini muvofiqlashtish; davlat arxivlari va idoraviy arxivlarda arxiv ishi va ish yuritish holati ustidan davlat nazoratini tashkil etish; jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha ishlarni “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiq samarali tashkil etish; fuqarolarni shaxsan qabul qilishni muntazam ravishda oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshirish; jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish; xorijiy davlatlarda saqlanayotgan arxiv hujjatlari va ularning nusxalarini yurtimizga qaytarish yuzasidan muzokaralar olib borish va zarur chora-tadbirlar koʻrish, bu borada xalqaro miqyosdagi ilgʻor tajribani oʻrganish va amaliyotga joriy etilishini tashkil etish.

 

Kucharova Dildora Lutpullayevna

Isayev Xusan Nurullayevich

"O‘zarxiv" agentligi direktori o‘rinbosari

+998(55) 503-01-50 (103)

kh.isaev@archive.uz

Qabul kunlari: Dushanba, Juma, soat 10:00 dan 12:00 gacha

Mehnat faoliyati

1989-1990 yy. - Toshkent toʻqimachilik kombinati 3-sonli filiali toʻqish boʻlimi usta yordamchisi shogirdi
1993-1995 yy. - Toshkent telegraf-telefon stansiyasi Liniya apparat sexi elektromontyori
1995-1996 yy. - Toshkent viloyati Davlat elektr aloqa ishlab chiqarish korxonasi dispetcheri
1996-1996 yy. - Toshkent viloyati Davlat elektr aloqa ishlab chiqarish korxonasi Mahalliy telefon aloqasi va radiofikatsiya boʻlimi muhandisi
1996-1997 yy. - Toshkent viloyati Davlat elektr aloqa ishlab chiqarish korxonasi Qayta qurish va rivojlantirish boʻlimi muhandisi
1997-1998 yy. - Toshkent viloyati Davlat elektr aloqa ishlab chiqarish korxonasi Qayta qurish va rivojlantirish 1-toifali muhandisi
1998-2000 yy. - “Toshkent telekom” ochiq aksionerlik jamiyati Texnik ekspluatatsiya va telekommunikatsiya tarmoqlari boʻlimi yetakchi muhandisi
2000-2001 yy. - “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi Texnik siyosat va tarmoqlar ekspluatatsiyasi boʻlimi yetakchi mutaxassisi
2001-2003 yy. - “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi Umumiy boʻlim bosh mutaxassisi-Bosh direktor yordamchisi
2003-2004 yy. - “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi Maxalliy tarmoqlar texnik siyosati va ekspluatatsiyasi boʻlimi boshligʻi
2004-2005 yy. - Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi Ishlar boshqarmasi ishlar boshqaruvchisi oʻrinbosari - Bosh direktor yordamchisi
2005-2006 yy. - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati Bosh vazir oʻrinbosari yordamchisi
2006-2008 yy. - Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi Hududiy boshqarmalar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi boshligʻi
2008-2012 yy. - Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi Litsenziyalash va standartlashtirish boʻlimi boshligʻi
2012-2014 yy. - Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari Davlat qoʻmitasi Litsenziyalash va litsenziya shartnomalari ijrosini tahlil qilish boʻlimi boshligʻi
2014-2015 yy. - Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi huzuridagi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi Davlat muassasasi direktori oʻrinbosari
2015-2016 yy. - Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi Davlat muassasasi direktorining birinchi oʻrinbosari
2016-2017 yy. - UZINFOCOM Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi Davlat unitar korxonasi direktori
2017-y. - Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastrlari davlat qoʻmitasi huzuridagi “Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markazi” Davlat unitar korxonasi direktorining Axborot-kommunikatsiya masalalari boʻyicha oʻrinbosari
2017-2020 yy. - Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastrlari davlat qoʻmitasi huzuridagi “Kompyuter va geoaxborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi” DUK direktori
2020-y. - Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastrlari davlat qoʻmitasi huzuridagi “Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining Axborotnomasi” DUK Bosh muharriri
2020-y. – x/v. - Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi direktori oʻrinbosari

Funksiya va vazifalari

Quyidagilar “Oʻzarxiv” agentligi direktori oʻrinbosarining asosiy faoliyat yoʻnalishlari hisoblanadi: yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolda arxiv ishi va ish yuritish sohasini axborot texnologiyalarini rivojlantirish yoʻnalishida strategik rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va uni amalga oshirilishini sifati va samaradorligini taʼminlash; elektron hukumatni rivojlantirish reytingida Agentlik pozitsiyalarini yaxshilash boʻyicha ishlari samaradorligini oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish; arxivlarga axborot texnologiyalarni joriy etish va elektron arxivlarni rivojlantirish boʻyicha davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqishni taʼminlash; arxiv ishi va ish yuritish sohasiga innovatsiyalarni joriy qilish, davlat arxivlarining axborot tizimlari va resurslarini ishlab chiqish hamda joriy qilishda, idoralararo elektron oʻzaro hamkorlikni tashkil qilishda, yagona elektron reestrlar va maʼlumotlar bazalarini, “yagona darcha” tamoyili boʻyicha elektron davlat xizmatlari koʻrsatish tizimlarini shakllantirishni taʼminlash; davlat arxivlarida “Elektron hukumat” tizimining rivojlanish darajasini, shu jumladan elektron hukumat loyihalarini amalga oshirish va arxivlarning elektron davlat xizmatlari koʻrsatishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish samaradorligining maqsadli koʻrsatkichlariga erishish darajasini oshirish; elektron hujjatlarni yigʻish, saqlash, hujjatlarni raqamlashtirish boʻyicha standartlar va texnik talablar ishlab chiqish va joriy etish; arxivlarga tegishli elektron davlat xizmatlarining reglamentlarini ishlab chiqish va joriy etish; mutasaddilik qiladigan idoraviy mansub boʻlinmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar va dasturlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, tayyorlangan hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqish va ular keyinchalik Direktor tomonidan koʻrib chiqish va imzolash (viza qoʻyish), ular qonunchilik talablariga qatʼiy muvofiq ravishda Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini taʼminlash, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda Direktorning topshirigʻiga binoan ishtirok etish; Davlat xizmatlari samaradorligini, ulardan erkin foydalanishni va koʻrsatilishi sifatini oshirish hamda “Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni tashkil etish; axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va davlat arxivlari amaliyotida elektron maʼlumotlar bazalarini yaratish, davlat xizmatlarini elektron shaklda bajarishni taʼminlash, idoraviy arxivlar va ish yuritish faoliyati elektron hujjatlarini jamlash ishlarini tashkil etish; hududiy boshqarmalar, davlat arxivlari, Milliy arxivlar, markazlar, Jamgʻarma faoliyatini vakolat doirasida tashkil etish; oʻzi rahbarlik qilayotgan tarkibiy boʻlinmalari: Axborot texnologiyalari boʻlimi, Elektron arxivlar va hujjatlarni yuritish boʻlimlari faoliyatini nazorat qilish. Quyidagilar “Oʻzarxiv” agentligi direktori oʻrinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi: joylardagi real ahvolni doimiy oʻrganadi, arxiv ishi sohasidagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda axborot texnologiyalarini joriy etish borasida strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqish; Agentlikning tasdiqlangan tuzilmasiga muvofiq markaziy apparatning tegishli tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari va mutaxassislari lavozimlariga nomzodlarni direktor tomonidan tasdiqlash uchun taqdim etish; elektron davlat xizmatlarini koʻrsatish doirasida idoralararo elektron oʻzaro hamkorlikni taʼminlash; arxiv ishi boʻyicha elektron hukumat sohasidagi monitoringni amalga oshirish, elektron davlat xizmatlarini koʻrsatish, shuningdek, idoralararo elektron oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisidagi hisobot materiallarini shakllantirish va tahlil qilishni amalga oshirish; idoralararo oʻzaro elektron hamkorlikni takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqish; Agentlik vakolatiga tegishli boʻlgan masalalar boʻyicha faoliyatni takomillashtirishga doir amaliy chora-tadbirlar koʻrish va qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish; elektron hujjat aylanishi sohasida ilmiy-metodik ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish, bu borada ilmiy tadqiqotlar natijalarini va ilmiy-texnika yutuqlarini respublika arxivlari amaliyotiga joriy etilishini tashkil etish; arxiv ishi va ish yuritish holatini tahlil qilish, qonuniylik va tendensiyalarini oʻrganish hamda ularni rivojlantirish yoʻnalishlarini belgilash; arxiv ishi va elektron ish yuritishni rivojlantirish boʻyicha davlat dasturlarini ishlab chiqish; idoraviy saqlov muddati tugagan arxiv xujjatlarining yoʻq qilinishidan avval elektron nusxalari talab qilib olinishi va saqlanishini nazorat qilinishini tashkil etish; arxiv ishida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish va qoʻllanishini amalga oshirish; davlat arxivlarida axborot resurslarini, shu jumladan, elektron MAF va boshqa arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va foydalanish ishlarini tashkil etish; davlat arxivlarida MAFga doir axborot resurslari va elektron hujjatlarning axborot xavfsizligini taʼminlashni tashkil etish; arxiv ishi va ish yuritish sohasida chet el tajribasini oʻrganish va ulardan foydalanilishini tashkil qilish; faoliyat yoʻnalishi boʻyicha xorijiy davlatlardagi muzey va fondlar, arxivlar, ilmiy-madaniy muassasalar bilan oʻzaro madaniy aloqalarni yoʻlga qoʻyish, turli anjumanlar, konferensiya va koʻrgazmalar tashkil etilishini taʼminlash; arxiv ishi va ish yuritish sohasida innovatsiyalarni joriy etish va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish ishlarini muvofiqlashtirish;

Majburiyatlari

Quyidagilar “Oʻzarxiv” agentligi direktori oʻrinbosarining funksional majburiyatlari hisoblanadi: Agentlikning tasdiqlangan tuzilmasiga muvofiq Agentlikning tegishli boʻlimlarini bevosita boshqarishni amalga oshirish; Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ- huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish; boʻysunuvidagi tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarini qayta tayyorlash, malakasini oshirish, ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralarini qoʻllash boʻyicha takliflar kiritish; davlat arxivlari xodimlari uchun elektron hukumat tizimi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, axborot xavfsizligi va turdosh yoʻnalishlarda malaka oshirish kurslarini tashkil etish; MAFga tegishli alohida qimmatli va noyob hujjatlarning sugʻurta fondi markazlashtirilgan holda saqlanishini tashkil etish; davlat xizmatlari samaradorligini, ulardan erkin foydalanishni va koʻrsatilishi sifatini oshirish hamda “Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish; elektron hujjatlarni saqlash tizimlari va elektron hujjat aylanishi tizimlariga namunaviy funksional talablarni belgilash; hujjatlarning, shu jumladan davlat axborot resurslarining qimmatliligini aniqlash ekspertizasini hamda ularni doimiy saqlash uchun davlat arxivlariga, shu jumladan, elektron arxivlarga tanlab olishni tashkil qilish; elektron arxivlarni yuritish metodikasini ishlab chiqish va amalga oshirilishini nazorat qilish; Agentlikning oʻzi nazorat qiladigan idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini vakolat doirasida muvofiqlashtirish, nazorat qilish va ularga bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlashni tashkil etish; oʻz vakolati dolirasida Agentlik faoliyatining oʻzi nazorat qiladigan yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish; oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy tuzilmalar tomonidan prognoz koʻrsatkichilariga erishishni soʻzsiz taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrish, tuzilmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va ushbu koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish; oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy tuzilmalarning rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishini nazorat qiliinishini taʼminlash; oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy tuzilmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha direktorga takliflar taqdim etish, ularning professionalligi, oʻz ishini bilishi, yuksak darajadagi ishchanlik va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega boʻlishini taʼminlash, ularning kasbiy malakasini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish choralar koʻrilishini tashkil etish; oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy tuzilmalar rahbarlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Agentlik Hayʼati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrilishini tashkil qilish.

 

Aliyev Anvarjon Orifjonovich

Aliyev Anvarjon Orifjonovich

Axborot xizmati rahbari, direktorning axborot siyosati masalalari bo`yicha maslahatchisi

+998(55) 503-01-50 (116)

a.aliev@archive.uz

Qabul kunlari: Seshanba, Juma, soat 14:00 dan 16:00 gacha

Mehnat faoliyati

1994-2000 yy - Fargʻona shahar sudi sud mashinist kotibi, sud kotibi, sud ijrochisi
2000-2002 yy - Muddatli harbiy xizmat
2002-2005 yy - Fargʻona shahar 20-umumiy oʻrta maktab tarix fani oʻqituvchisi
2005-2006 yy - Fargʻona sh. 40-maktab majmuasi tarix fani oʻqituvchisi, ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari
2006-2007 yy - Fargʻona viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi tashxis Markazi direktor oʻrinbosari
2007-2009 yy - Fargʻona huquqshunoslik kolleji direktori
2009-2011 yy - Oʻzbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakulteti magistratura magistranti
2011-2012 yy - Fargʻona shahar xalq taʼlimi boʻlimi maʼnaviy-ahloqiy tarbiya shoʻbasi rahbari
2012-2013 yy - Fargʻona shahar 40-ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari
2013-2013 yy - Fargʻona shahar 16-umumtaʼlim maktabi direktori vazifasini bajaruvchi
2013-2015 yy - Fargʻona shahar 40-ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabi direktori
2015-2015 yy - Fargʻona viloyati davlat arxivi direktori vazifasini bajaruvchi
2015-2017 yy - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi elektron arxivlar va hujjatlarni yuritish boʻlimi boshligʻi
2017-2017 yy - Fargʻona shahar 4-sonli maktabda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari
2017-2018 yy - Fargʻona shahar 11-sonli maktab direktori
2018-2018 yy - Fargʻona viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi taʼlim muassasalari faoliyatini tashkil etish boʻlimi mutaxassisi
2018-2019 yy.- Fargʻona shahar xalq taʼlimi boʻlimi maʼnaviy-axloqiy tarbiya va bolalarning ijtimoiy himoyasi shoʻbasi mudiri
2019-y. – 2019-y. - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi elektron arxivlar va hujjatlarni yuritish boʻlimi boshligʻi
2019- h.v. Oʻzbekiston Respublikasi "Oʻzarxiv" agentligi Axborot xizmati rahbari
axborot siyosati masalalari boʻyicha Direktor maslaxatchisi

Funksiya va vazifalari

Axborot xizmati faoliyatiga bevosita umumiy rahbarlik qiladi, ishlarini tashkillashtiradi, yoʻnaltiradi va nazorat qiladi; bir vaqtning oʻzida Direktorning matbuot kotibi hisoblanib, axborot siyosati masalalari boʻyicha Direktor maslaxatchisi maqomiga ega boʻladi hamda mexnatga xaq toʻlash, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shartlariga koʻra direktor oʻrinbosariga tenglashtiriladi; tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasini hisobga olgan holda lavozimga tayinlanadi; xar uch yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida attestatsiyadan oʻtadi; Axborot xizmatiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi; Agentlik Hayʼati qarorlari, Direktor buyruqlari hamda topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlaydi; Axborot xizmati ish rejalari ishlab chiqilishini taʼminlaydi, ularni tasdiqlash uchun kiritadi, ularda koʻrsatilgan vazifalar va tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlaydi; Axborot xizmati faoliyati sohalariga oid qonun hujjatlari va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi va ularni koʻrib chiqish uchun Agentlik rahbariyatiga kiritadi; xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 5-martdagi “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2142-son va 2017-yil 3-avgustdagi “Xorijiy xizmat safarlarida bulishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari tugrisida”gi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq amalga oshiradi, xizmat safarlari asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishini taʼminlaydi; Oʻzbekiston Respublikasi arxivchilar etika Kodeksi qoidalari talablariga rioya etadi; “Korrupsiyaga karshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq korrupsiya va boshka huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻradi, shuningdek huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlaydi, tahlil qiladi, bartaraf etadi; Axborot xizmatida aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyadi, muntazam ravishda shaxsiy, shu jumladan sayyor qabullar oʻtkazadi; davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qiladi; Agentlik rahbariyatiga oʻz vakolatlari doirasida xodimlarni ragʻbatlantirish, intizomiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisida takliflar kiritadi; Agentlik Hayʼat majlisida muhokama qilish uchun Agentlik rahbariyatiga takliflar kiritadi; oʻz vakolati doirasida tegishli hujjatlarni imzolaydi. Axborot xizmati rahbari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni xam amalga oshiradi

Huquq va Majburiyatlari

Axborot xizmati oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

zarur boʻlgan axborot, hujjatlarni Agentlikning boshqa tuzilmalari, hududiy boshqarmalari va arxivlardan belgilangan tartibda soʻrab olish;

Agentlikning yigʻilishlarida, majlislarida va boshqa tadbirlarida qatnashish;

 

qoʻyilgan vazifalarni bajarish uchun Agentlikning rahbariyati bilan kelishgan holda boshqa boʻlinmalar, hududiy boshqarmalar, davlat arxivlari xodimlarini jalb etish, shuningdek, boshqa tashkilotlarning mutaxassislari va malakali ekspertlarini, shu jumladan, shartnoma asosida jalb etish;

davlat va xoʻjalik boshqaruvi boshqa organlarining axborot xizmatlari bilan belgilangan tartibda oʻzaro hamkorlik qilish;

Direktor topshirigʻiga koʻra davlat organlarida, respublika va xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan tadbirlarda Agentlik nomidan vakillik qilish;

ijtimoiy tarmoqlarda Agentlikning rasmiy sahifalarini tashkil etish va undagi axborotlarni yangilab borish;

oʻz vakolatlari doirasida bosma nashrlarni nashr etish;

tadbirlarda ishtirok etish, jumladan Direktor bilan horijiy va mahalliy xizmat safarlari davomida birga hamrohlik qilish, xizmat safari tafsilotlarini yoritib borish;

Agentlikning axborot siyosatini takomillashtirishga doir takliflarni, Axborot xizmati faoliyatiga taalluqli masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini rahbariyatga koʻrib chiqishi uchun kiritish.


Tursunbaev Shuxrat Mirayimovich

“O‘zarxiv” agentligi direktorining Davlat tili bo‘yicha maslaxatchisi

+998(55) 503-01-50 (110)

sh.tursunbaev@archive.uz

Qabul kunlari: Dushanba, Chorshanba, soat 11:00 dan 13:00 gacha

Mehnat faoliyati

1987-1988 yy - Yuqorichirchiq tuman maishiy xizmat uyida sartarosh
1988-1993 yy -Volgograd davlat pedagogika universiteti talabasi
1993-1994 yy - Yuqorichirchiq tuman 34-oʻrta maktab oʻqituvchisi
1994-1996 yy - Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Yuqorichirchiq tuman koʻmitasi birinchi kotibi
1996-1998 yy - Yuqorichirchiq tuman halq taʼlimi boʻlimi metodisti, kadrlar boʻlimi boshligi
1998-2000 yy - Toshkent viloyati hokimligi yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi
2000-2003 yy - Yuqorichirchiq tuman xokimining Ijtimoiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari
2003-2004 yy - Yuqorichirchiq tuman xalq taʼlimi boʻlimi mudiri
2005-yil - Oʻzbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi Toshkent viloyati filiali bosh mutaxassisi, Yuqorichirchiq tumani vakili
2005-2010 yy - Yuqorichirchiq tumani Qurilish iqtisod kasb-xunar kolleji direktori
2010-2015 yy - Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasining aʼzosi
2015-2017 yy - Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari
2017-2019 yy - Mexnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi raisining oʻrinbosari
2020-20.02.20 - Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi bosh mutaxassisi
20.03.20-xv - “Oʻzarxiv” agentligi direktorining maslahatchisi

Funksiya va vazifalari

Maslahatchining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: Agentlikning boshqa boʻlimlari va tarkibiy boʻlinmalari bilan hamkorlikda Respublikada Arxiv ishini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqishda ishtirok etish hamda arxiv sohasida tashkiliy-uslubiy va hujjatlar bilan ishlash, saqlovini taʼminlash ishlarini takomillashtirishda qatnashish; respublikada arxiv ishi va ish yuritishni uzoq muddatga istiqbolli rejalashtirishni tashkil etish, Respublika arxivlari faoliyatining joriy yilga rejalashtirilishini ishlab chiqish va takomillashtirishda ishtirok etish; maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash jarayoniga umumiy rahbarlikni amalga oshirishda koʻmaklashish, Agentlik tizimida davlat tilida ish yuritilishini toʻliq taʼminlash, agentlikning shu yoʻnalishda faoliyatini tashkil qilish hamda bu boradagi vazifalarning bajarilishini taʼminlash; arxiv ishi va ish yuritishda samaradorlikni oshirish, arxiv hujjatlari saqlovini taʼminlash, davlat hisobini olib borish va rivojlantirish tamoyillari va asosiy yoʻnalishlarini aniqlash; agentlik tizimida maʼnaviy-maʼrifiy soha, davlat tilini rivojlantirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshirish, ushbu sohada nazoratning samarali shakllarini joriy etish, rahbar kadrlarning davlat tilida rasmiy ish yuritish uslubini bilish darajasini nazorat qilish; respublika arxiv muassasalarida davlat tilida ish yuritilishini taʼminlash, uslubiy yordam koʻrsatish; respublika arxiv muassasalari xodimlarini davlat tili va nutq madaniyati yoʻnalishida malaka oshirishini taʼminlash; arxivlarda saqlanayotgan arxiv xujjatlarini, saqlanishga taqdim etilayotgan xujjatlarni davlat tilida rasmiylashtirish ishlarini nazorat qilish; vakolati doirasida arxivlarga, idoraviy arxivlar, shu jumladan sohaviy davlat fondlari va shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlari, idoraviy arxivlari, tashkilotlar hujjatlarini yuritishda, shuningdek, Respublika arxivlarining ilmiy-uslubiy ishlar sohasidagi faoliyatini tashkil etishda tashkiliy-uslubiy yordam koʻrsatish; Agentlikning Asosiy tadbirlar rejasi loyihasini tayyorlashda va tasdiqlangan rejaning bajarilishi ustidan tegishli nazorat olib borish; respublika davlat arxivlari hamda shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlari asosiy faoliyatini muvofiqlashtirish; respublika davlat arxivlarida hujjatlar saqlovini taʼminlash, davlat hisobini olib borish, arxivlarni texnik jihozlash ishlarini tashkil etish hamda OʻzR MAF hujjatlarini oʻzlarida doimiy saqlovchi vazirliklar, idoralar, muassasalar va tashkilotlarga hamda shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlariga davlat tili qonunchiligi asosida tashkiliy-uslubiy yordam koʻrsatish; arxiv ishi va ish yuritish boʻyicha Xorijiy davlatlar hamda Respublika ijobiy tajribalarini oʻrganish, umumlashtirish va amaliyotga joriy etishda ishtirok etish; oʻzbek tili, adabiyoti va folklorining tarixan shakllangan adabiy, lingvistik maktablari, anʼanaviy va zamonaviy metodlari, buyuk ajdodlarimizning oʻzbek va jahon tilshunosligi rivojiga qoʻshgan hissasi, ularning ilmiy merosi, ona tilimizning xalqaro miqyosdagi oʻrni, nufuzi, boshqa tillar bilan aloqasi, oʻzbek tili va adabiyotining rivojlanish istiqbollari bilan bogʻliq ilmiy muammolarni tadqiq etish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar jarayonida ishlab chiqilgan tavsiyalar va qoʻllanmalarning saqlanishini nazorat qilish; Agentlikda davlat tilida ish yuritishning tashkiliy metodik ishlarini boshqarish. Maslahatchi oʻziga yuklatilgan asosiy vazifalarni bajarishda quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: Agentlikning boshqa boʻlimlari va tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda arxiv sohasida davlat tilini rivojlantirishning, arxiv ishini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari boʻyicha, OʻzR MAF hujjatlari yuritilishini yanada takomillashtirishga doir tegishli takliflar ishlab chiqadi; Hujjatlarni davlat tilida qabul qilinishini, jamlash, hisobini olib borish va saqlashning qonun xujjatlariga muvofiq boʻlishini taʼminlashda takliflar ishlab chiqadi; respublika arxivlarida hujjatlar saqlovini taʼminlash, davlat hisobini va ilmiy-maʼlumot apparatini (IMA) yuritish boʻyicha asosiy yoʻnalishlarga doir takliflar ishlab chiqadi; davlat tilida ish yuritilishini doimiy nazorat qiladi, arxivlarning tashqi yozuvlari, reklama va peshlavhalari, turli eʼlonlarning davlat tili qonunchiligiga mosligini oʻrganadi; Agentlik Hayati yigʻilishlarila davlat tili qonunchiligiga rioya etilishi ustidan monitoring natijalari boʻyicha axborot berib boradi. qonun xujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflar tayyorlaydi. Respublika arxivlari tarmogʻi, tarkibiy tuzilmalarining takomillashtirilishiga oid takliflar ishlab chiqadi. ryespublika arxivlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizom loyihasi, Agentlik kengashlari va komissiyalari haqidagi nizomlar loyihalarini ishlab chiqishda davlat tili va adabiy til qoidalariga rioya etilishini tashkil etadi; Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxivlari toʻgʻrisidagi nizomlarni koʻrib chiqadi; barcha yoʻnalishdagi masalalar boʻyicha Agentlikning buyruqlari va boshqa koʻrsatmalari loyihalarini koʻrib chiqadi. Agentlikda tuzilayotgan komissiyalar, ekspert guruhlari, ishchi guruhlari ish faoliyatida ishtirok etadi. Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy va yuridik shaxslariga respublika arxivlari tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlarning oʻz muddatida va sifatli olib borilishini taʼminlashda ishtirok etadi. davlat va idora arxivlarida, muzey va kutubxonalarda saqlanayotgan arxiv yoʻnalishiga kirmaydigan hujjatlar taqdiriga oid takliflar tayyorlaydi; idoraviy arxivlar tarmogʻiga doir ishlarni tashkillashtiradi va uni yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi; Respublika tashkilotlari va arxivlari bilan birgalikda idoraviy arxivlar ishini takomillashtirish hamda tashkilotlarda ish yuritish hujjatlarini tuzishga oid tadbirlarni, shuningdek, idoraviy arxivlarda ish yuritish ahvolini oʻrganishni tashkillashtiradi; Davlat tilida ish yuritish yoʻnalishidagi ilmiy-uslubiy natijalarni, meʼyoriy-uslubiy ishlanmalarni koʻrib chiqadi va taqriz beradi, ularni tasdiqlash, nashr etish va joriy etishning maqsadga muvofiqligi (yoki muvofiq emasligi) haqida xulosalar byeradi; Agentlik tizimida oʻzbek tilining yozma nutq meʼyori va qoidalariga amal qilinishi borasidagi ishlarga shaxsan rahbarlik qiladi; Tizimda “Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun – 21-oktyabr sanasini yuqori saviyada nishonlanishini tashkil etadi; Arxiv ishi yoʻnalishi boʻyicha kadrlarni tayyorlashda taʼlim muassasalarida davlat tilini oʻrgatish va uni bilish darajasini baholash tizimini yanada takomillashtirish, davlat tilining ilm-fan tili sifatidagi nufuzini oshirish boʻyicha oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik qiladi; Agentlik tizimida davlat tili qoidalarining buzilishi bilan bogʻliq holatlarni muntazam va har tomonlama oʻrganish, ularni bartaraf etishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqadi; Agentlik faoliyatiga tegishli arxiv ishi va ish yuritishni tashkil etishga oid ichki meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqish va ularni takomillashtirish boʻyicha Agentlik direktoriga takliflar kiritadi va tegishli tartibda faoliyatga tadbiq etadi; Agentlik rahbariyati tomonidan mazkur yoʻnalishda boʻlimlar, tizimdagi muassasalar ish faoliyatiga oid hamda zimmasiga yuklatilgan topshiriq va vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etadi; Agentlik va uning hududiy boʻlimlarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning samaradorligini oshirishda koʻmaklashadi hamda Davlat tilida ish yuritilishini nazorat qiladi; Fuqarolar tomonidan kelib tushgan murojaatlarni qonun-talablarida belgilangan tartibda koʻrib chiqib, tegishli choralarni koʻradi; Agentlik faoliyatini takomillashtirish yuzasidan Agentlik rahbariga takliflar kiritadi.

Huquq va Majburiyatlari

Maslahatchi quyidagi huquqlarga ega: Agentlikning boshqa boʻlimlari va Respublika arxiv muassasalaridan oʻz faoliyatidagi vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan materiallarni oʻrnatilgan tartibda soʻrab olish; tashkilotlardan oʻrnatilgan tartibda idoraviy arxivlar va muassasalar ish yuritishida hujjatlarni tuzishga oid materiallarni olish; oʻz faoliyat yoʻnalishidagi masalalar boʻyicha respublika arxivlari hamda idoraviy arxivlar ish yuritishida hujjatlarni tuzish masalalariga doir tashkilotlar vakillarining axboroti, hisobotini eshitib turish; tashkilotlar arxivlari va ish yuritish xizmatlari faoliyatini borib oʻrganish, vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha hududiy boshqarmalar va Respublika arxivlariga koʻrsatmalar tayyorlash; oʻz xizmat vazifalarini bajarishlari uchun belgilangan tartibda davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, shuningdek, Respublika korxonalari, muacsasalari, tashkilotlari va birlashmalari arxivlari hamda ish yuritish xizmatlariga kirish; Agentlik xodimlaridan davlat tili, muomila madaniyati, muloqoti qoidalariga amal qilishni, davlat tilida ish yuritishni sifatli darajada bajarilishini talab qilish; Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, davlat va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish, majlislarda Agentlik nomidan ishtirok etish; Har uch yilda bir marta ish oʻrni va ish haqi saqlangan holda, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi va uning xududiy boʻlimlarida malaka oshirish; Agentlikda xodimlar uchun yaratilgan mehnat shart-sharoitlari va xodimlar uchun berilgan imtiyozlardan foydalanish. Maslahatchi quyidagilarga majbur: Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga qatʼiy ravishda rioya etish, Agentlikning ichki tartib-qoidalariga rioya etish, Agentlikning buyruqlarini bajarish; oʻz faoliyatini amalga oshirishda mazkur lavozim yoʻriqnomasiga va boshqa qonun hujjatlari talablariga qatʼiy rioya qilish; Agentlik ish reglamentiga amal qilish; arxiv ishida jamiyatga, davlatga va shaxsga putur yetkazishi mumkin boʻlgan ishlarni bajarmaslik; arxiv saqlovxonasidan olinadigan hujjatlarga ehtiyotkor munosabatda boʻlish; topshiriqlar ijrosini muddatida va sifatli bajarilishini taʼminlash; myehnat va ijrochilik intizomiga rioya etish. faoliyatiga aloqador holda mehnat va ijro intizomi, bajarilgan ishlar yuzasidan hisobotlar berish; oʻrnatilgan tartibda davlat tilida ish yuritish, oʻzbek tilini yanada rivojlantirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish, Vazirlar Mahkamasining davlat tilini rivojlantirish departamenti topshiriqlarini bajarish;