“Oʻzarxiv” agentligi hayʼatining 2025-yil 31-iyuldagi kengaytirilgan yigʻilishi
“Oʻzarxiv” agentligi hayʼatining 2025-yil 31-iyuldagi kengaytirilgan yigʻilishi
KUN TARTIBI:
I. “Oʻzarxiv” agentligi faoliyatining 2025-yil 1-yarim yillik yakunlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Hukumati tomonidan belgilangan vazifalarning bajarilishi toʻgʻrisida (U.Yusupov).
– Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish hamda professional va natijadorlikka yoʻnaltirilgan davlat xizmatchilari korpusini shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 19.06.2025-yildagi PF-95-son va “Davlat organlari
va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qoʻshimcha
chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 25.07.2025-yildagi PF-117-son Farmonlari muhokamasi;
– pullik tushumlar boʻyicha Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Surxondaryo, Toshkent viloyatlari;
– ichki audit tekshiruvlari boʻyicha Buxoro, Navoiy viloyatlari;
– hujjatlarni qabuli boʻyicha Andijon, Surxondaryo, Toshkent viloyatlari arxiv ishi hududiy boshqarmalari boshliqlarining axboroti.
II. “Oʻzarxiv” agentligining 2025-yil II yarim yilligiga moʻljallangan Asosiy ish rejasi loyihasi muhokamasi toʻgʻrisida (U.Yusupov).
III. “Oʻzarxiv” agentligi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan
2025-yil I yarim yillikda oʻtkazilgan arxiv ishi va ish yuritish holati ustidan oʻtkazilgan davlat nazorati tadbirlari toʻgʻrisida (Sh.Xojiboyev).
– maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomalar boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Navoiy, Sirdaryo, Surxondaryo, Fargʻona, Xorazm viloyatlari arxiv ishi hududiy boshqarmalari boshliqlarining axboroti.
IV. “Oʻzarxiv” agentligi tizimida ijro intizomi, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari hamda soʻrovlar ijrosi holati toʻgʻrisida (Sh.Sadikov, L.Mirzayev, D.Yusupov).
V. Davlat arxivlari tomonidan “Davlat arxivlarida raqamlashtirilayotgan hujjatlarni yagona saqlovini taʼminlash hamda ulardan foydalanish” axborot tizimiga maʼlumotlarni kiritish holati toʻgʻrisida (Sh.Yaminov, A.Ziyatdinov).
VI. Turli masalalar.