“Oʻzarxiv” agentligining Oʻzbekiston Respublikasida arxiv ishini rivojlantirishning 2022 yilga moʻljallangan asosiy koʻrsatkichlari hisobotining kutilayotgan natijasi boʻyicha MAʼLUMOTI

Oʻzbekiston Respublikasida arxiv ishini rivojlantirishning 2022-yilga moʻljallangan rejasi 21 ta koʻrsatkichlar boʻyicha bajarilib, shundan 19 ta koʻrsatkich boʻyicha oshirib bajarildi.

Xususan, qogʻoz asosidagi hujjatlarning jismoniy saqlovini taʼminlash boʻyicha taʼmirlash 261 868 varaq (2021-yilda 243 922 varaq, oʻsish surʼati 107%), muqovalash va tikish 90 460 s.b. (2021-yilda 89 848 s.b., oʻsish surʼati 101%)ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining (OʻzR MAF) alohida qimmatli hujjatlarni aniqlash boʻyicha 16 602 s.b. qogʻoz asosidagi (9 922 s.b., 167%), 42 181 hujjat (29 625 hujjat, 142%), 154 s.b. kino (104 s.b., 148%), 2 200 h.b. surat (2 045 h.b., 108%) hujjatlarni aniqlash ishlari amalga oshirildi.

OʻzR MAF hujjatlarining elektron nusxasini yaratish ishlari boʻyicha hisobot davrida davlat arxivlarida 189 810 s.b. qogʻoz asosidagi (192 273 s.b., 99%), 15 999 368 kadr (13 627 244 kadr, 117%), 348 s.b. kino (275 h.b., 127%), 22 628 h.b. surat (22 755 h.b., 99%), 456 s.b. ovozli (309 h.b., 148%) hujjatlarning elektron nusxalari yaratildi.

Roʻyxatlarning elektron nusxalarini yaratish boʻyicha davlat arxivlari tomonidan boshqaruv 18 813 roʻyxat (19 553 roʻyxat, 96%), shaxsiy kelib chiqish 159 roʻyxat (489 roʻyxat, 33%), shaxsiy tarkib 1 529 roʻyxat (1 559 roʻyxat, 98%), saqlash muddati vaqtincha boʻlgan 46 roʻyxat (88 roʻyxat, 52%), kino 11 roʻyxat (7 roʻyxat, 157%) surat 11 roʻyxat (12 roʻyxat, 92%) hujjatlarining elektron nusxalari yaratildi.

MAF hujjatlarini Davlat hisobini yuritish boʻyicha Ilmiy maʼlumotlar apparatini tashkil etish hamda rivojlantirishda qabul qilingan fondlar va hujjatlar hisobi yuzasidan davlat arxivlariga boshqaruv 992 ta fond (1 223 ta fond, 81%), 195 214 s.b. (212 249 s.b., 92%), shaxsiy kelib chiqish 31 ta fond  (43 ta fond, 72%), 424 s.b. (635 s.b., 67%), shaxsiy tarkib 545 ta fond (1 022 ta fond, 53%), 37 655 s.b. (45 639 s.b., 83%), ilmiy-texnik 18 ta fond (2 ta fond, 900%), 1 828 s.b. (180 s.b., 1016%), saqlash muddati vaqtincha boʻlgan 102 367 s.b. (50 734 s.b., 202%), kino 177 s.b. (283 h.b., 63%), surat 5 175 h.b. (5 469 h.b., 95%), ovozli 500 s.b. (625 h.b., 80%) hujjatlar qabul qilindi.

Shuningdek, shaxsiy tarkib davlat arxivlariga boshqaruv 399 ta tashkilot (413 ta tashkilot, 97%), 8 083 s.b. (9 030 s.b., 90%), shaxsiy tarkib 2 836 ta tashkilot (3 235 ta tashkilot, 88%), 91 664 s.b. (116 610 s.b., 79%), saqlash muddati vaqtincha boʻlgan 661 ta tashkilot (610 ta tashkilot, 108%), 39 997 s.b. (18 513 s.b., 216%) hujjatlar qabul qilindi.

Davlat arxivlari tomonidan boshqaruv 642 999 s.b. (761 393 s.b., 84%), shaxsiy tarkib 12 761 s.b. (10 959 s.b., 116%), shaxsiy kelib chiqish 4 422 s.b. (1 769 s.b., 250%), ilmiy-texnik hujjatlar 1 050 s.b. (9 400 s.b., 11%), surat 1 494 h.b. (895 s.b., 167%), shuningdek, shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlari tomonidan shaxsiy tarkib 275 435 s.b. (255 161 s.b., 108%) hujjatlarining mavjudligi va holati boʻyicha tekshirish oʻtkazildi.

Hujjatlarni xatlovini takomillashtirish boʻyicha boshqaruv hujjatlari 70 428 roʻyxat (71 422 roʻyxat, 99%)ni tashkil etdi.

Tashkilot va korxonalarning hujjatlarini shartnoma asosida tartibga keltirishda davlat arxivlari tomonidan 233 659 s.b. boshqaruv (196 687 s.b., 119%), 930 s.b. ilmiy-texnik (3 105 s.b., 30%), 53 839 s.b. shaxsiy tarkib (60 463 s.b., 89%), 119 926 s.b. saqlash muddati vaqtincha boʻlgan (107 006 s.b., 112%) hujjatlar, shuningdek, shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlari tomonidan 11 267 s.b. boshqaruv (11 920 s.b., 95%), 101 503 s.b. shaxsiy tarkib (69 793 s.b., 145%), 122 843 s.b. saqlash muddati vaqtincha boʻlgan (27 235 s.b., 451%) hujjatlar tartibga keltirildi.

Davlat arxivlarida saqlanayotgan hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini oʻtkazish boʻyicha 104 646 s.b. boshqaruv (107 793 s.b., 97%), 330 s.b. shaxsiy kelib chiqish, 1 048 s.b. shaxsiy tarkib (3 598 s.b., 29%), 53 s.b. ilmiy-texnik (395 s.b., 13%) hujjatlar ekspertizasi oʻtkazildi.

Davlat arxivlari tomonidan tashkilotlar hamda korxonalarda arxiv ishi va ish yuritish boʻyicha uslubiy hamda amaliy yordam koʻrsatish (oʻrganish oʻtkazish) boʻyicha 2022-yil davomida tashkilot va korxonalarda 947 ta yalpi oʻrganish (781, 121%), 528 ta mavzuli oʻrganish (415, 127%) ishlari olib borildi.

Davlat arxiv oʻquvxonalarida tadqiqotchilar ishini tashkil etish boʻyicha 5794 nafar Oʻzbekiston fuqarolari (4817 nafar, 120%), 39 nafar Chet el fuqarolari (5 nafar, 780%) tadqiqotchilik ishlarini olib bordilar, shuningdek 55 169 s.b. (45 132 s.b., 122%) hujjatlar tadqiqotchilarga foydalanish uchun taqdim etildi.

Arxivlar tomonidan tashkilot va korxonalar uchun sohaga oid ichki normativ hujjatlarni ishlab chiqish boʻyicha jami 1 659 ta (1 540 ta, 108%) idoraviy hujjatlar, yaʼni shundan 616 ta (603 ta, 102%) yigʻmajildlar nomenklaturasi, 242 ta (309 ta, 78%) ish yuritish yoʻriqnomasi, 409 ta (355 ta, 115%) MEK va EK nizomlari, 392 ta (273 ta, 144%) idoraviy arxiv nizomlari ishlab chiqildi.

Agentlik tomonidan koʻrsatilgan xizmatlarning umumiy hajmi 41 mlrd. 249 mln. 449 ming soʻm (2021-yilda 34 mlrd. 179 mln. 240 ming soʻm, oʻsish surʼati 121%)ni, yaʼni shundan respublika davlat arxivlarida 25 mlrd. 394 mln. 120 ming soʻm (21 mlrd. 454 mln. 549 ming soʻm, 118%), jumladan: mavzuli soʻrovlardan 7 976 mln. soʻm (5 315 mln. soʻm, 150%), hujjatlarni tartibga keltirishdan 10 483 mln. soʻm (11 067 mln. soʻm, 95%), arxiv sohasiga oid ichki normativ hujjatlarni tayyorlashdan 446 mln. soʻm (192 mln. soʻm, 232%), hujjatlarni depozitar saqlashdan 3 066 mln. soʻm (2 031 mln. soʻm, 151%), yaroqsiz holatga kelgan yoki yoʻqotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlashdan 54 mln. soʻm, boshqa pullik xizmatlardan 3 369 mln. soʻm (2 847 mln. soʻm, 118%), shuningdek shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlarida esa 15 mlrd. 855 mln. 329 ming soʻmni (12 mlrd. 724 mln. 691 ming soʻm, 125%), jumladan: mavzuli soʻrovlardan 475 mln. soʻm (692 mln. soʻm, 69%), hujjatlarni tartibga keltirishdan 4 mlrd. 150 mln. soʻm (5 mlrd. 632 mln. soʻm, 74%), arxiv sohasiga oid ichki normativ hujjatlarni tayyorlashdan 47 mln. soʻm (10 mln. soʻm, 470%), hujjatlarni depozitar saqlashdan 8 mlrd. 079 mln. soʻm (4 mlrd. 596 mln. soʻm, 176%), yaroqsiz holatga kelgan yoki yoʻqotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlashdan 679 mln. soʻm, boshqa pullik xizmatlardan 2 423 mln. soʻm (1 805 mln. soʻm, 134%) tashkil etdi.

“Oʻzarxiv” agentligi va hududiy boshqarmalar tomonidan tashkilotlar hamda korxonalarda arxiv ishi va ish yuritish holati ustidan davlat nazoratini amalga oshirish boʻyicha 2022-yil davomida 290 ta tashkilot va korxonalarda nazorat tekshiruvlari oʻtkazilib, qoʻllanilgan chora sifatida tashkilot va korxonalarga 218 ta taqdimnomalar kiritilgan, 11 ta maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan, shuningdek huquqni muhofaza qiluvchi organlarga 4 ta material yuborilgan.

“Oʻzarxiv” agentligida (METK), arxiv ishi hududiy boshqarmalarida (ETK), Oʻzbekiston milliy arxivlarida (ETUK)da tashkilotlar hujjatlari roʻyxatlarini tasdiqlash (kelishish) boʻyicha jami 3 973 roʻyxat (6 416 roʻyxat, 62%)ni tashkil etib, shundan 1 438 roʻyxat boshqaruv (1 290 roʻyxat, 111%), 36 roʻyxat shaxsiy kelib chiqish (207 roʻyxat, 17%), 1 626 roʻyxat shaxsiy tarkib (4 757 roʻyxat, 34%), 11 roʻyxat ilmiy-texnik (15 roʻyxat, 73%), 32 roʻyxat alohida qimmatli va noyob hujjatlar yigʻmajildlari, 226 roʻyxat saqlash muddati vaqtincha boʻlgan (109 roʻyxat, 207%), 565 dalolatnoma hujjatlarni yoʻq qilishga ajratish toʻgʻrisida (167 dalolatnoma, 338%), 40 roʻyxat surat (38 roʻyxat, 105%) hujjatlar tasdiqlandi (kelishildi).

Shuningdek, sohaga oid ichki normativ hujjatlarni ETKda kelishish (tasdiqlash) boʻyicha jami 2 215 hujjat (1 194 hujjat, 186%)ni tashkil etib, shundan 885 hujjat (444 hujjat, 199%) yigʻmajildlar nomenklaturasi, 304 hujjat (198 hujjat, 154%) ish yuritish yoʻriqnomasi, 541 hujjat (308 hujjat, 176%) MEK va EK nizomlari, 485 hujjat (244 hujjat, 199%) idoraviy arxiv nizomi kabi hujjatlar kelishildi (tasdiqlandi).

2022-yil davomida Agentlik huzuridagi Arxiv ishi va ish yuritish boʻyicha malaka oshirish ilmiy-metodik markazida jami 945 nafar (Reja boʻyicha 1 000 nafar, oʻsish yoʻq 94%) tinglovchi malaka oshirib, undan 396 nafar tinglovchi Agentlik tizimidagi xodimlar, 549 nafar tinglovchi respublika idora va tashkilotlardagi masʼul xodimlar oʻqitildi.

Markazning pullik xizmatdan tushgan daromadi 859 mln. soʻmni tashkil etdi.

Malaka oshirgan rahbar va xodimlar boʻyicha jami 945 nafar, shundan rahbar xodimlar 196 nafar, xodimlar 749 nafar;

Oʻquv kursi shakli boʻyicha jami 945 nafar, shundan Markazda (oflayn) 370 nafar, masofaviy (onlayn) 575 nafar;

Oʻquv kursi mavzusi boʻyicha jami 945 nafar, shundan Arxiv ishi boʻyicha 177 nafar, Ish yuritish va ijro nazorati boʻyicha 240 nafar, Boshqa kurslar boʻyicha 528 nafar tinglovchilar oʻz malakalarini oshirdilar. Shu bilan birga, Agentlik chora-tadbirlariga asosan bepul malaka oshirganlar 120 nafarni tashkil etdi.

“Oʻzarxiv” agentligi rahbariyati tomonidan 2022-yil davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlardagi tuman, shaharlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvaliga asosan 25 ta (2021-yilda 25 ta 100%) sayyor va shaxsiy qabullar oʻtkazilib, ularda 157 nafar (2021-yil 168 ta 93%) fuqarolar murojaatlari koʻrib chiqildi.

Agentlikka joriy yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 1 005 ta (2021-yilda 850 ta, 118%) jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi orqali 641 ta, Sayyor va shaxsiy qabullardan 157 ta, Agentlikka toʻgʻridan toʻgʻri yozma 186 ta, Masʼul xodimlar qabuli 9 ta, idoraviy aloqa markazidan (ishonch telefoni) 9 ta, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining “Xotin-qizlar muammolari boʻyicha 1211 ishonch telefoni” (Call-center)dan 3 ta murojaatlar kelib tushdi.

Respublika davlat arxivlariga jami jismoniy va yuridik shaxslardan 2 185 ta (2021-yilda 4 157 ta, 52%) murojaatlar kelib tushdi hamda oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqildi, shundan 1 069 ta murojaat qanoatlantirildi, 918 tasiga tushuntirish berildi, 191 tasi tegishliligi boʻyicha boshqa tashkilotga yuborildi va hozirda 7 ta murojaat ijrosi bajarilish jarayonida.

2022-yilning davomida Respublika arxivlariga 83 332 ta mavzuli (2021-yilda 143 338 ta, 58%), 455 494 ta ijtimoiy-huquqiy mazmundagi (2021-yilda 635 266 ta, 72%) soʻrovlar (shundan davlat arxivlariga 226 724 ta, shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlariga 228 770 ta) kelib tushgan. Davlat xizmatlari markazlari (DXM) va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali 335 135 ta, Pochta va elektron pochta orqali 47 113 ta ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovlar kelib tushgan boʻlsa, 73 246 nafar fuqaro bevosita arxivga murojaat etgan.

Arxiv hujjatlari asosida 346 267 ta (2021-yil 461 411 ta 75%) soʻrovlar ijrosi bajarilib, ulardan 312 628 tasi ijobiy, 33 639 tasi boʻyicha esa tegishli koʻrsatma va tushuntirishlar berilgan. Tashkilot hujjatlari arxiv saqloviga kelib tushmagan va taaluqligi boʻyicha tegishli tashkilotlarga yuborilgan soʻrovlar soni 98 453 tani tashkil etadi.

2022-yil davomida DXM va YAIDXP orqali jami 367 065 ta xizmatlar koʻrsatilgan, jumladan, ish haqi va ish stajini tasdiqlash haqida arxiv maʼlumotnomasini berish – 238 932 ta, oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasasida oʻqiganlikni tasdiqlash haqidagi arxiv maʼlumotnomasini berish – 32 419 ta, yaroqsiz holatga kelgan yoki yoʻqotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlash – 44 994 ta, mavzuli soʻrovlarni ijro etish – 41 062 ta, mavzuli soʻrovlarni ijro etish tezlashtirilgani – 9 070 ta, davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlaridan foydalanishga ruxsatnoma berish boʻyicha – 588 ta  soʻrovlar kelib tushgan.

Agentlik tizimidagi arxiv muassasalarida bugunga qadar, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqishda kamchilik hamda huquqbuzarlikka yoʻl qoʻyganliklari uchun 2 nafar rahbar va masʼul xodimlarga jiddiy ogohlantirish berilib, 32 nafar rahbar (12 nafari) va masʼul xodimlar (19 nafari) intizomiy javobgarlikka tortilgan.

“Oʻzarxiv” agentligining 2022-yilga moʻljallangan Asosiy ish rejasida Agentlik tizimida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish hamda davlat tili qonunchiligi ijrosini taʼminlashga qaratilgan 7 ta yoʻnalishda ustuvor vazifalar belgilandi.

“Oʻzarxiv” agentligida davlat tilini rivojlantirish yuzasidan 23 banddan iborat yillik reja, mazkur yillik reja ijrosini taʼminlash boʻyicha 5 ta chora-tadbirlar hamda 6 ta nazorat rejasi ishlab chiqildi.

Tizimda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish hamda davlat tili qonunchiligini toʻliq qoʻllash boʻyicha 2022-yil 28-yanvarda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi bilan hamkorlikda “Yoʻl xaritasi” imzolandi va unda 7 ta yoʻnalishda 55 ta band belgilab olindi.

Joriy yilda jami Agentlik tomonidan maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalishda 8 ta konferensiya, 21 ta seminar, 16 ta davra suhbatlari tashkil etildi.

Yil davomida 2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi mazmun-mohiyati yuzasidan 20 ta buklet, 43 ta flayerlar tayyorlanib, ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilindi. Kutubxona va oʻquv zallariga hamda davlat arxivlari kirish qismiga targʻibot materiallari joylashtirildi.

Yangi Oʻzbekistonning 2022-2026-yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasi va uni 2022-yil “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili” davlat dasturida belgilangan 3 ta vazifalarning ijrosi taʼminlandi,
12-marta targʻibot olib borildi.

2022-yil yanvar oyida “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili” davlat dasturi mazmun-mohiyatidan kelib chiqadigan “Ulugʻlar ulugʻlaydi vatanni” mavzusida har bir hududiy boshqarmalarda olimlar, shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari, konferensiyalar tashkil etilib, keng muhokama etildi.

2022-yil fevral oyida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan 7 ta tadbir oʻtkazildi. Jumladan, “Insonlarning yaxshisi insonlarga yaxshilik ulashganidir” shiori ostida Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludlari munosabati bilan  Agentlik tizimidagi Oʻzbekiston milliy arxivlarida (3 ta) hamda hududiy (14 ta) viloyat davlat arxivlarida asosiy tadbirlar tashkil etildi.

Davlat tilining zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalaridagi oʻrnini kuchaytirish, zamonaviy dasturiy ishlanmalarni yaratishdagi mavqeini oshirishga oid veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanallarning ish yuritish tartibi qatʼiy davlat tilida boʻlishi taʼminlandi. Unga koʻra maqola va sahifalar avval davlat tilida, lotin alifbosida, zarurat tugʻilganda boshqa tillarga tarjima qilinishi belgilandi. Shuningdek, 75 ta davlat arxivlari, 34 ta shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlari peshtoqlari, ichki va tashqi yozuvlari, eʼlonlar, reklama va chaqiriqlar davlat tilida boʻlishi, shuningdek, joriy yilning 1-avgustidan boshlab eʼlonlar va reklama hujjatlari lotin yozuvida aks ettirildi.

Hududiy viloyat davlat arxivlarida davlat tilida ish yuritishda oʻzbek tilining punktuatsiya va orfografiyasiga eʼtiborni kuchaytirish borasida joriy yilda 4 ta oʻqish va seminar, davlat arxivlari rahbarlarining 2 oylik oʻquv seminarlari tashkil etildi.

Davlat tili qonunchiligiga rioya qilinishining monitoringi olib borilib, Agentlik tomonidan belgilangan savolnoma hududiy boshqarmalarga tavsiya sifatida yuborildi hamda davlat arxivlarining ish yuritish holati nazoratga olindi. Shuningdek, mart-iyun oylarida Agentlikning 2022-yil ikkinchi yarim yillikka moʻljallangan Asosiy ish rejasiga muvofiq Fargʻona, Toshkent, Namangan viloyatlari, Toshkent shahri hamda Oʻzbekiston Ilmiy texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivida davlat tili qonunchiligi hamda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligi tizimli oʻrganilib, Agentlik Hayʼati yigʻilishida muhokama etildi.

Joriy yil 9-fevral kuni Agentlikning katta majlislar zalida ikki buyuk siymoga bagʻishlangan “Maʼnaviyat soati” tashkil etildi. Unda Oʻzbekiston milliy arxivlarining 30 nafar va hududlardan 100 nafardan ortiq xodimlar onlayn ishtirok etishdi.

Joriy yilning 28-fevralida “Oʻzarxiv” agentligining Hayʼati yigʻilishida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi PQ-5040-son “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi yuzasidan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi bilan hamkorlikda tasdiqlangan “Oʻzarxiv” agentligida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning yangi tizimini yaratish boʻyicha 2021-yil uchun “Yoʻl xaritasi”da belgilangan vazifalarning ijrosi tanqidiy muhokama etildi. Shuningdek, 2022-yilga  Mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy hayotining barcha sohalarida davlat tili va boy maʼnaviy merosimiz imkoniyatlaridan toʻliq va toʻgʻri foydalanishga erishish maqsadida Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamkorligida 2022-yil “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqilib, undagi vazifalar ijrosi yuzasidan har chorakda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markaziga maʼlumot taqdim etib borildi.

2022-yil mart oyida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish davlat tili qonunchiligini sohaga singdirish, soha xodimlarini davlat tili qonunchiligi boʻyicha malaka oshirish borasida 8 ta tadbir oʻtkazildi. 8-mart – xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Balli qizlar” anʼanaviy tanlovining hududiy bosqichlari fevral oyida tashkil etilgan boʻlsa, mart oyining boshida Fargʻona viloyatida ushbu tanlovning respublika bosqichi oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi bilan hamkorlikda 4-14-mart kunlari “Oʻzbek ayoli – oʻtmish, nafosat va kelajak ramzi” mavzusida Toshkent fotosuratlar uyida arxiv hujjatlaridan iborat fotokoʻrgazma tashkil etildi. Unda 10 kun davomida 1,5 mingdan ortiq fuqarolar ushbu koʻrgazma bilan tanishdilar.

2022-yil - “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili” davlat dasturi mazmun-mohiyatidan kelib chiqadigan “Ulugʻlar ulugʻlaydi vatanni” mavzusida mart-aprel oylarida Andijon, Namangan, Surxondaryo viloyat davlat arxivlarida, Toshkent shahar Markaziy davlat arxivida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlangan “Assalom Navroʻz – yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi!” nomli bosh gʻoya asosida Agentlik tizimida Navroʻz ayyomlari keng nishonlandi.

Davlat tilini rivojlantirishga qaratilgan 5 ta buyruq, 15 ta chora-tadbirlar, 4 ta konferensiya, 5 ta seminar hamda hududlarda 74 ta tadbir tashkil etildi. Shuningdek, 9 ta maqolada arxivchilar tomonidan Qonunning mazmun-mohiyati Agentlikning archive.uz saytida yoritildi.

Oktyabr oyida “Qadring baland boʻlsin, ona tilim” shiori ostida Agentlik tizimidagi muassasalarda shu mavzuda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi. Agentlik tomonidan “Oʻzbek tili bayrami kuni” munosabati bilan oʻtkazilgan tadbirda 7 nafar arxiv xodimlari Agentlikning idoraviy mukofotlari bilan taqdirlandi.  Bayram sanasi munosabati bilan 9 ta videorolik ishlab chiqilib, ijtimoiy tarmoqlarda namoyish etildi. Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan 2022-yil 5-mayda tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturi asosida Jadid namoyandalarining boy maʼnaviy merosini ilmiy oʻrganishga qaratilgan 7 ta turkum tadbirlar tashkil etilib, har oyda mazkur masala yuzasidan Adliya vazirligiga axborot berib borildi.

 Davlat tiliga doir qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish, targʻib qilish borasida Agentlikning 2022-yil 8-yanvardagi Hayʼat yigʻilishi oʻtkazilib, davlat tili qonunchiligiga rioya etilishi monitoringi keng muhokama etildi. Hayʼatning 2-son bayoni qarori bilan tegishli choralar koʻrildi. Mazkur bayonnoma qarori bilan davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish reja-topshiriqlar ishlab chiqildi. Unga koʻra, 2022 yilda 44 nafar arxivchi xodimlar davlat tilida ish yuritish asoslari boʻyicha malaka oshirdilar.

Agentlik tizimida Davlat tili siyosati Konsepsiyasida belgilanganidek “Tilga eʼtibor”, “Ona tilida soʻzlashamiz”, “Notiqlik mahorati”, “Til – millat koʻzgusi”, “Kitob bilim manbai”, “Bilimli yoshlar – kelajak bunyodkori” kabi turkum yoʻnalishlarda maqolalar, tanlov va tadbirlar tashkil etildi.

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Oʻzbek xalqining ikkinchi jahon urushida koʻrsatgan buyuk jasorati” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar Agentlik tizimidagi barcha tashkilotlarda oʻtkazildi. Oʻzbekiston Gʻalaba bogʻida oʻn kun davomida urush yillariga bagʻishlangan fotokoʻrgazmalar tashkil etildi. Shuningdek, may oyida Yaxudiylar milliy madaniy markazi bilan hamkorlikda Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyida “Oʻzbekistondagi yaxudiylar tarixi”ga bagʻishlangan fotokoʻrgazma haftaligi tashkil etildi.

Hududlarda “Mustaqillik arxivlari: oʻchmas tarix, milliy gʻurur, yangi imkoniyatlar” ostida 9-iyun – Xalqaro arxivlar kunini keng nishonlash, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi.

“Yangi Oʻzbekiston arxivlari” tanlovi Agentlik tizimidagi oʻz bilimi, salohiyati, tashabbuskorligi, innovatsion gʻoyalari bilan soha taraqqiyotiga hissa qoʻshayotgan iqtidorli yoshlar Respublika forumi iyun oyida Navoiy viloyatida oʻtkazildi.

9-iyun - Xalqaro arxivlar kuni va 15-iyun - “Arxiv ishi toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilinganligi munosabati bilan “Oʻzarxiv” agentligi tizimidagi Respublika arxivlari yoshlari oʻrtasida Yosh arxivchilar forumi-2022 tadbirlari tashkil etildi. Unda 130 nafar yosh arxivchilar oʻrtasida 2 ta tanlov, 3 ta seminar, 2 ta uchrashuvlar, 4 ta madaniy meros obyektlariga sayohatlar tashkil etildi.

“Oʻzarxiv” agentligining 2022-yil 23-fevraldagi “Oʻzarxiv” agentligi tizimidagi tashkilotlar xodimlari oʻrtasida sport musobaqalarini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 44-son buyrugʻiga muvofiq Agentlik sport oʻyinlari sport musobaqalarining hududiy bosqichlarida sportning 5 ta turi boʻyicha 320 nafar xodimlar ishtirok etishdi.

May oyida Agentlik shohsupasi shaxmat musobaqalarining hududiy bosqichlari tashkil etildi. Unda har bir viloyat, shahar tuman davlat arxivlaridagi jami 120 nafar xodimlari shaxmat boʻyicha kuch sinashdi. Avgust oyida ushbu turnirning Respublika bosqichi oʻtkazildi hamda unda hududlardan 18 nafar shaxmatchi qatnashib, 1-oʻrinni Sirdaryo viloyati Guliston tumani davlat arxivi xodimi egalladi.

Shuningdek, Agentlik direktori buyrugʻiga asosan tizimda yangidan “Agentlik direktori kubogi” mini-futbol chempionati tashkil etildi. Chempionat bir nechta bosqichlardan iborat boʻlib, saralash bosqichi aprel-may oylarida hududlarda, iyul-avgust oylarida viloyat bosqichi, avgust oyida final bosqichi Toshkent viloyatida boʻlib oʻtdi. Yarim final va final oʻyinlarida 6 ta jamoa qatnashib, Jizzax viloyati Arxiv ishi hududiy boshqarmasi jamoasi birinchi oʻrinni egalladi va 2022-yil chempioni titulini qoʻlga kiritdi.

Hududlarda sportning badminton turini rivojlantirish va arxivda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarni jalb qilish maqsadida 5 ta hududda badminton sport turi buyicha davlat arxivlari xodimlari oʻrtasida musobaqalar tashkil etildi. Shu bilan birga, tizimda keksa avlod vakillarini qoʻllab-quvvatlash, oila va xotin-qizlar masalalarida ayollarni qoʻllab-quvvatlash yoʻnalishida 20 dan ziyod tashkiliy-amaliy tadbirlar oʻtkazildi.

Arxiv ishi sohasida xalqaro hamkorligi yuzasidan “Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi va Amerika Qoʻshma Shtatlari Xolokost yodgorlik muzeyi oʻrtasidagi hamkorlik toʻgʻrisidagi Shartnoma” asosida AQSH Xolokost muzeyi bilan hamkorlik ishlari, jumladan, 2021-yil 14-yanvarda ikki tomonlama imzolangan Texnik bitim doirasida va Agentlikning 2021-yil 9-fevraldagi 39-son buyrugʻiga asosan hozirda 2022-yil (2-bosqich) uchun Ikkinchi jahon urushi davrida Oʻzbekiston Respublikasi hududiga evakuatsiya qilinganlar taqdiriga aloqador maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan foydalanish uchun ochiq arxiv hujjatlarini (tanlangan arxiv materiallari) kataloglashtirish va mavzuli sharhlarni tuzish, Ikkinchi jahon urushi davrida Oʻzbekiston Respublikasi hududiga evakuatsiya qilingan aholi taqdiri bilan bogʻliq davlat arxivlarida saqlanayotgan ochiq boʻlgan tanlangan arxiv materiallarining raqamli reproduksiyasini yaratish (koʻpaytiriladigan materiallar) kabi ishlar amalga oshirilmoqda.

“Oʻzbekiston-Isroil” doʻstlik jamiyati tashkilotchiligida 2022-yil 20-yanvarda onlayn formatda “Strategiya razvitiya novogo Uzbekistana na 2022-2026 godы: Novыe grani mejdunarodnogo sotrudnichestva v obrazovaniya, nauki i kulturы dlya duxovnogo prosvetaniya novogo pokoleniya” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-60-son Farmoni ijrosini taʼminlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Adliya vazirligiga har oylik hisobot shaklida taqdim etib borilmoqda.

Koreya Respublikasi Ichki ishlar va xavfsizlik vaziri oʻrinbosari Ko Gyu Chang boshchiligidagi delegatsiyaning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifi Dasturiga muvofiq 15-16-fevral kunlari “Oʻzarxiv” agentligi direktori U.Yusupov hamda janob Ko Gyu Chang boshchiligida Koreya Respublikasi Ichki ishlar va xavsizlik vazirligi departament direktori Yom Xyun Suk xonim va Koreya Milliy arxivi direktori katta oʻrinbosari Li Gem Ma xonim oʻrtasida uchrashuv oʻtkazildi. Mazkur uchrashuvda tomonlar Koreya Milliy arxivi bilan arxiv ishi sohasida 2016-yil 17-avgustda imzolangan hamkorlik memorandumi qoidalari asosida oʻrnatilgan doʻstona munosabatlar, jumladan, shu kunga qadar hamkorlikda amalga oshirilib kelinayotgan loyihalar va qoʻshma tadbirlar hamda boʻlgʻusida amalga oshirilishi lozim deb topilgan loyihalar toʻgʻrisida oʻzaro fikr almashdilar. Shuningdek, 16-fevral kuni Toshkent shahridagi Inxa universitetida “Arxiv tizimini raqamlashtirish bosqichlari” mavzusida seminar oʻtkazildi.

2022-yil 24-fevralda Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi hamda “Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonasi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik Memorandumi imzolandi.

2022-yil 4-14-mart kunlari Toshkent Fotosuratlar uyida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bagʻishlangan “Ulugʻ xalq qudrati joʻsh urgan zamon” shiori ostida “Oʻzbek ayoli – oʻtmish, nafosat, kelajak ramzi” mavzusida Oʻzbekiston milliy arxivlari hamda davlat arxivlarida saqlanayotgan foto arxiv hujjatlaridan iborat fotokoʻrgazma oʻtkazildi.

2022-yil 26-30-mart kunlari “Oʻzarxiv” agentligi, Oʻzbekiston tarixi Davlat muzeyi va Respublika yahudiylar milliy madaniy markazi tomonidan “Oʻzbekistonda yahudiylar hayoti: tarixiy davrlar kesimida” mavzusida Muzey fondida saqlanayotgan Isroil Davlati bilan oʻrnatilgan diplomatik aloqalar, Oʻzbekistonda yahudiy xalqi hayoti, tarixi va madaniyati hamda Oʻzbekiston-Isroil munosabatlariga oid foto arxiv materiallari asosida koʻrgazma oʻtkazildi.

SmartManagement ITC kompaniyasi tashkilotchiligida 2022-yil 31-martda onlayn vebinar formatida “Mejdunarodnыy standart ISO 9001 instrument razvitiya gosudarstva i obщestva” mavzusidagi Xalqaro vebinarda ishtirok etildi.

2022-yilning 5-6-aprel kunlari “Oʻzarxiv” agentligi direktori boshchiligidagi delegatsiyaning Isroil Davlatiga xizmat safari doirasida Al-Aqso masjidi kutubxonasi saqlovidagi Imom al-Buxoriy va Iso at-Termiziyning nodir qoʻlyozmalari oʻrganildi, shuningdek kelishuvga koʻra ushbu kutubxona saqlovidagi mavjud qoʻlyozmalar (kitoblar)ning elektron nusxalari iyul oyida “Oʻzarxiv” agentligiga taqdim etildi. Jami 53 ta qoʻlyozmalar elektron nusxalari Oʻzbekiston Milliy arxivi davlat saqloviga oʻrnatilgan tartibda qabul qilib olindi.

Isroil Davlatida 2022-yil 6-aprelda “Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi va Yad Vashem, Xolokost qurbonlari va qahramonlarini xotirlash boshqarmasi oʻrtasida arxiv ishi sohasida hamkorlik toʻgʻrisida memorandum” imzolandi.

Oʻzbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining xalq diplomatiyasi markazi tashkilotchiligida 2022-yil 12-aprelda Toshkentdagi Wyndham mehmonxonasida “Sivilizatsiyalararo muloqot - xalq diplomatiyasi rivojining muhim omili” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy seminarda ishtirok etildi.

Rossiya davlat ijtimoiy-siyosiy tarix arxivi tashkilotchiligida 2022-yil 14-15-aprel kunlari onlayn formatda “KLIO-2022: Novыe Gosudarstva v XX veke. K 100-letiyu obrazovaniya SSSR” mavzusidagi XII Xalqaro konferensiyada ishtirok etildi.

2022-yil 11-mayda Urganch shahrida “Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi va Urganch davlat universiteti oʻrtasida Anglashuv memorandumi” imzolandi.

Oʻzbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining xalq diplomatiyasi markazi tashkilotchiligida 2022-yil 11-mayda Toshkentdagi International mehmonxonasida “SHHT Xalq diplomatiyasi forumi” xalqaro forumda ishtirok etildi.

“Oʻzbekiston-Isroil” doʻstlik jamiyati tashkilotchiligida 2022-yil 17-mayda onlayn formatda “Ot Strategii deystviy – k Strategii razvitiya: sovershenstvovaniye obrazovaniya, nauki i kulturы vo imya duxovnogo prosvetaniya molodogo pokoleniya” III Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etildi.

A.Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy kutubxonasi tashkilotchiligida 2022-yil 25-27-may kunlari Andijon shahrida “Central Asia-2022: Fan, taʼlim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” XV Xalqaro konferensiyasida ishtirok etildi.

Xalqaro arxivlar kengashi tashkilotchiligida joriy yil 6-10-iyun kunlari onlayn formatda vebinarlar seriyasidan iborat #ArchivesAreYou shiori ostida oʻtkazilgan #IAW2022 – toʻrtinchi xalqaro arxivlar haftaligida ishtirok etildi.

Rossiya Federatsiyasining Perm davlat ijtimoiy-siyosiy tarix arxivining 2022-yil 10-11-iyun kunlari “Osnovannыe voleyu Petra”: ekonomika Rossii i gornozavodskaya sivilizatsiya Urala. K 350-letiyu so dnya rojdeniya Imperatora Petra Velikogo i k 300-letiyu osnovaniya Permi, Yekaterinburga i Nijnego Tagila” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyasida onlayn shaklda ishtirok etildi.

Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Arxivi tashkilotchiligida “V Yosh arxivchilar yozgi maktabi” malaka oshirish dasturiga muvofiq 2022-yil 14-18-iyun kunlari Qozogʻiston Respublikasi Olma-Ota shahrida oʻtkazilgan “Raqamli transformatsiya sharoitida milliy arxiv qonunchiligi” mavzusidagi oʻquv seminarda “Oʻzarxiv” agentligi va tizim xodimlari ishtirok etishdi.

2022-yil 21-22-iyun kunlari Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti I.Aliyevni Oʻzbekiston Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida 20-iyun kuni oʻtkazilgan “Oʻzbek-Ozarbayjon biznes-forumi”da “Ozarbayjon Respublikasi Milliy arxiv boshqarmasi va Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi oʻrtasida arxiv ishi sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim” imzolandi.

2022-yil 23-iyun kuni Rossiya Fanlar akademiyasi Umumiy tarix institutining tashkilotchiligida MDH Ijroiya qoʻmitasining MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining 2021-yil 14-oktyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “MDH ishtirokchi-davlatlari tarixchilari va arxivchilari xalqaro assotsiatsiyasi (komissiyasi) toʻgʻrisidagi Nizom”ga muvofiq, Assotsiatsiya rasmiy aʼzosi sifatida “Oʻzarxiv” agentligidan masʼullar Assotsiatsiyaning navbatdagi yigʻilishida onlayn shaklda ishtirok etdilar. Unda Assotsiatsiyaning xalqaro ilmiy konferensiyasini oʻtkazish, yosh tarixchi-olimlarining xalqaro yozgi maktabini yaratish, Ikkinchi jahon urushi mavzusiga oid hamkorlikda qoʻshma oʻquv qoʻllanmani tayyorlash yuzasidan oʻzaro fikrlar almashildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshirigʻiga muvofiq, 2022-yilning 13-16-iyul kunlari “Oʻzarxiv” agentligi direktori boshchiligidagi delegatsiyaning Qozogʻiston Respublikasi Olma-Ota shahriga xizmat safari amalga oshirilib, unda MDH davlat arxiv idoralari Maslahat kengashining navbatdagi 18-yigʻilishida ishtirok etildi. Shuningdek, delegatsiya ishtirokida Qozogʻiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi, Kinofoto hujjatlari va ovoz yozish Markaziy davlat arxivi, Ilmiy-texnika hujjatlari Markaziy davlat arxivi, Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti arxivi kabi bir qator tashkilotlarga ishchi tashriflar amalga oshirilib, u yerdagi ish tajribalari oʻrganildi.

2022-yil 6-avgustda Toshkent shahrida “Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti hamda Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum” imzolandi.

“Oʻzbekiston-Isroil” doʻstlik jamiyati tashkilotchiligida 2022-yil 15-avgustda onlayn formatda “Novaya era innovatsionnogo akademicheskogo liderstva” mavzusidagi Xalqaro konferensiyasida ishtirok etildi.

Isroil Davlati Ariel universiteti tashkilotchiligida 2022-yil 5-11-sentyabrda Buxoro va Samarqand shahrida oʻtkazilgan “Oʻzbekiston-Isroil birinchi akademik forumi”da ishtirok etildi.

Chelyabinsk arxiv xizmati tashkilotchiligida 2022-yil 22-23-sentyabr kunlari onlayn formatda “Arxiv jamiyatda – jamiyat arxivda” mavzusidagi V Umumrossiya ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etildi.

Kareliya Respublikasi Milliy arxivi tashkilotchiligida 2022-yil 22-23-sentyabr kunlari onlayn formatda “Arxivlar va geneologiya” mavzusidagi V Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etildi.

Koreya Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Elchixonasining taklifiga koʻra 2022-yil 23-sentyabrda boʻlib oʻtgan “Koreya Respublikasining tashkil topgan kuni” munosabati hamda Oʻzbekiston-Koreya diplomatik munosabatlarini oʻrnatilganligining 30 yilligi yuzasidan bayram tadbirida ishtirok etildi.

Oʻzbekistondagi Shanxay hamkorlik tashkiloti Xalq diplomatiyasi markazi tashkilotchiligida 2022-yil 29-sentyabrda “SHHT doirasida madaniy-gumanitar hamkorligi vektorlari” mavzusidagi xalqaro konferensiyasida ishtirok etildi. Mazkur konferensiya yakunida “Xalq diplomati” koʻkrak nishoni bilan “Oʻzarxiv” agentligi direktori taqdirlandi.

2022-yil 4-oktyabrda Toshkent shahrida “Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi va Polsha Respublikasi Milliy xotira instituti oʻrtasida arxiv ishi va ish yuritish sohasida Anglashuv memorandumi” imzolandi.

2022-yil 7-oktyabrda Minsk shahrida “Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi va Belarus Respublikasi Adliya vazirligi Arxivlar va ish yuritish departamenti oʻrtasida arxiv ishi va ish yuritish sohasida Anglashuv memorandumi” imzolandi. Shu kuni “Tarixda arxivlar – arxivlar tarixda” Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi doirasida ishtirok etildi.

2022-yil 12-13-oktyabr kunlari onlayn formatda Sankt-Peterburg adabiyot va sanʼat Markaziy davlat arxivi tomonidan oʻtkazilgan “Shaxsiy fondlarda rasmli hujjatlar bilan ishlash: jamlash, saqlash, ilmiy tavsiflash va foydalanish xususiyatlari” mavzusidagi Xalqaro seminarda ishtirok etildi.

Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Arxivi tashkilotchiligida 2022-yil 18-22-oktyabr kunlari Qozogʻiston Respublikasi Olma-Ota shahrida oʻtkazilgan “Ochiq jamiyatga – ochiq arxiv” I Xalqaro Arxivchilar Kongressida ishtirok etildi.

2022-yilning 27-28-oktyabr kunlari Agentlik va tizimdagi davlat arxivlari mutaxassislari Umumrossiya hujjatlashtirish va arxiv ishi ilmiy-tadqiqot instituti (VNIIDAD) tomonidan oʻtkazilgan “Axborot jamiyatida hujjatlashtirish: raqamli asr merosini shakllantirish va saqlash” mavzusidagi XXIX Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada onlayn formatda ishtirok etildi.

2022-yil 3-noyabrda Bishkek shahrida “Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi bilan Qirgʻiziston Respublikasi Raqamli rivojlanish vazirligi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida Memorandum” imzolandi.

2022-yilning 23-noyabr kuni Minsk va Kishinyov Konvensiyalari doirasida oʻtkazilgan MDHga aʼzo mamlakatlar adliya organlari va konsullik xizmatlari qoʻshma yigʻilishida videokonferens-aloqa rejimida ishtirok etildi.

2022-yil 23-noyabrda Rossiya Federatsiyasining Perm davlat ijtimoiy-siyosiy tarix arxivi hamda Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi, Oʻzbekiston Milliy arxivi, Toshkent shahar AIHB, Oʻzbekiston FA Tarix instituti va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan rossiyalik hamkasblar tomonidan chop etilgan “Podvig rabochix kolonn” (“Mehnat koloniyalari jasorati”) nomli toʻplam-kitobning taqdimoti onlayn shaklda boʻlib oʻtdi. Mazkur toʻplam-kitobda Ikkinchi jahon urushi davrida Molotov oblasti (hozirgi Perm guberniyasi)ga safarbar qilingan mehnat koloniyalari, jumladan, Oʻzbekiston hududidan majburiy mehnatga safarbar qilingan vatandoshlarimiz tarixi keng yoritilgan.

2022-yil 24-noyabrda Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti tomonidan tashkillashtirilgan “Pamyatniki sogdiyskoy pismennosti” (“Soʻgʻd yozuvi yodgorliklari”) koʻp millatli nomzodnomasini YUNESKO “Jahon xotirasi” xalqaro reestriga kiritish ishlarini amalga oshirish boʻyicha vebinarda ishtirok etildi.

2022-yil 24-26-noyabr kunlari Koreya Respublikasi Andong shahrida MOWCAP 9-Yalpi majlisida Oʻzbekiston Respublikasi “Jahon xotirasi” milliy qoʻmitasi nomidan ishtirok etildi.

2022-yilning 21-24 dekabr kunlari Turkiya Respublikasi Istanbul shahrida Turkiya Respublikasi Prezidenti devoni huzuridagi Davlat arxivlari boshqarmasi bilan hamkorlikda tayyorlangan “Hujjatlarda Turkiya-Oʻzbekiston aloqalari” nomli kitob-albom taqdimoti oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-noyabrdagi 706-son qarori bilan tasdiqlangan nizom talablariga asosan Davlat arxivlari oʻquv zallaridan foydalanish faoliyati boʻyicha 2022-yil mobaynida Rossiya Federatsiyasi, Qozogʻiston Respublkasi, Qirgʻiz Respublikasi, Polsha Respublikasi, Avstriya, Isroil Davlati, AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Kanada, Xitoy kabi xorijiy mamlakatlar fuqarolaridan (foydalanuvchilar) 60 ta murojaat kelib tushgan boʻlib, shulardan 55 ta xorijiy foydalanuvchiga davlat arxivlari oʻquv zallariga tashrif buyurib, u yerdagi arxiv materiallaridan oʻrnatilgan tartibda foydalanishga ruxsat berildi.

2022-2023-yillar uchun YUNESKO Qatnashuv dasturi doirasida moliyalashtiriladigan hamda loyiha byudjeti YUNESKO tashkilotining ustuvor yoʻnalishlariga hamohang ravishda har biri 26000 AQSH dollari miqdoridan oshmagan holda Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligining jami 4 ta loyihalari boʻyicha takliflari YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy komissiyasiga oʻrnatilgan tartibda taqdim etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-noyabrdagi PQ-4895-son qaroriga ilovalar bilan tasdiqlangan vakolatli organlar roʻyxatining 9-bandiga asosan “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan “Arxiv maʼlumotnomalari va boshqa arxiv hujjatlari haqida maʼlumotlarni talab qilish boʻyicha soʻrovlarni joʻnatish va koʻrib chiqish” vazifasi ijrosini taʼminlash yuzasidan choraklik va yillik tahliliy maʼlumotlar Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etib borildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi oʻrtasidagi alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-67-xdfu son qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan “Oʻzarxiv” agentligining 2022-yil 6-yanvardagi 3-xdfu-son buyrugʻi qabul qilingan. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarining 2022-yil 7-martdagi 27/13-07-03-son topshirigʻiga muvofiq, jumladan, qarorning 2-ilovasi (“Yoʻl xaritasi”) 48-bandi ijrosi yuzasidan tegishli ishlar amalga oshirildi.

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasida hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiyasining 2021-yil 26-martda oʻtkazilgan yigʻilishi bayonnomasining 10.7-bandi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-apreldagi F-5647xdfu-son farmoyishi bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi va Qirgʻiz Respublikasi oʻrtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar hamkorlik hamda xavfsizlik sohasida oʻzaro aloqalarni yanada kengaytirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasi (“Yoʻl xaritasi”)”ning 19,87 va 91-bandlari ijrosi yuzasidan har oylik hisobot maʼlumotlar Tashqi ishlar vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga taqdim etib borilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomaviy-huquqiy faoliyatini takomillashtirishga doir 2022-2026-yillarga moʻljallangan ish rejasining 10-bandi “Ozarbayjon, Belarus, Polsha, Oʻmon, Hindiston, Xitoy, Yaponiya va boshqa davlatlar bilan arxiv ishi va ish yuritish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida ikki tomonlama xalqaro shartnomalar imzolash masalasini ishlab chiqish” boʻyicha tegishli ishlar olib borilmoqdi.

2022-yil davomida Agentlikka kelib tushgan hujjatlar 4 823 tani, yuborilgan hujjatlar 1 697 tani hamda 220 ta asosiy faoliyatga oid, 217 ta shaxsiy tarkibga oid buyruqlar va 27 ta farmoyishlarni tashkil etdi. Agentlik tomonidan bu davrda 165 ta, yaʼni shundan, Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari (15 ta), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari (26 ta), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari (65 ta), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari (59 ta) ijrosi yuzasidan tegishli hujjatlar qabul qilindi.


Manba : Arxiv ishi boʻyicha tashkiliy- metodik ishlar boʻlimi boshligʻi A.Fayzullayev