“О‘zarxiv” agentligining О‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini rivojlantirishning 2023-yilga mо‘ljallangan asosiy kо‘rsatkichlari hisoboti bо‘yicha ma'lumoti.
“О‘zarxiv” agentligining О‘zbekiston Respublikasida
arxiv ishini rivojlantirishning 2023-yilga mо‘ljallangan
asosiy kо‘rsatkichlari hisoboti bо‘yicha
MA’LUMOTI
I. О‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini rivojlantirishning 2023-yilga mо‘ljallangan rejasi 18 ta kо‘rsatkichlar bо‘yicha bajarilib, shundan 17 ta kо‘rsatkich bо‘yicha oshirib bajarildi.
Xususan, qog‘oz asosidagi hujjatlarni ta’mirlash 271 245 varaq (Reja bо‘yicha 218 612 varaq, bajarilishi 124%), muqovalash va tikish 102 886 s.b. (68 301 s.b., 151%)ni tashkil etdi.
О‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining (О‘zR MAF) alohida qimmatli hujjatlarni aniqlash bо‘yicha qog‘oz asosidagi 11 508 s.b., (Reja bо‘yicha 7 397 s.b., bajarilishi 156%), 83 172 hujjat (28 631 hujjat, 290%), 110 s.b. kino (105 s.b., 105%), 2 800 h.b. surat (2 500 h.b., 112%), 50 s.b. (50 s.b., 100%) ovozli hujjatlarni aniqlash ishlari amalga oshirildi.
MAFga kiritilgan alohida qimmatli hujjatlarni hisobot davrida О‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi tomonidan kino 200 s.b. (200 s.b., 100%), surat 9 559 h.b. (9 456 h.b., 101%), ovozli 363 s.b. (340 s.b., 107%) hujjatlarning elektron nusxalari yaratildi.
Rо‘yxatlarning elektron nusxalarini yaratish bо‘yicha davlat arxivlari tomonidan boshqaruv 14 889 rо‘yxat (Reja bо‘yicha 12 431 rо‘yxat, bajarilishi 119%), shaxsiy tarkib 544 rо‘yxat (1 309 rо‘yxat, 42%), saqlash muddati vaqtincha bо‘lgan 40 rо‘yxat (76 rо‘yxat, 53%) hujjatlarining elektron nusxalari yaratildi.
MAF hujjatlarini Davlat hisobini yuritish bо‘yicha ilmiy ma’lumotlar apparatini tashkil etish hamda rivojlantirishda fondlar va hujjatlar hisobi yuzasidan davlat arxivlarida boshqaruv 1 069 fond (Reja bо‘yicha 1 006 fond, bajarilishi 106%), 203 227 s.b. (121 347 s.b., 167%), shaxsiy kelib chiqish 29 fond (11 fond, 264%), 689 s.b. (42 s.b., 1640%), shaxsiy tarkib 640 fond (524 fond, 122%), 31 914 s.b. (15 255 s.b., 209%), ilmiy-texnik hujjatlar 32 fond, 52 s.b., saqlash muddati vaqtincha bо‘lgan 78 377 s.b. (600 s.b., 13063%) hujjatlar, kino 50 s.b. (50 s.b., 100%), surat 4 559 s.b. (4 409 s.b., 103%), ovozli 502 s.b. (500 s.b., 100%) hujjatlar qabul qilindi.
Shuningdek, shaxsiy tarkib davlat arxivlarida boshqaruv 447 ta tashkilot (Reja bо‘yicha 217 ta tashkilot, bajarilishi 206%), 5 997 s.b. (935 s.b., 641%), shaxsiy tarkib 2 494 ta tashkilot (2 179 ta tashkilot, 114%), 81 853 s.b. (38 210 s.b., 214%), saqlash muddati vaqtincha bо‘lgan 593 ta tashkilot (751 ta tashkilot, 79%), 63 743 s.b. (6 782 s.b., 940%) hujjatlar qabul qilindi.
Davlat arxivlari tomonidan boshqaruv 719 278 s.b. (Reja bо‘yicha 492 598 s.b., bajarilishi 146%), shaxsiy tarkib 16 719 s.b. (5 330 s.b., 314%), shaxsiy kelib chiqish 31 s.b. (24 s.b., 129%), ilmiy-texnik hujjatlar 5 200 s.b. (5 000 s.b., 104%), surat 1 785 s.b. (1 398 s.b., 128%), shuningdek, shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlari tomonidan boshqaruv 2 153 s.b., shaxsiy tarkib 376 190 s.b. (297 380 s.b., 127%) hujjatlarining mavjudligi va holati bо‘yicha tekshirish о‘tkazildi.
Hujjatlarni xatlovini takomillashtirish bо‘yicha boshqaruv 42 869 rо‘yxat (25 577 rо‘yxat, bajarilishi 168%), shaxsiy kelib chiqish 9 rо‘yxat (4 rо‘yxat, bajarilishi 225%), surat hujjatlari 263 rо‘yxat (430 rо‘yxat, bajarilishi 61%)ni tashkil etdi.
Tashkilot va korxonalarning hujjatlarini shartnoma asosida tartibga keltirishda davlat arxivlari tomonidan 195 887 s.b. boshqaruv (Reja bо‘yicha 124 740 s.b., bajarilishi 157%), 1 993 s.b. ilmiy-texnik (900 s.b., 221%), 48 702 s.b. shaxsiy tarkib (25 368 s.b., 192%), 117 239 s.b. saqlash muddati vaqtincha bо‘lgan hujjatlar (1 665 s.b., 7041%), shuningdek, shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlari tomonidan 8 551 s.b. boshqaruv (Reja bо‘yicha 2 600 s.b., bajarilishi 329%), 74 068 s.b. shaxsiy tarkib (33 949 s.b., 218%), 77 637 s.b. saqlash muddati vaqtincha bо‘lgan hujjatlar tartibga keltirildi.
Davlat arxivlarida saqlanayotgan hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini о‘tkazish bо‘yicha 108 159 s.b. boshqaruv (Reja bо‘yicha 83 200 s.b., bajarilishi 130%), 100 s.b. shaxsiy kelib chiqish, 1 266 s.b. shaxsiy tarkib (300 s.b., 422%), 4 892 s.b. saqlash muddati vaqtincha bо‘lgan hujjatlarning ekspertizasi о‘tkazildi.
Davlat arxivlari tomonidan tashkilotlar hamda korxonalarda arxiv ishi va ish yuritish bо‘yicha uslubiy hamda amaliy yordam kо‘rsatish (о‘rganish о‘tkazish) bо‘yicha 2023-yil davomida tashkilot va korxonalarda 1 133 ta yalpi о‘rganish (Reja bо‘yicha 795, bajarilishi 143%), 588 ta mavzuli о‘rganish (489 ta, 120%) ishlari olib borildi.
Davlat arxiv о‘quvxonalarida tadqiqotchilar ishini tashkil etish bо‘yicha 2 254 nafar О‘zbekiston fuqarolari (Reja bо‘yicha 752 nafar, bajarilishi 300%), 42 nafar Chet el fuqarolari tadqiqotchilik ishlarini olib bordilar, shuningdek 36 711 s.b. (676 s.b., 5431%) hujjatlar tadqiqotchilarga foydalanish uchun taqdim etildi.
Arxivlar tomonidan tashkilot va korxonalar uchun sohaga oid ichki normativ hujjatlarni ishlab chiqish bо‘yicha jami 932 ta (Reja bо‘yicha 508 ta, bajarilishi 183%) idoraviy hujjatlar, ya’ni shundan 458 ta (189 ta, 242%) yig‘majildlar nomenklaturasi, 125 ta (111 ta, 113%) ish yuritish yо‘riqnomasi, 174 ta (104 ta, 167%) MEK va EK nizomlari, 175 ta (145 ta, 121%) idoraviy arxiv nizomlari ishlab chiqildi.
Agentlik tomonidan kо‘rsatilgan xizmatlarning umumiy hajmi 50 779 mln. sо‘m (Reja bо‘yicha 22 300 mln. sо‘m, bajarilishi 228%)ni, ya’ni shundan respublika davlat arxivlarida 32 887 mln. sо‘m (Reja bо‘yicha 12 695 mln. sо‘m, bajarilishi 259%), jumladan: mavzuli sо‘rovlardan 11 459 mln. sо‘m (2 344 mln. sо‘m, 489%), hujjatlarni tartibga keltirishdan 16 550 mln. sо‘m (8 057 mln. sо‘m, 205%), arxiv sohasiga oid ichki normativ hujjatlarni tayyorlashdan 349 mln. sо‘m (147 mln. sо‘m, 238%), hujjatlarni depozitar saqlashdan 2 285 mln. sо‘m (1 454 mln. sо‘m, 157%), yaroqsiz holatga kelgan yoki yо‘qotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlashdan 203 mln. sо‘m (60 mln. sо‘m, 338%), boshqa pullik xizmatlardan 2 042 mln. sо‘m (634 mln. sо‘m, 322%), shuningdek shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlarida esa 17 892 mln. sо‘mni (Reja bо‘yicha 9 605 mln. sо‘m, bajarilishi 186%), jumladan: mavzuli sо‘rovlardan 1 270 mln. sо‘m (277 mln. sо‘m, 458%), hujjatlarni tartibga keltirishdan 5 693 mln. sо‘m (4 602 mln. sо‘m, 124%), arxiv sohasiga oid ichki normativ hujjatlarni tayyorlashdan 45 mln. sо‘m (85 mln. sо‘m, 53%), hujjatlarni depozitar saqlashdan 7 819 mln. sо‘m (4 009 mln. sо‘m, 195%), yaroqsiz holatga kelgan yoki yо‘qotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlashdan 1 261 mln. sо‘m (149 mln. sо‘m, 848%), boshqa pullik xizmatlardan 1 804 mln. sо‘m (484 mln. sо‘m, 373%) tashkil etdi.
“О‘zarxiv” agentligi, Arxiv ishi hududiy boshqarmalari tomonidan tashkilotlar hamda korxonalarda arxiv ishi va ish yuritish holati ustidan davlat nazoratini amalga oshirish bо‘yicha 2023-yil davomida 317 ta tashkilotda (Reja bо‘yicha 312 ta, bajarilishi 102%) nazorat tekshiruvlari о‘tkazilib, arxivlar tomonidan tashkilot va korxonalarga qо‘llanilgan chora sifatida 284 ta taqdimnomalar kiritilgan, 38 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga 3 ta materiallar yuborilgan.
“О‘zarxiv” agentligida (METK), Arxiv ishi hududiy boshqarmalarida (ETK), О‘zbekiston Milliy arxivlarida (ETUK) tashkilotlar hujjatlari rо‘yxatlarini tasdiqlash (kelishish) bо‘yicha jami 5 751 rо‘yxat (Reja bо‘yicha 3 968 rо‘yxat, bajarilishi 145%) bо‘lib, shundan 2 515 rо‘yxat boshqaruv (1 781 rо‘yxat, 141%), 43 rо‘yxat shaxsiy kelib chiqish (39 rо‘yxat, 110%), 2 325 rо‘yxat shaxsiy tarkib (1 550 rо‘yxat, 150%), 9 rо‘yxat ilmiy-texnik (10 rо‘yxat, 90%), alohida qimmatli va noyob hujjatlar yig‘majildlarining arxiv rо‘yxati 35 ta (88 ta, 40%), saqlash muddati vaqtincha bо‘lgan 456 rо‘yxat (275 rо‘yxat, 166%), hujjatlarni yо‘q qilishga ajratish tо‘g‘risidagi dalolatnoma 329 ta (158 ta, 208%), 39 rо‘yxat surat (67 rо‘yxat, 58%) hujjatlar tasdiqlandi (kelishildi).
Shuningdek, sohaga oid ichki normativ hujjatlarni ETKda kelishish bо‘yicha jami 2 290 hujjat (Reja bо‘yicha 1 695 hujjat, bajarilishi 135%) bо‘lib, shundan 1 008 hujjat yig‘majildlar nomenklaturasi (628 hujjat, 161%), 232 hujjat ish yuritish yо‘riqnomasi (267 hujjat, 87%), 527 hujjat MEK va EK nizomlari (416 hujjat, 127%), 523 hujjat idoraviy arxiv nizomlari (384 hujjat, 136%) kelishildi.
2023-yil davomida Agentlik huzuridagi Arxiv ishi va ish yuritish bо‘yicha malaka oshirish ilmiy-metodik markazida jami 630 nafar (Reja bо‘yicha 800 nafar, bajarilishi 78,7%) tinglovchi malaka oshirib, undan 37 nafar tinglovchi Agentlik tizimidagi xodimlar, 593 nafar tinglovchi respublika idora va tashkilotlardagi mas’ul xodimlar о‘qitildi.
Markazning pullik xizmatdan tushgan daromadi 1 075 mln. sо‘mni tashkil etdi.
Malaka oshirgan rahbar va xodimlar bо‘yicha jami 630 nafar, shundan rahbar xodimlar 17 nafar, xodimlar 613 nafar;
О‘quv kursi shakli bо‘yicha jami 630 nafar, shundan Markazda (oflayn) 394 nafar, masofaviy (onlayn) 236 nafar;
О‘quv kursi mavzusi bо‘yicha jami 630 nafar, shundan Arxiv ishi bо‘yicha 257 nafar, Ish yuritish va ijro nazorati bо‘yicha 146 nafar, Boshqa kurslar bо‘yicha 227 nafar tinglovchilar о‘z malakalarini oshirdilar.
II. “О‘zarxiv” agentligi rahbariyati tomonidan 2023-yil davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlardagi shahar hamda tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvaliga asosan 23 ta sayyor va shaxsiy qabullar о‘tkazilib, ularda 181 nafar fuqarolar murojaatlari kо‘rib chiqildi.
Agentlikka 2023-yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 1 055 ta (2022-yilda 1 042 ta, kо‘rsatkichi 101%), jumladan, О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi orqali 756 ta (668 ta, kо‘rsatkichi 113%), Adliya vazirligi orqali 64 ta, Sayyor va shaxsiy, маъсул ходимлар qabullardan 185 ta (168 ta, kо‘rsatkichi 110%), Agentlikka tо‘g‘ridan tо‘g‘ri yozma 30 ta (196 ta, kо‘rsatkichi 15,3%), idoraviy aloqa markazidan (ishonch telefoni) 16 ta (10 ta, kо‘rsatkichi 160%), О‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining “Xotin-qizlar muammolari bо‘yicha 1211 ishonch telefoni” (Call-center)dan 5 ta murojaatlar kelib tushdi.
Respublika davlat arxivlariga jami jismoniy va yuridik shaxslardan 1 343 ta (2022-yilda 2 185 та, kо‘rsatkichi 61,4%) murojaatlar kelib tushdi hamda о‘rnatilgan tartibda kо‘rib chiqildi, shundan 629 ta murojaat qanoatlantirildi, 465 tasiga tushuntirish berildi, 142 tasi tegishliligi bо‘yicha boshqa tashkilotga yuborildi, 76 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan va hozirda 31 ta murojaat ijrosi bajarilish jarayonida.
2023-yil davomida Respublika arxivlariga mavzuli va ijtimoiy-huquqiy mazmundagi sо‘rovlar jami 569 912 ta (2022-yilda 538 826 ta, kо‘rsatkichi 105%) kelib tushgan.
Jumladan, ijtimoiy-huquqiy mazmundagi sо‘rovlar 474 323 ta (2022-yilda 455 494 ta, kо‘rsatkichi 104%) tashkil etib, shundan davlat arxivlariga 228 606 ta (226 724 ta, kо‘rsatkichi 100%), shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlariga 245 717 ta (228 770 ta, kо‘rsatkichi 107,4%) kelib tushgan.
Davlat xizmatlari markazlari (DXM) va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali 408 473 ta (335 135 ta, kо‘rsatkichi 122%), pochta va elektron pochta orqali 25 092 ta (47 113 ta, kо‘rsatkichi 53%) ijtimoiy-huquqiy mazmundagi sо‘rovlar kelib tushgan bо‘lsa, 38 084 nafar (73 246 ta, kо‘rsatkichi 52%) fuqaro bevosita arxivga murojaat etgan.
Arxiv hujjatlari asosida 344 620 ta (346 267 ta, kо‘rsatkichi 99,5%) sо‘rovlar ijrosi bajarilib, ulardan 318 118 tasi (312 628 ta, kо‘rsatkichi 101,7%) ijobiy, 26 502 tasi (33 639 ta, kо‘rsatkichi 78,7%) bо‘yicha esa tegishli kо‘rsatma va tushuntirishlar berilgan. Tashkilot hujjatlari arxiv saqloviga kelib tushmagan va taaluqligi bо‘yicha tegishli tashkilotlarga yuborilgan sо‘rovlar soni 114 886 tani (98 453 ta, kо‘rsatkichi 116,6%) tashkil etdi.
Shuningdek, mavzuli sо‘rovlar 95 589 ta (2022-yilda 94 827 ta, kо‘rsatkichi 100,8%) tashkil etib, shundan davlat arxivlariga 84 201 ta (90 221 ta, kо‘rsatkichi 93,3%), shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlariga 11 388 ta (4 606 ta, kо‘rsatkichi 247,2%) kelib tushgan.
Davlat xizmatlari markazlari (DXM) va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali 83 336 ta, bevosita arxivga (pochta va elektron pochta orqali) 12 253 nafar fuqaro murojaat etgan.
Arxiv hujjatlari asosida 95 589 ta sо‘rovlar ijrosi bajarilib, ulardan 73 047 tasi ijobiy, 22 542 tasi (тashkilot hujjatlari arxiv saqloviga kelib tushmagan) bо‘yicha esa tegishli kо‘rsatma va tushuntirishlar berilgan.
Agentlik tizimidagi arxiv muassasalarida 2023-yil davomida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqishda kamchilik hamda huquqbuzarlikka yoʻl qoʻyganliklari uchun 71 nafar rahbar (23 nafari) va masʼul xodimlar (48 nafari) intizomiy javobgarlikka tortilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Yuristlar malakasini oshirish markazida “Oʻzarxiv” agentligi va uning tizim tashkilotlarida murojaatlar bilan ishlovchi xodimlar ishtirokida “Davlat organlari va tashkilotlarning jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ish olib boruvchi xodimlari malakasini oshirish” oʻquv kursi anʼanaviy va onlayn tarzda oʻtkazilib, jami 145 nafar xodim malaka oshirishi taʼminlandi.
III. О‘zbekiston milliy arxivlari va respublika davlat arxivlari tomonidan (2023-yil 28-dekabr holatiga) jami 1 016,4 ming saqlov birligidagi 68,2 mln. kadr hujjatlar raqamlashtirildi. Tasdiqlangan rejaga muvofiq, 2023-yil boshidan 148,7 ming saqlov birligidagi qariyb 14,7 mln. kadr raqamlashtirildi va reja 106,5 %ga bajarildi.
“О‘zarxiv” agentligi hamda “Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi” DUK bilan hamkorlikda “Davlat arxivlarida raqamlashtirilayotgan hujjatlarni yagona saqlovini ta’minlash hamda ulardan foydalanish” axborot tizimi ishlab chiqilib, davlat arxivlarida joriy qilindi.
Mazkur tizimda О‘zbekiston milliy arxivlari va davlat arxivlari tomonidan (2023-yil 28-dekabr holatiga) jami 48 486 ta fond, 50 709 ta rо‘yxat, 704 796 ta saqlov birligi va 358 269 ta hujjat bazasi yaratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi “2022–2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-357-son qarori 2-ilovasining 55-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-noyabrdagi “Hisobot taqdim etish va arxiv hujjatlarini saqlash tartib-taomillarini maqbullashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-419-son qarorining 7-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi “Raqamli xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-162-son qarori 1-ilovasining 9-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida, elektron hujjatlarni saqlash uchun topshirishga mo‘ljallangan “Idoraviy elektron arxiv” axborot tizimi ishga tushirildi.
Shuningdek, “Idoraviy elektron arxiv” axborot tizimi va “edo.ijro.uz” tizimi o‘rtasida o‘zaro maʼlumot almashish tashkil etilib, davlat va xo‘jalik boshqaruvi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari, tadbirkorlik subyektlarida shakllangan elektron arxiv hujjatlarini tizim orqali elektron almashinuvini amalga oshirish imkoniyati yaratildi.
Joriy yilning 25-dekabr kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazi binosida “Elektron hujjatlarni saqlash uchun topshirishga mo‘ljallangan “Idoraviy elektron arxiv” axborot tizimi amaliyotga joriy etilganligi” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PQ-162-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, 4 ta axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda:
1. Arxiv ishi bo‘yicha davlat nazoratini onlayn ro‘yxatga olishni tashkil etish maqsadida “Davlat nazorati” axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish.
“Davlat nazorati” axborot tizimini ishlab chiqish bo‘yicha “Kiberxavfsizlik” DUK ning tegishli xulosalarini olish maqsadida zarur shartnomalar imzolandi va belgilangan tartibda ekspertiza xulosalari olindi (20.07.2023-y. 01-18-01/2039-son) hamda “Davlat nazorati” axborot tizimi ishlab chiqilib test-sinov tariqasida joriy qilindi. (Tizim havolasi: nazorat.archive.uz)
2. O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan davlat arxivlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni jamlaydigan “O‘zbekiston arxivlari” portali joriy etildi.
O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan davlat arxivlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni jamlaydigan “O‘zbekiston arxivlari” portalini ishlab chiqish bo‘yicha “Kiberxavfsizlik” DUK (20.07.2023-y. 01-18-01/2040-son) hamda О‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi (2023-yil 25-dekabrdagi Ex-23-8/9280-son) ekspertiza xulosalari olindi. O‘zbekiston arxivlari” portalini ishlab chiqilib, amaliyotga joriy qilindi. (Portal havolasi: portal.archive.uz)
3. Kinofotofono arxiv hujjatlaridan pullik asosda onlayn foydalanish imkoniyatini beruvchi videoportal tizimini ishlab chiqish va joriy etish.
Kinofotofono arxiv hujjatlaridan pullik asosda onlayn foydalanish imkoniyatini beruvchi videoportal tizimini ishlab chiqish bo‘yicha О‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi (2023-yil 26-dekabrdagi Ex-22-8/9330-son) ekspertiza xulosalari olindi. Hozirda tizimni ishlab chiqish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
IV. “О‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati zarur texnika va vositalar bilan tо‘liq ta’minlangan. Agentlik tomonidan arxiv faoliyati, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari yuzasidan 2023-yil davomida 12 ta matbuot anjumani, 33 ta brifing о‘tkazilib onlayn efirga uzatildi. О‘tkazilgan tadbirlar yakunidan sо‘ng bir soat ichida “О‘zarxiv” agentligining “Facebook”, “Telegram”, “Instagram” ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida ma’lumotlar joylashtirib borildi.
Axborot xizmati tomonidan joriy yil davomida ijtimoiy tarmoqlarda 65 ta onlayn efirlar tashkil etildi, shuningdek, 62 ta infografika va 635 ta foto, 48 ta audio hamda 321 ta video, 93 ta matn shaklida materiallar namoyish etildi.
“О‘zarxiv” agentligining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida obunachilar soni 23 400 nafar (2022-yilda 13 752)ga yetgani holda, materiallarni kо‘rish о‘rtacha 200 050 ta (2022-yilda 39 000) ijtimoiy tarmoq a’zosini tashkil qilmoqda.
V. “Oʻzarxiv” agentligining 2023-yilga moʻljallangan Asosiy ish rejasida belgilangan Agentlik tizimida maʻnaviy-maʻrifiy ishlar samaradorligini oshirish hamda davlat tili qonunchiligi ijrosini taʻminlashga qaratilgan ustuvor vazifalar ijrosi yuzasidan 2023-yil davomida 12 ta tashkiliy chora-tadbirlar amalga oshirildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi PQ-5040-son qarori ijrosini taʻminlash maqsadida, Respublika Maʻnaviyat va maʻrifat markazi bilan hamkorlikda 33 ta banddan iborat “Yoʻl xaritasi”da belgilangan vazifalar ijrosi taʼminlandi. Xususan, Yanvar oyida “Insonga eʻtibor va sifatli taʻlim yili” mazmun-mohiyatidan kelib chiqadigan “Inson qadri oliy neʻmat” mavzusida turkum davra suhbatlari tashkil etildi.
14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Oʻzbekiston Milliy matbuot markazida “Askar maktublari” kitob-albomi taqdimoti tashkil etildi, shuningdek ushbu mavzu doirasida Andijon, Fargʻona, Surxondaryo va Navoiy viloyatlarida maʻnaviy-maʻrifiy tadbirlar tashkil etilib, unda arxiv hujjatlaridan namunalar asosida koʻrgazmalar tashkil etildi.
Fevral oyida buyuk mutafakkir, shoir Alisher Navoiy hamda davlat arbobi, shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kunlari munosabati bilan 3 ta Milliy arxivlarda hamda 14 ta Viloyat davlat arxivlarida maʻnaviyat soatlari tashkil etildi. Mazkur tadbirlarda 470 nafar arxivchi xodimlar ishtirok etib, ilmiy yangiliklarni olish bilan birga, oʻz isteʻdodlarini ham namoyon etdilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Gender va xotin-qizlar masalalari qoʻmitasi hamkorligida Oʻzbekiston milliy arxivida “Gender tenglikni taʻminlashda arxivchilarning oʻrni”, shuningdek “Arxiv ishi sohasida xotin-qizlar huquqlari hamda gender tenglik masalalari doimiy eʻtiborda” mavzularida davra suhbatlari tashkil etildi. Ushbu tadbirlar Agentlikning Gender tenglik maslahat-kengishi tomonidan tashkil etilib, hududlarda xotin-qizlar va erkaklar huquqlarining tengligi hususidagi qonunchilik keng tushuntirib borildi.
Mart oyida “Oʻzbek ayoli – oʻtmish, nafosat, kelajak ramzi” shiori ostida “Oʻzbekiston xotin-qizlari taʻlim sohasida” mavzusida arxiv hujjatlari fotokoʻrgazmasi boʻlib oʻtdi. Mazkur koʻrgazma 6-11-mart kunlari Toshkent Fotokoʻrgazmalar uyida tashkil etildi. Shuningdek, 14 ta viloyat davlat arxivlarida mavzuga oid koʻrgazmalar tashkil etildi.
8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami kuni munosabati bilan 14 ta viloyat davlat arxivlarida bayram tantanalari tashkil etilib, xotin-qizlarning huquqiy ongini oshirishga qaratilgan qator tadbirlar oʻtkazildi. Jumladan, ushbu kun munosabati bilan “Nafosat va vafo ramzisan, ayol!” mavzusida maʻnaviy-maʻrifiy tadbirlar tashkil etildi.
Arxivlarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida 10-12-mart kunlari “Arxiv malikalari” tanlovi oʻtkazilib, unda 100 dan ortiq soha xodimlari ishtirok etdi. Ishtirokchilarga 8 ta yoʻnalishda treninglar va davra suhbatlari tashkil etildi.
Mart oyidagi maʻnaviyat tadbirlari doirasida 3 nafar xodim Agentlikning “Soha iftixori” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi. Shuningdek, hududlarda “Navroʻz – milliy qadriyatlarimiz beshigi” mavzusida madaniy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi. Ushbu tadbirlarda 350 nafar ayollar, xotin-qizlar, 170 nafar keksa avlod vakillari, faxriylar, 450 nafar yoshlar ishtirok etishdi. Mart oyida 29 nafar kam taʼminlangan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar holidan habar olindi hamda maʼnaviy va moddiy qoʼllab-quvvatlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlangan “Har kuning Navroʻz boʻlsin, jonajon Oʻzbekistonim!” nomli bosh gʻoya asosida Agentlik tizimida Navroʻz ayyomlari keng nishonlandi. Hududiy va Milliy arxivlarda “Hur kuning boʻlsin Navroʻz!”, “Navroʻz bayrami arxiv hujjatlarida” nomli tadbirlar tashkil etildi.
Aprel oyida qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining tizimga ijobiy taʼsirini keng targʻib qilib borish yoʻnalishida qonun hujjatlari milliy bazasida eʼlon qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning soha xodimlariga yetkazib borish maqsadida markaziy va tizim tashkilotlarida seminarlar tashkil etildi. Unda davlat arxivlari rahbarlari va xodimlari ishtirok etib, 2023-yilda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining mazmun-mohiyati keng tushuntirildi. Shuningdek, Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish kurslarida arxivchilarning oʻqishi tahlil qilindi, unga koʻra 4 oy davomida 34 nafar arxivchilar malaka oshirgan.
Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga bosqichma-bosqich toʻliq oʻtishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi 61-son qarori ijrosini taʼminlash borasida davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish boʻyicha 4 ta hududda hamda 3 ta milliy arxivlarda seminarlar tashkil etildi. Seminarlarda Adliya vazirligi masʼullari ishtirok etib, natijalari boʻyicha barcha huudlarda tashqi va ichki yozuvlar, eʼlon va reklamalarni adliya vazirligi namunalari asosida tashkil etish belgilandi.
“Oʻzarxiv” agentligining 2022-yil 23-fevraldagi 44-son buyrugʻiga muvofiq, mart-iyun oylarida “Agentlik direktori kubogi” futbol chempionati oʻtkazildi. Chempionatning saralash va chorak final oʻyinlari hududlarda, yarimfinal va final oʻyinlari Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani “Olmos” dam olish maskanining sport majmuasida oʻtkazildi. Tadbirda 140 nafar arxiv xodimlari ishtirok etdi. Futbol chempionatida 1-oʻrinni Toshkent viloyati jamoasi, 2-oʻrinni Jizzax viloyati, 3-oʻrinni Fargʻona viloyati egalladi. Chempionat sovrindorlariga Agentlikning idoraviy mukofotlari hamda qimmatbaho sovgʻalari taqdim etildi.
Mart va aprel oylarida Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga bosqichma-bosqich toʻliq oʻtishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi 61-son qarori ijrosini taʼminlash borasida davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish boʻyicha 7 ta seminarlar tashkil etildi.
May oyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “9-may – Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2023-yil 2-maydagi PQ-143-son qarori ijrosi yuzasidan, Agentlikning tegishli buyrugʻi va nazorat rejasi ishlab chiqilib, unga koʻra “Gʻalaba bogʼi” majmuasida “Oʻchmas u kunlar shuhrati” mavzusida fotolavhalar koʻrgazmasi, Oʼzbekiston tarixi davlat muzeyida “Oʻzbekiston xalqining ikkinchi jahon urushi gʻalabasiga qoʻshgan hissasi” mavzusida “Xotira – abadiy, inson qadri – muqaddas” shiori ostida arxiv hujjatlari koʻrgazmasi tashkil etildi. Fotokoʼrgazmada Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivida saqlanayotgan mavzuga oid 250 dan ortiq fotohujjatlar namoyish etildi. Mavzuga oid 2 ta konferensiya oʻtkazildi.
Hududlarda mazkur sanaga bagʻishlangan “Uch avlod uchrashuvlari”, “Faxriylar faxrimiz” mavzularida 14 ta hududda hamda 3 ta milliy arxivlarda 47 ta maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, koʻrgazmalar, sport tadbirlari tashkil etildi. Shuningdek, 22 nafar kam taʼminlangan, yolgʻiz keksalar hamda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari holidan xabar olindi.
Iyun oyida “9-iyun – Xalqaro arxivlar kuni” munosabati bilan 14 ta hududda arxiv sohasi xodimlari bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Ayniqsa yosh arxivchilarning malakasini oshirishga qaratilgan “Ustoz-shogird” anʼanalarini mustahkamlashga oid mavzularda seminar-treninglar olib borildi.
15-18-iyun kunlari Toshkent viloyatida “Yosh arxivchilar forumi-2023” tadbirlari tashkil etildi. Forumda 150 nafar arxiv xodimlari 8 ta sport turi boʻyicha bellashuvlarda, 1 ta intellektual oʻyinlarda, 4 ta mahorat darslarida ishtirok etishdi. “Agentlik direktori kubogi” futbol chempionati, “Rahbar mahorati” rahbarlar oʻrtasidagi shaxmat turniri hamda 8 ta sport turi boʻyicha spartakiadalar tashkil etildi. Forum doirasida 5 ta arxiv hodimi “Soha iftixori” koʼkrak nishoni bilan, 78 nafar arxiv hodimlari “Oʼzarxiv” agentligining idoraviy mukofotlari bilan taqdirlandi hamda moddiy ragʻbatlantirildi.
Iyul oyida Oʻzbekiston Respublikasining yangilangan Konstitutsiyasini targʻiboti boʻyicha Agentlik tomonidan 4 marotaba seminarlar tashkil etildi. Hududlarda 9 ta davra suhbatlari oʻtkazildi. Konstitutsiyani targʻib qilish yuzasidan tizim boʻyicha jami 27 ta targʻibot tadbirlari tashkil etilib, rasmiy veb-saytda ulashib borildi. “Harakatlar strategiyasidan – taraqqiyot strategiyasi sari” gʻoyasi asosida Toshkent shahar hamda Maʼnaviyat va maʼrifat markazlari, viloyat hududiy boʻlinmalari bilan hamkorlikda davlat dasturi va Harakatlar strategiyasining mamlakat islohotlaridagi oʻrni mavzusida jamoatchilikni xabardor qilib borish yoʻnalishida har chorakda maʼnavi-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi. Shu bilan birga Agentlik rahbariyatining aholi bilan 118 ta ochiq muloqoti va sayyor qabullar jarayonida Davlat dasturining mazmun-mohiyati hamda ijrosining borishi tushuntirib borildi.
Agentlikning Jamoatchilik kengashi faoliyati boʻyicha 2 marotaba, Faxriylar kengashining 4 ta, Gender tenglik maslahat-kengashining 3 ta tadbirlari, Xotin-qizlar boshlangʻich tashkilotining 2 ta tadbirlari tashkil etildi.
“Oʻzarxiv” agentligi “Gender tenglik faoli” milliy tanlovida ishtirok etib, davlat organlari oʻrtasida gender tenglik va xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish nominatsiyasi gʻolibi deb topildi hamda 2-darajali diplom bilan taqdirlandi.
Xodimlarni ijtimoiy himoya qilish hamda maʼnaviy ragʻbatlantirib borish maqsadida 9 oyda Xorazm, Samarqand va Buxoro shaharlariga turistik safarlar uyushtirildi. Sayohatlarda jami 75 nafar markaziy muassasalar xodimlari, hududlardan 55 nafar xodimlar ishtirok etishdi.
Xodimlarning davlat tilida ish yuritish hamda malakasini oshirish yoʻnalishida 9 oy davomida 66 nafar arxivchi oʻz malakasini oshirdi.
Agentlik tizimida Davlat tili siyosati Konsepsiyasida belgilanganidek “Tilga eʻtibor”, “Ona tilida soʻzlashamiz”, “Notiqlik mahorati”, “Til – millat koʻzgusi”, “Kitob bilim manbai”, “Bilimli yoshlar – kelajak bunyodkori” kabi turkum yoʻnalishlarda davra suhbati va tadbirlar tashkil etildi.
Tizimda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish borasida 9 oylikda “Agentlik direktori kubogi” mini-futbol chempionati, “Agentlik shohsupasi” shahmat turniri, sportning 8 ta turi boʻyicha sport musobaqalari tashkil etildi. Shuningdek, Adliya vazirligining “Adliya spartakiadasi” sport musobaqalarida Agentlikning jamoasi ishtirok etib 4 ta oʻrin egalladi.
Avgust-sentabr oylarida tizimda tajribali keksa arxivchilar bilan yosh arxivchilarning uchrashuvlari tashkil etildi, shuningdek, “Arxivchilar sulolasi” mavzusida keksa va tajribali arxivchilarning tajribasini oʻrganib borish boʻyicha tadbirlar tashkil etildi. Jumladan, Oʻzbekiston Milliy arxivida “Faxriylar xonasi” tashkil etilib, ikkinchi marta uchrashuvlar oʻtkazildi.
“Mustaqillikning shonli oʻtmishi va buguni” shiori ostida davlat mustaqilligi kuni munosabati bilan Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivida hamda hududlarda jami 15 ta fotokoʻrgazmalar, 4 ta seminar va 4 ta maʼnaviyat tadbirlari tashkil etildi.
Adliya vazirligining “Adolatning 100 yilligi” mavzusida konsepsiya qilinib, Adliya vazirligiga 5 ta taklif berildi. Hududlarda 2024-yilda oʻtkaziladigan “Adolatning 100 yilligi” mavzusida tegishli ishlar olib borilmoqda.
Qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining tizimga ijobiy taʼsirini keng targʻib qilib borish yoʻnalishida qonun hujjatlari milliy bazasida eʼlon qilinayotgan 17 ta normativ-huquqiy hujjatlar soha xodimlariga yetkazib borildi.
Shuningdek, Agentlik tomonidan “Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi 80 yoshda” kitob-albomi 500 nusxada chop etilib, uning tantanali ravishda taqdimoti oʻtkazildi. Taqdimotda 350 nafar qatnashchilar ishtirok etdi. Mazkur taqdimot davrida 1 ta konferensiya, 1 ta seminar tashkil etilib, kitob-albom keng targʻib qilindi.
21-oktabr - Oʻzbek tili bayrami kunini keng nishonlashga bagʻishlangan 14 ta hudud va 3 ta Milliy arxivlarda oʻzbek tilining targʻibotiga bagʻishlangan tadbirlar tashkil etildi.
Oʻzbekiston Respublikasi davlat ramzlarini keng targʻib qilish borasida 3 ta maʼnaviyat tadbirlari tashkil etilib, davlat ramzlarining mazmuni, mohiyati va bugungi kundagi ahamiyati keng tushuntirildi.
Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi va Yangi Oʻzbekiston islohotlarini keng targʻib qilishda arxivchilar targʻibot guruhi tomonidan 14 ta yigʻilish va tadbirlar tashkil etildi. Eng muhimi yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmunini keng tushuntirishda 2 ta videorolik, 3 ta seminar tashkil etildi.
Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining targʻiboti yuzasidan quyidagi ishlar amalga oshirildi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi “Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-67-son Farmoni ijrosi yuzasidan Agentlikning 11-maydagi 33-son buyrugʻi hamda targʻibot ishlarini samarali tashkil etish boʻyicha nazorat rejasi ishlab chiqildi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligini keng nishonlash, yoshlarda mustahkam fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishda yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Konstitutsiyasini keng targʻib qilish, har bir moddasini tahlillar, amaliy misollar bilan tushuntirish ishlari olib borildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2023-yil 9-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan amalga oshiriladigan qoʻshimcha chora-tadbirlar dasturi”da belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan 2023-yil 15-noyabrda 23-AF-son farmoyish qabul qilindi. Unga koʻra 20-noyabrdan 10-dekabrga qadar viloyat davlat arxivlarida mazkur sanaga bagʻishlangan 17 ta tadbirlar tashkil etildi. Barcha viloyat davlat arxivlarida Konstitutsiya tarixiga oid koʻrgazmalar, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi.
3. “Oʻzarxiv” agentligi direktorining 2023-yil 21-noyabrdagi 25-AF-son farmoyishi qabul qilinib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16- noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi F-72-son Farmoyishi ijrosi yuzasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 1-7-dekabr kunlari “Konstitutsiya xaftaligi” oʻtkazilib, “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi yaratilishi tarixi” mavzusida arxiv va foto hujjatlar koʻrgazmasi tashkil etildi. Koʻrgazmada 100 dan ortiq foto va arxiv hujjatlari namoyish etildi.
4. 2023-yil 5-dekabr kuni Toshkent shahridagi Sayilgoh koʻchasida “Konstitutsiya tarixi” mavzusida 90 ta fotohujjatlar koʻrgazmasi tashkil etildi. Sohada Konstitutsiyaga oid 45 tadan ortiq tadbirlar oʻtkazildi va OAV, ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritildi.
VI. Arxiv ishi sohasida xalqaro hamkorligi yuzasidan “О‘zbekiston Respublikasi “О‘zarxiv” agentligi va Amerika Qо‘shma Shtatlari Xolokost yodgorlik muzeyi о‘rtasidagi hamkorlik tо‘g‘risidagi Shartnoma” asosida AQSH Xolokost muzeyi bilan hamkorlik ishlari, jumladan, 2021-yil 14-yanvarda ikki tomonlama imzolangan Texnik bitim doirasida va Agentlikning 2021-yil 9-fevraldagi 39-son buyrug‘iga asosan belgilangan ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2023-yil mart-aprel oylarida Muzeyning Xalqaro arxivlar dasturi katta direktori Vadim Alskan Oʻzbekistonga ishchi tashrif bilan bo‘lib, Agentlik direktori U.Yusupov boshchiligida Oʻzbekiston Milliy arxivi direktori D.Zakirova (loyiha koordinatori) va V.Alskan oʻrtasida uch tomonlama uchrashuv oʻtkazildi. Uchrashuv yakunida Oʻzbekiston Milliy arxivi faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida saqlovxona, restavratsiya, raqamlashtirish xonasi, oʻquv zali va muzey boʻylab ekskursiya tashkil etildi. Loyiha doirasida 2022-yil uchun tanlangan arxiv materiallari roʻyxati oʻrnatilgan tartibda kelishilgan boʻlib, ushbu roʻyxat asosida arxiv materiallarining raqamli nusxalari tayyorlandi. Tanlangan va kelishilgan jami 94 796 ta kadrdan iborat arxiv materiallari jamlangan 2 ta qattiq disk AQSh Xolokost yodgorlik muzeyiga diplomatik kanallar orqali yuborilgan.
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-noyabrdagi 706-son qarori bilan tasdiqlangan nizom talablariga asosan Davlat arxivlari о‘quv zallaridan foydalanish faoliyati bо‘yicha 2023-yil mobaynida AQSh, Polsha, Germaniya, Chexiya, Shvetsiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Rossiya Federatsiyasi, Qirg‘iziston, Qozog‘iston kabi xorijiy mamlakatlardan jami 64 ta xorijiy foydalanuvchilar davlat arxivlari о‘quv zallariga tashrif buyurgan, shulardan 43 tasiga arxiv materiallaridan о‘rnatilgan tartibda foydalanishga 1 yilga amal qiluvchi ruxsatnoma berilgan.
2023-yil 17-yanvarda Belarus Respublikasi “Ulug‘ Vatan urushi tarixi Muzeyi”da “Xalq xotirasi muqaddas” nomli kо‘rgazma ochildi. Mazkur kо‘rgazma Agentlik, Belarus Respublikasi “Ulug‘ Vatan urushi tarixi Muzeyi”, О‘zbekiston Respublikasining Belarusdagi Elchixonasi, SHHT О‘zbekistondagi Xalq diplomatiyasi markazi hamkorligida о‘tkazilmoqda. Agentlik tomonidan taqdim etilgan fotohujjatlar о‘zbek xalqining Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan umumiy G‘alabaga qо‘shgan xissasini aks ettiradi. Kо‘rgazma о‘z ishini 2023-yil 5-martga qadar davom ettirdi.
2023-yil 26-yanvarda “О‘zbekiston-Isroil” dо‘stlik jamiyati tomonidan “Xolokost xotirasi kuni” munosabati bilan Isroil Davlati va О‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari hamda Agentlik tizimidagi milliy arxivlar vakillari ishtirokida tashkillashtirilgan onlayn tadbirda ishtirok etildi.
2023-yil 8-fevralda “О‘zarxiv” agentligiga Polsha Respublikasi Gdansk shahridagi Ikkinchi jahon urushi Muzeyi direktori Gjegoj Berendt va Sibir Xotira muzeyi direktori Voytsex Sleshinskiy tashrif buyurdilar. Uchrashuv chog‘ida “О‘zarxiv” agentligi va Polsha muzeylari hamda arxivlari о‘rtasida о‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi. “О‘zarxiv” agentligiga Gjegoj Berendt tomonidan Ikkinchi jahon urushi davrida Polshaning “Pomor voyevodligi” hududida dafn etilgan о‘zbekistonlik askarlar rо‘yxati taqdim etildi.
Birlashgan Arab Amirliklari tashabbusiga kо‘ra, “О‘zbekiston Milliy arxivining yangi binosini qurish” grant loyihasi yuzasidan 2023-yil 22-fevralda BAA Milliy kutubxonasi va arxivi departament direktori Hamad Abdulla
Al Mutairi bilan videokonferens-aloqa shaklida navbatdagi ishchi muzokara о‘tkazildi. Mazkur onlayn muzokarada “О‘zarxiv” agentligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi vakillari hamda BAA loyiha muhandislari ishtirok etdilar.
8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan “О‘zbekiston xotin-qizlari ta’lim sohasida” mavzusidagi “О‘zbek ayoli – о‘tmish, nafosat, kelajak ramzi” an’anaviy II Respublika fotokо‘rgazmasi Toshkent Fotosuratlar uyida
2023-yil 6-11-mart kunlari “О‘zarxiv” agentligi tomonidan tashkil etilib, unga xorijoy diplomatik vakolatxonalar va hamkor tashkilotlar rahbar-ayollari taklif etildi.
2023-yil 16-martda Germaniyaning Dyusseldorf shahridagi Xaynrix Xayne nomidagi universitetining Sharqiy Yevropa mamlakatlari kafedrasi о‘qituvchilari va talabalaridan iborat delegatsiya О‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxiviga tashrif buyurdi. Mazkur arxiv faoliyati bilan talaba yoshlarni yaqindan tanishtirish, hujjatlardan foydalanish spektrini kengaytirish maqsadida О‘zbekiston-Germaniya Respublikalari о‘zaro madaniy aloqalari tarixi haqida kinoxronikalar namoyishi va “Nemis shoiri Xaynrix Xayne ijodi haqida” mavzusida bosma adabiyotlar va fotokо‘rgazmasi о‘tkazildi.
2023-yil 29-martda AQSH Xolokost yodgorlik muzeyining Xalqaro arxivlar dasturi katta direktori Vadim Alskan Agentlikka tashrif buyurdi. Agentlik direktori U.Yusupov boshchiligida О‘zbekiston Milliy arxivi direktori D.Zakirova (loyiha koordinatori) va V.Alskan о‘rtasida uch tomonlama uchrashuv о‘tkazildi. Shu bilan birga, 29-31-mart kunlari О‘zbekiston milliy arxivlari faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida saqlovxona, restavratsiya, raqamlashtirish xonasi, xodimlar faoliyati, о‘quv zali va muzey bо‘ylab ekskursiya tashkil etildi, shuningdek arxiv saqlovxonalarida mikroiqlimni boshqarish va nazorat qilish integrallashgan tizimi haqida ma’lumotlar berildi.
Oʻzbekistonda Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazining taklifiga koʻra 2023-yil 14-aprel kuni oʻtkazilgan “Xalq diplomatiyasi Markaziy Osiyo hududida tinchlik, doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilikni mustahkamlashning muhim omili” mavzusidagi mintaqaviy konferensiyada ishtirok etildi.
Rossiya davlat ijtimoiy-siyosiy tarix arxivi tomonidan 2023-yilning 13-14-aprel kunlari oʻtkazilgan Yosh olimlar va mutaxassislar XIII Xalqaro konferensiyasi “CLIO-2023”da onlayn formatda ishtirok etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-avgustdagi 196-son “Fransiya va Italiya davlatlari bilan Madaniy meros sohasida hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida” bayoni 1-ilovasining 8-bandi ijrosini ta’minlash “Fransiya Madaniyat vazirligi va Davlat arxivi bilan hamkorlikda Fransiyadagi Oʻzbekistonga oid madaniy boyliklarini oʻrganish boʻyicha ilmiy onlayn-seminarini tashkil etish” maqsadida Madaniy meros agentligi tashabbusiga koʻra, 2023-yilning 20-aprel kuni tashkillashtirilgan onlayn-seminarda ishtirok etildi.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Tarix fakulteti “Manbashunoslik va arxivshunoslik” kafedrasi tomonidan 2023-yil 27-aprel kuni o‘tkazilgan “O‘zbekistonda raqamli arxivlar: yutuqlar va muammolari” mavzusidagi Xalqaro konferensiyada ishtirok etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Fanlar Akademiyasi, Oʻzbekistonda Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi, “Oʻzarxiv” agentligi va “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi hamkorligida 2023-yil 27-aprelda “Shon-sharaf” davlat muzeyida o‘tkazilgan Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Buyuk Gʻalabaning 78 yilligi munosabati bilan “Koʻp millatli O‘zbekiston xalqining Ikkinchi jahon urushi yillarida front va front ortida koʻrsatgan beqiyos jasorati: tarix, talqin, texnologiya” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etildi.
“9-may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Oʻzbekiston xalqining Ikkinchi jahon urushidagi gʻalabaga qoʻshgan hissasini namoyish etuvchi “Xotira – abadiy, inson qadri – muqaddas” mavzusida arxiv hujjatlari fotokoʻrgazmasi Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyida 2023-yilning 5-15-may kunlari oʻtkazildi hamda unda xorij Elchixonalari vakillari, jumladan, Isroil Davlati va Belarus Respublikasi Elchilari kirish nutqlari bilan ishtirok etdilar.
2023-yilning 19-may kuni Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyida Toshkentdagi “Свитанак” belorus milliy madaniyat markazi va Oʻzbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi bilan hamkorlikda “Xalqaro muzeylar kuni” munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi mavzusiga bagʻishlangan madaniy-maʼrifiy kechada ishtirok etildi.
Qozogʻiston Respublikasi Madaniyat va sport vazirligining Arxiv ishi va hujjatlarni boshqarish Qo‘mitasi huzuridagi “Kino-foto va ovozli hujjatlar Markaziy davlat arxivi” respublika davlat muassasasining 80-yillik yubileyi doirasida 2023-yilning 18-19-may kunlari Olma-Ota shahrida “Qozog‘iston Respublikasi Milliy arxiv fondining audiovizual hujjatlarini saqlash va ulardan foydalanishning dolzarb masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etildi.
2023-yilning 18-20-may kunlari Tatariston Respublikasi Qozon shahrida boʻlib oʻtgan “Rossiya-Islom olami: KazanForum 2023” XIV Xalqaro iqtisodiy sammitda hamda mazkur sammit doirasida oʻtkazilgan “Shejere-iman nigeze” nomli forumda ishtirok etildi.
2023-yilning 24-26-may kunlari Buxoro shahrida o‘tkazilgan “Central Asia-2023: Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda Internet va axborot-kutubxona resurslari” XVI Xalqaro konferensiyasida ishtirok etildi.
Oʻzbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazining taklifiga binoan 2023-yilning 30-may kuni Toshkent fotosuratlar uyida oʻtkazilgan “1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan ShHT davlatlaridagi maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari va maktab oʻquvchilari oʻrtasida “Tabiatni birgalikda asraylik” mavzusida navbatdagi bolalar rasmlari koʻrgazmasida ishtirok etildi.
Xalqaro arxivlar kengashi (ICA)ning 2023-yil 25-maydagi axborot xatiga muvofiq, 2023-yil 5-9-iyun kunlari onlayn formatda vebinarlar seriyasidan iborat #IAW2023 – beshinchi xalqaro arxivlar haftaligida ishtirok etildi.
Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Arxivining taklifiga muvofiq, 2023-yilning 7-9-iyun kunlari Olma-Ota shahrida “Arxivlarning ochiqligi va foydalanish imkoniyati: rivojlanishning yangi tendensiyalari” mavzusida oʻtkazilgan MDH davlatlari “Yosh arxivchilar yozgi maktabi” VI malaka oshirish dasturida ishtirok etildi.
“9-iyun – Xalqaro arxivlar kuni” munosabati bilan oʻzbek tomoni tashabbusiga koʻra ilk marotaba 2023-yil 8-iyun kuni Tashqi ishlar vazirligi, “Oʻzarxiv” agentligi va Oʻzbekistondagi Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi hamkorligida ShHTga a’zo davlatlar arxiv idoralari rahbarlari ishtirokida “Arxivlar – ShHTga a’zo davlatlar oʻrtasidagi doʻstlik koʻprigi” mavzusida davra-suhbati onlayn vidoekonferens-aloqa shaklida oʻtkazildi. Mazkur davra-suhbatida “Oʻzarxiv” agentligi va Oʻzbekistondagi Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi rahbarlari, ShHTga a’zo davlatlar – Hindiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Pokiston, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston hamda “kuzatuvchi” davlat boʻlmish Belarus Resublikasi arxiv idoralari rahbarlari (Xitoy Xalq Respublikasidan vakil ishtirok etmadi), shuningdek, Oʻzbekiston va Belarus respublikalari adliya vazirlari hamda Tashqi ishlar vazirligi mutasaddilari oʻz nutqlari bilan faol ishtirok etdilar.
Rossiya Federatsiyasi Perm davlat ijtimoiy-siyosiy tarix arxivida 2023-yilning 12-15-iyun kunlari Perm shahrida o‘tkazilgan “V-Пермские научно-образовательные чтения “История Императорского Дома Романовых. К 410-летию Дома Романовых и 300-летию города Перми” ilmiy Forumida ishtirok etildi.
2023-yilning 10-29-iyul kunlari Amerika Qо‘shma Shtatlari (AQSH) oʻtkazilgan “XXI asr о‘zgarishlar yaratuvchilari: madaniy meros va о‘ziga xoslikni saqlash va himoya qilish bо‘yicha Markaziy Osiyo uchun submintaqaviy loyihasi – Xalqaro tashrif buyuruvchilarning yetakchilik dasturida” ishtirok etildi.
2023-yil 24-iyuldan 2-avgust kunlari Koreya Respublikasining Seul shahrida “Raqamli hujjatlarni boshqarishda jamoatchilik salohiyatini oshirish” mavzusidagi yangi qisqa muddatli xalqaro dasturida ishtirok etildi.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibiyatining 2023-yil 8-sentabrdagi 19-RA 1-11826-son xati va Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-sentabrdagi 585-F-son farmoyishiga asosan, Samarqand shahrida 2023-yil 19-22-sentabr kunlari Mustaqil Davlatlar Hamdо‘stligiga a’zo davlatlarning arxiv xizmatlari rahbarlari Maslahat kengashining 19-yig‘ilishi hamda uning doirasida “Elektron hujjatlarni saqlash: texnologiyalar va usullar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi о‘tkazildi.
2023-yil 21-sentabrda Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi va Tojikiston Respublikasi Hukumati huzuridagi Arxiv bosh boshqarmasi oʻrtasida arxiv ishi va ish yuritish sohasida Anglashuv memorandumi imzolandi.
2023-yil 9-13-oktabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida o‘tkazilgan ICA (Xalqaro arxivlar kengashi) Abu-Dabi Kongressi-2023 tadbirlari (Bosh assambleyasi)da ishtirok etildi.
Joriy yilning 27-28 - oktabr kunlari “O‘zarxiv” agentligi va tizimdagi davlat arxivlari mutaxassislari Umumrossiya hujjatlashtirish va arxiv ishi ilmiy-tadqiqot instituti (VNIIDAD) tomonidan o‘tkazilgan “Axborot jamiyatida hujjatlashtirish: raqamli asr merosini shakllantirish va saqlash” mavzusidagi XXIX Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida onlayn formatda ishtirok etdilar.
2023-yil 6-dekabrda Qozog‘iston Respublikasining Ostona shahrida “Qozog‘iston Respublikasi Madaniyat va axborot vazirligining Arxivlar, hujjatlashtirish va kitob ishi qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi o‘rtasida madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish to‘g‘risidagi kelishuvlarning bajarilishini ta’minlash bo‘yicha 2023-2026-yillar uchun amaliy harakatlar rejasi” imzolandi.
2023-yil 7-8-dekabr kunlari Qozog‘iston Respublikasining Ostona shahrida “ASTANA ARCHIVE FEST” Xalqaro arxivchilar forumi va ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etildi.
VII. 2023-yil davomida Agentlikka kelib tushgan hujjatlar 6 019 tani, yuborilgan hujjatlar soni 1 642 tani tashkil etdi. Shuningdek, 102 ta asosiy faoliyatga oid, 149 ta shaxsiy tarkibga oid buyruqlar va 27 ta farmoyishlar ishlab chiqildi. Hisobot davrida Agentlik tomonidan 37 ta, ya’ni shundan, О‘zbekiston Respublikasi Qonunlari (2 ta), О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari (7 ta), О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari (13 ta), О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari (15 ta) ijrosi yuzasidan tegishli hujjatlar qabul qilindi.
Axborot-tahlil va murojaatlar bilan
ishlash bо‘limi bosh mutaxassisi A.Fayzullayev