Muhtaram yurtdoshlar! O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 34 yillik bayrami bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!



Muhtaram yurtdoshlar!

Sizni eng ulug‘, eng aziz ayyom - O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 34 yillik bayrami bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!

Bu yilgi ulug‘ sana “Vatan uchun, xalq uchun, millat uchun!” degan ezgu va ruhlantiruvchi shior ostida nishonlanmoqda. Mazkur tamoyil mustaqillik neʼmatining yurtimiz va xalqimiz hayotida tutgan beqiyos o‘rnini yana bir bor eʼtirof etadi.

Shu qutlug‘ kunda barcha yurtdoshlarimizga Vatan taraqqiyoti, xalq farovonligi, millat ravnaqi yo‘lidagi saʼy-harakatlarida
muvaffaqiyatlar tilaymiz. Tinchlik, barkamollik va
totuvlik doimo hamrohimiz bo‘lsin!

Hurmat bilan,
“O‘zarxiv” agentligi jamoasi


Manba : “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati