DIQQAT EʼLON! 1-sentabr — Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yillik bayramiga bag‘ishlangan ‘‘Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!’’ shiori ostida "Yangi Oʼzbekistonni suratlarda kashf etamiz" mavzusidagi Respublika fotokoʼrgazmasiga taklif etamiz!

Joriy yilning 29-avgust kuni “Oʻzarxiv” agentligi, Oʻzbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi hamda Toshkent Fotosuratlar Uyi hamkorligida 1-sentabr Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yillik bayramiga bag‘ishlangan ‘‘Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!’’ shiori ostida "Yangi Oʼzbekistonni suratlarda kashf etamiz" nomli fotoko‘rgazmasi tashkil etilmoqda.

Fotokoʻrgazmaning tantanali ochilish marosimi 29-avgust kuni soat 11.00 da Toshkent Fotosuratlar uyida tashkil etiladi.

Manzil: Toshkent Fotosuratlar uyi, Toshkent shahri Istiqbol koʻchasi 4 uy.

Moʻljal: Toshkent kurantlari yonida.

Manba : “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati