1-iyun – "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" munosabati bilan Farg‘ona viloyati davlat arxivida faoliyat yuritayotgan xodimlarning farzandlari ishtirokida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.





1-iyun – "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" munosabati bilan Farg‘ona viloyati davlat arxivida faoliyat yuritayotgan xodimlarning farzandlari ishtirokida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda  arxiv xodimlari tomonidan bolalarning jamiyat va hayotimizdagi o‘rni, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida fikrlar bildirildi.

Bayramona ruhda o‘tgan tadbir davomida bolajonlar tomonidan  konsert dasturlari — kuy va qo‘shiqlar, raqslar namoyon etildi. Ular o‘z ijrolari bilan yig‘ilganlarga quvonch va iliq his-tuyg‘ular ulashishdi.

Tadbir yakunida Farg‘ona viloyati davlat arxivi tomonidan tayyorlangan esdalik sovg‘alari bolalarga tantanali ravishda topshirildi.


Manba : “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati