1-iyun – “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan «O‘zarxiv» agentligi tomonidan bugun “Oila kuni” aksiyasi tashkil etildi.
























1-iyun – “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan «O‘zarxiv» agentligi tomonidan bugun “Oila kuni” aksiyasi tashkil etildi.

Tadbirda Agentlik va uning tizimidagi milliy arxivlar, Toshkent shahar davlat arxivlari xodimlarining oila aʼzolari, farzandlari uchun Respublika Qo‘g‘irchoq teatrida “Bolalar bizning dunyo” mavzusida teatr repertuari hamda qo‘g‘irchoqlar shousi tashkil etildi.

Teatr namoyishidan avval bolalar bilan ko‘ngilochar tadbirlar, qo‘g‘irchoq teatri aktyorlari, xalq ertaklari qahramonlari bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Teatr tomonidan bolalar uchun fotosessiya hududi o‘rnatildi. Bolalarning ijodidan sheʼr va qo‘shiqlar yangradi.


Manba : “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati