13 MART UMUMXALQ XAYRIYa HAShARI

 

 

"O‘zarxiv" agentligi tizimidagi barcha arxiv muassasalarida bugun uyushqoqlik bilan umumxalq xayriya hasharlari tashkil etilmoqda.
Erta tongdan "O‘zarxiv" agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov boshchiligida markaziy apparat xodimlari Agentlik joylashgan Chilonzor mahallasidagi "SOBITXON XOJI" Jome masjidi va unga tutash bo‘lgan qabristonda hashar ishlarini boshlab yubordilar.
Biz qabrlar orasini emas, ko‘ngilimizni tozaladik, biz daraxtlarni oqlash orqali- qalblarimizni oqladik, biz marxumlar ziyoratgohini,masjidni obod bo‘lishiga o‘z xissamizni qo‘shish bilan dillarimizni obod qildik.
YURTDOShLAR GULLAR VA KO‘ChATLAR EKAYLIK, VATANIMIZGA GO‘ZALLIK URUG‘INI SOChAYLIK...


Manba : "Ўзархив" агентлиги Ахборот хизмати