14-yanvar – "Vatan himoyachilari kuni" bilan barcha harbiylarimizni muborakbod etamiz.

Hurmatli harbiylar, aziz yurtdoshlar!
Ushbu qutlug‘ ayyomda o‘z hayotini Vatan himoyasidek ulug‘ ishga bag‘ishlagan siz, azm-u shijoatli harbiylarimizni sharaflab, xalqimiz, mamlakatimiz tinchligi va xavfsizligi yo‘lidagi xizmatlaringiz uchun barchangizga chuqur minnatdorlik bildiramiz. Sizni va siz orqali barcha jamoangizdagi fidoyi insonlarni bugungi shodiyona 14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni" bilan samimiy muborakbod etamiz. Sizga mashaqqatli va mas’uliyatli ishingizda ulkan zafarlar tilab qolamiz. Bayramingiz muborak bo‘lsin aziz yurtdoshlar!
Hurmat bilan,
“O‘zarxiv” agentligi jamoasi.


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati
O'zbekiston Respublikasi Xukumat portali
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi