2015 yil 22 iyun kuni O'zbekiston Badiiy akademiyasining Badiiy ko'rgazmalar zalida “1941-1945 yillar Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan G'alabaning 70 yilligi hamda “2015 yil – Keksalarni e'zozlash yili”ga bag'ishlangan Xalqaro O'zbekiston-Rossiya q
2015 yil 22 iyun kuni O'zbekiston Badiiy akademiyasining Badiiy ko'rgazmalar zalida “1941-1945 yillar Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan G'alabaning 70 yilligi hamda “2015 yil – Keksalarni e'zozlash yili”ga bag'ishlangan Xalqaro O'zbekiston-Rossiya qo'shma tarixiy- hujjatli ko'rgazmasi bo'lib o'tdi. Mazkur ko'rgazma Rossiya va O'zbekiston arxiv muassasalari, ya'ni Rossiya Federal arxiv agentligi (Rosarxiv), O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O'zarxiv” agentligi, Rossiya Federatsiyasi davlat arxivi, Rossiya iqtisod davlat arxivi, Rossiya ijtimoiy-siyosiy tarixi davlat arxivi, Rossiya kinofotohujjatlari davlat arxivi, Rossiya xarbiy davlat arxivi, O'zbekiston Respublikasi Kinofotofono hujjatlari Markaziy davlat arxivi, O'zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati arxiv ishi boshqarmalari bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Ko'rgazmaga Rossiya Federatsiyasining O'zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Tyurdenev Vladimir Lvovich, Rossiya Federal arxiv agentligi rahbar o'rinbosari Tarasov Vladimir Petrovich, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O'zarxiv” agentligi rahbariyati, O'zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivlari Toshkent shahar va Toshkent viloyati arxiv ishi boshqarmalari rahbarlari va xodimlari, “Nuroniy” jamg'armasi, O'zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo'mitasidan Faxriy mehmonlar, O'zbekiston Milliy Universitetining tarix hamda arxivshunoslik yo'nalishi talabalari tashrif buyurdilar.
Ko'rgazmada arxivning Ikkinchi jahon urushi aks etgan alohida qimmatli va noyob kinofotofono hujjatlari namoyish etildi. Shuningdek ko'rgazma jarayonida mehmonlarni urush davridagi dasturxonlarning hamda oziq-ovqatlarning ta'mini his qilishlari uchun o'sha davr ruhida dasturxon yozildi.
Ko'rgazmaga qo'yilgan hujjatlarda O'zbekiston xalqining jang maydonidagi qahramonligi, mehnat frontidagi mashaqqatli mehnati, bag'rikengligi, insonlarning bir biriga bo'lgan mehr oqibati, shijoati va mardligi yaqqol namoyon bo'ldi.
Ushbu ko'rgazmani o'tkazishdan maqsad yosh avlodlarga tarixni chuqur o'rgatish hamda hozirgi tinch osuda hayotni qadriga etib yashashni anglatishdir. Zero, Tinchlik bu bebaho ne'matdir.