2015-yil Keksalarni e’zozlash yili deb e’lon qilindi

“O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida 5-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning yigirma ikki yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda O‘zA. Unda davlat va jamoat arboblari, fan, madaniyat va san’at namoyandalari, poytaxt jamoatchiligi, mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy davlatlarning elchixonalari va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari vakillari ishtirok etdi.

Foto: uzbekistonovozi.uz

Foto: uzbekistonovozi.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tantanali yig‘ilishda ma’ruza qildi. Prezident kirib kelayotgan yangi – 2015-yilni mamlakatimizda Keksalarni e’zozlash yili deb e’lon qilishni taklif etdi. Davlatimiz rahbarining bu taklifi yig‘ilganlar tomonidan gulduros qarsaklar bilan qo‘llab-quvvatlandi.

Tantanali marosim san’at ustalari va yosh ijrochilarning bayram konserti bilan yakunlandi.

Manba: daryo.uz