2016 yilning 11-15 oktyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida “Audiovizual hujjatlar: Vatanga xizmatning 90 yilligi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi

2016 yilning 11-15 oktyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida “Audiovizual hujjatlar: Vatanga xizmatning 90 yilligi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi

2016 yil 11-15 oktyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan “Audiovizual hujjatlar: Vatanga xizmatning 90 yilligi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi. Ushbu konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi bo‘lim boshlig‘i A.A.Usmonov “O‘zbekistonda arxiv ishini rivojlanish istiqbollari” mavzuidagi ma’ruzasi bilan hamda O‘zbekiston Respublikasi kinofotofono hujjatlari Markaziy davlat arxivi direktor o‘rinbosari Z.X.Djabbarova “O‘zbekiston Respublikasi Kinofotofono hujjatlari markaziy davlat arxivida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etish tajribasi” mavzuidagi ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

Konferensiyada Federal arxivi rahbarlari, Rossiya Kinofotohujjatlari arxivi rahbarlari, Rossiya davlat ijtimoiy fanlar universiteti vakillari, Rossiya Federatsiyasining shahar va viloyat arxivi rahbarlari, Tatariston, Tojikiston, Armaniston, Belorussiya, Litva va Qozog‘iston Respublikalari arxivi vakillari hamda audiovizual hujjatlar bilan ishlovchi boshqa mutaxassislar ishtirok etdilar.

Shuningdek, konferensiya doirasida Krasnogorsk shahridagi Rossiya davlat Kinofotohujjatlari arxivida ekskursiya tashkil etildi. Ekskursiya davomida arxivdagi ish jarayoni hamda qiziqarli kinohujjatlar namoyish etildi.

Konferensiya yakunida savol-javoblar, bahs-munozaralar o‘tkazildi, barcha o‘zini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Audiovizual hujjatlar bilan ishlovchi mutaxassislar uchun konferensiya katta ahamiyatga ega bo‘ldi.

Agentlik Axborot xizmati