2016 yilning 17 avgust kuni Koreya Milliy arxivi va “O‘zarxiv” agentligi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.

 2016 yilning 17 avgust kuni Koreya Milliy arxivi va “O‘zarxiv” agentligi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.

Mazkur memorandum doirasida tomonlar ikki tomonlama manfaatli bo‘lgan arxiv ishi sohasidagi normativ-huquqiy aktlar, axborot va hujjatlar bilan, arxivshunoslik, arxeografiya va hujjatshunoslik masalalari bo‘yicha adabiyotlar, shuningdek arxiv hujjatlarining nashrlari bilan o‘zaro almashinadilar.

Shuningdek, Tomonlar arxiv ishi sohasida ekspertlar va mutaxassislar bilan o‘zaro almashinuvni amalga oshiradilar.

O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi tadqiqotchilariga Tomonlarning davlat arxivlarida saqlanayotgan, hujjatlarga asoslangan meroslarni o‘rganish ishida amaliy yordam ko‘rsatadilar.

Har bir Tomon tegishli arxiv fondlari, ilmiy-ma’lumotnoma apparati va ma’lumot materiallarini kirib ko‘rishni tashkil etadi.

O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi xalqlari tarixi va madaniyati haqida ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjatlar bilan o‘z milliy arxiv fondlarini to‘ldirish maqsadida Tomonlar bir-birlariga ularni aniqlash va nusxalarini taqdim etishda o‘zaro amaliy yordam ko‘rsatadilar.

 

Agentlik Axborot xizmati