2017 yil 10 yanvar kuni Andijon viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasida jismoniy va yuridik shahslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk ob’ektlarini yalpi xatlovdan o‘tkazishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 3 avgustdagi 251-sonli qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika hududida 2016-2017 yillar mobaynida jismoniy va yuridik shahslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk ob’ektlarini yalpi xatlovdan o‘tkazish ishlari keng ko‘lamda tashkil etilgan bo‘lib, hususan Andijon viloyatida ham ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida bir qator idoralar vakillaridan iborat ko‘chmas mulk ob’ektlarini yalpi xatlovdan o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruh o‘z faoliyatni boshlagan.

Ishchi guruh faoliyati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri qo‘mitasi tashabbusi bilan 2017 yil 10 yanvar kuni Andijon viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasida viloyat, tuman davlat arxivlari, idoralararo xo‘jalik hisobidagi shahsiy tarkib xujjatlari arxivlari direktorlari ishtirokida navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazilib, yig‘ilishda viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i Sh.Haydarov ishchi guruh faoliyati to‘g‘risidagi topshiriqni yig‘ilish qatnashchilariga o‘qib eshittirdi.

Sh.Haydarov jismoniy va yuridik shahslarga tegishli bo‘lgan, ko‘chmas mulk ob’ektlaridan foydalanganlik uchun soliqqa solishni ta’minlash, shuningdek “Elektron hukumat” tizimi doirasida “Kadastr va ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish tizimini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirishda tashkil etilgan ishlar borasida to‘xtalib, topshiriqda ko‘rsatib o‘tilgan Asaka, Jalaquduq, Ulug‘nor tumanlaridagi arxiv idoralari tomonidan ishchi guruh so‘rovlarini ijrosini ta’minlashda sustkashlikka yo‘l qo‘yish holatlari mavjud ekanligini ta’kidladi. Ushbu holat yuzasidan Asaka tuman Davlat arxivi, Jalaquduq hamda Ulug‘nor tumanlari bo‘yicha Milliy arxiv fondi xujjatlarini jamlovchi idoralar hisoblangan Qo‘rg‘ontepa va Shahrixon tuman davlat arxivlari shu bilan bir qatorda Jalaquduq, Ulug‘nor tumani idoralararo xo‘jalik hisobidagi shahsiy tarkib xujjatlari arxivlari direktorlariga nisbatan o‘z e’tirozlarini bildirib o‘tdi. Kelgusida ushbu hatlov yuzasidan ishchi guruh so‘rovlariga tezkor va sifatli tarzda javob berish maqsadida chora tadbirlar ishlab chiqqan holda tizimli ish tashkil qilish masalasini vazifa sifatida belgilab berdi.

Yig‘ilishda Qo‘rg‘ontepa tuman davlat arxivi direktori M.Yunusov, Izboskan tuman davlat arxivi direktori Sh.Mamitov, Ulug‘nor tumani idoralararo ho‘jalik hisobidagi shahsiy tarkib xujjatlari arxivi direktori A.Yunusovlar so‘zga chiqib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan hamda ishchi guruh so‘rovlari ijrosini ta’minlashda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi o‘zlarining hisobotlarini yig‘ilish qatnashchilariga o‘qib eshittirdi.

Yig‘ilish yakuniga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 3 avgustdagi 251-sonli qarorini ijrosini ta’minlashda xatlov ishchi guruhi bilan ijobiy natijaga sifatli erishish maqsadida hamkorlikni yanada kuchaytirish va mazkur qaror ijrosi bo‘yicha ishlarni amalga oshirishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan rahbar xodimlarga intizomiy chora ko‘rish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Agentlik Axborot xizmati