2019-yil 28-avgust kuni “Oʻzarxiv” agentligi Bosh direktori U.M.Yusupovning Surxondaryo viloyati Sherobod tumani davlat arxivida sayyor qabuli boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari kotibiyati tomonidan 2019-yil 5-iyulda tasdiqlangan “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi rahbariyatining 2019-yil II yarim yilligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda viloyatlardagi shahar va tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarning sayyor qabul qilish jadvali”ga muvofiq 2019-yil 28-avgust kuni “Oʻzarxiv” agentligi Bosh direktori U.M.Yusupovning Surxondaryo viloyati Sherobod tumani davlat arxivida sayyor qabuli boʻlib oʻtdi. Qabul davomida fuqarolar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob hamda tegishli tavsiyalar oldilar.