2021 yil 30 oktyabr kuni “O‘zarxiv” agentligi hamda 3 ta O‘zbekiston milliy arxivlari xodimlari o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi.
Unda arxivchi xodimlarning stol tennisidagi mahoratlari sinab ko‘rildi. Muvaffaqiyatli ishirok etgan sportchilar Agentlik idoraviy mukofotlariga tavsiya etildi.
Shuningdek, noyabr oyining birinchi xaftasi tizimda “Sport xaftaligi” deb e’lon qilinib start berildi.
“Sport xaftaligi”da tizimdagi 3 ta milliy arxivlar, 14 ta viloyat hududiy boshqarmalari, ularning tasarrufidagi barcha arxivlar xodimlari stol tennisi, voleybol, basketbol, 100 metrga yugurish va sportning boshqa turlari bo‘yicha bellashadilar.
Tadbirlardan maqsad sog‘lomlashtirish tadbirlarini arxivchilar o‘rtasida ommaviylashtirish.