2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan chora-tadbirlar ijrosi to‘g‘risida

“Oʻzarxiv” agentligining 2022-yil 29-martdagi
01-26-06/422-son xatiga ilova

 

2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan
chora-tadbirlar ijrosi toʻgʻrisida

TAHLILIY MAʼLUMOT

T/r

Ustuvor yoʻnalishlar, maqsadlar va vazifalar

Amalga oshirish mexanizmlari

Amalga oshirish shakli

Muddati

Amalga oshirish xarajatlari

(moliyalashtirish manbalari)

Masʼul ijrochilar

Amalga oshirilgan ishlar,

tayyorlangan hujjat loyihalari

(kimga, qachon kiritilganligi,
xat raqami va sanasi)

  1. INSON QADRINI YUKSALTIRISH VA ERKIN FUQAROLIK JAMIYATINI YANADA RIVOJLANTIRISH ORQALI XALQPARVAR DAVLAT BARPO ETISH

(Masʼullar — T. Narbayeva va N. Ismoilov)

5-maqsad. Ixcham, professional, adolatli, yuqori natijadorlikka xizmat qiladigan davlat boshqaruvi tizimini joriy qilish

1.

18. Vazirlik va idoralarda ish yuritish va maʼmuriy boshqaruv jarayonlari sifatini takomillashtirish.

Vazirlik va idoralar faoliyatiga sifat menejmenti tizimining xalqaro standartini
(ISO: 9001) joriy qilish.

Bunda, ushbu tizimni 2022-yilning yakuniga qadar vazirlik va idoralarning
30 foizida joriy qilish.

Amaliy
chora-tadbirlar

 

2022-yil

yakuniga qadar

-

Oʻzbekiston
texnik jihatdan
tartibga solish
agentligi
D. Sattorov,
 

vazirlik
va idoralar

 

Bajarildi.

“Oʻzarxiv” agentligi markaziy apparati (boshqaruv) faoliyatiga sifat menejmenti tizimining xalqaro standartini (ISO:9001) joriy qilish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, Agentlikning 2022-yil 28-fevraldagi 01-26-06/284-son xati asosida Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan (2022-yil 7-martda) kelishildi. Shuningdek, “Oʻzarxiv” agentligining 2022-yil 10-martdagi 50-son buyrugʻiga asosan mazkur reja hamda ishchi guruhi tarkibi tasdiqlandi.

 

Bajarilmoqda.

“Oʻzarxiv” agentligi (boshqaruv) faoliyatiga  ISO 9001 xalqaro sifat menejmenti standartini joriy etish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, Agentlikda xalqaro standartni joriy etish
maqsadida baholash auditini oʻtkazish ishlari olib borilmoqda.

V. MAʼNAVIY TARAQQIYOTNI TAʼMINLASH VA SOHANI YANGI BOSQICHGA OLIB CHIQISH

(Masʼullar – X.Sultonov va A.Abduxakimov)

75-maqsad: Tasviriy va amaliy sanʼat hamda dizayn yoʻnalishlarini rivojlantirish, aholining badiiy-estetik didini yuksaltirish

2.

274. Atoqli Oʻzbekiston xalq rassomlarining namunali hayoti va ijodini keng targʻib qilish hamda ular xotirasini abadiylashtirish.

1. Quyidagi atoqli Oʻzbekiston xalq rassomlarining tavalludlarini munosib nishonlash:

Chingiz Axmarov tavalludining 110-yilligi;

Zinaida Kovalevskaya tavalludining 120-yilligi;

2. Atoqli Oʻzbekiston xalq rassomlari yashab va ijod qilgan uylariga yodgorlik lavhalarini oʻrnatish.

3. Oʻzbekiston xalq rassomi Chingiz Axmarov tavalludining 110-yilligi munosabati bilan haykal oʻrnatish.

4. Ijodiy koʻrgazma va ilmiy-amaliy konferensiyalar oʻtkazish.

Vazirlar Mahkamasi majlisi bayonlari

 

 

 

 

 

2022-yil
avgust
2022-yil
dekabr

 

Davlat
byudjeti
mablagʻlari

 

Badiiy
akademiya
A.Nuridinov,
 

tegishli
vazirlik va
idoralar

Bajarilmoqda.

Oʻzbekiston xalq rassomlari (Ch.Axmarov, Z.Kovaleskaya)ning tavalludlarini munosib nishonlash tadbirlarida “Oʻzarxiv” agentligi tizimidagi Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivini ishtirok etishi yuzasidan Agentlikning 2022-yil 28-fevraldagi 01-26-06/275-son taklif xati Badiiy akademiyaga yuborilgan.

3.

275. Oʻzbekiston tasviriy va amaliy sanʼatini xalqaro darajada ommalashtirish.

1. Quyidagi xalqaro sanʼat tadbirlarini tashkil etish:

Zamonaviy sanʼat biyennalesi;

“Toshkent quvonchlari” xalqaro bolalar rasmlari biyennalesi;

“Tasviriy va amaliy sanʼat” festivali.

2. Ushbu xalqaro sanʼat tadbirlarining har biriga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash.

Vazirlar Mahkamasi majlisi bayonlari

2022-yil
dekabr

Davlat
byudjeti
mablagʻlari

 

Badiiy
akademiya
A.Nuridinov,
 

tegishli
vazirlik va
idoralar

Bajarilmoqda.

Xalqaro sanʼat tadbirlarini tashkil etishda “Oʻzarxiv” agentligi tizimidagi Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivini ishtirok etishi yuzasidan Agentlikning 2022-yil 28-fevraldagi
01-26-06/275-son taklif xati Badiiy akademiyaga yuborilgan.

VII. MAMLAKATIMIZ XAVFSIZLIGI VA MUDOFAA SALOHIYATINI KUCHAYTIRISH, OCHIQ, PRAGMATIK VA FAOL TASHQI SIYOSAT OLIB BORISH

(Masʼullar – V.Maxmudov, A.Azizov, S.Safoyev)

94-maqsad. Markaziy Osiyoda xavfsizlik, savdo-iqtisodiy, suv, energetika, transport va madaniy-gumanitar sohalardagi yaqin hamkorlikni sifat jihatidan
yuqori bosqichga olib chiqish

4.

356. Oʻzbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari muzeylari hamda arxivlari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni kengaytirish, ikki mamlakat tarixi va madaniyatini aks ettiruvchi kataloglarni birgalikda nashr etish.

Ikki va koʻp tomonlama loyihalarni ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirish boʻyicha takliflar kiritish.

Amaliy
chora-tadbirlar

2022-yil
noyabr

Loyihalar
hajmiga
muvofiq

Madaniy meros
agentligi
Sh.Nurullayev,
 

Madaniyat
vazirligi
O.Nazarbekov,
 

“Oʻzarxiv”
agentligi
U.Yusupov,
 

Tashqi ishlar
vazirligi
A.Kamilov

Bajarilmoqda.

Davlat dasturining “Markaziy Osiyo davlatlari muzeylari hamda arxivlari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni kengaytirish, ikki mamlakat tarixi va madaniyatini aks ettiruvchi kataloglarni birgalikda nashr etish” bandi ijrosi yuzasidan Madaniy meros agentligi, Madaniyat vazirligi hamda nusxasi Tashqi ishlar vazirligiga “Oʻzarxiv” agentligining 2022-yil 25-fevraldagi
01-26-08/263-son taklif xati yuborilgan.

 

 

 


Manba : "O'zarxiv" agentligi Axborot xizmati