2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan chora-tadbirlar ijrosi toʻgʻrisida tahliliy ma'lumot
T/r |
Ustuvor yoʻnalishlar, maqsadlar va vazifalar |
Amalga oshirish mexanizmlari |
Amalga oshirish shakli |
Muddati |
Amalga oshirish xarajatlari (moliyalashtirish manbalari) |
Masʼul ijrochilar |
Amalga oshirilgan ishlar, tayyorlangan hujjat loyihalari (kimga, qachon kiritilganligi, |
---|---|---|---|---|---|---|---|
I. INSON QADRINI YUKSALTIRISH VA ERKIN FUQAROLIK JAMIYATINI YANADA RIVOJLANTIRISH ORQALI XALQPARVAR DAVLAT BARPO ETISH |
|||||||
5-maqsad: Ixcham, professional, adolatli, yuqori natijadorlikka xizmat qiladigan davlat boshqaruvi tizimini joriy qilish |
|||||||
1. |
8. Vazirlik va idoralarning funksiya va vazifalarini qayta koʻrib chiqish. |
1. Vazirlik va idoralarning takrorlanadigan 168 ta vazifa
2. Faoliyati samarasiz deb topilgan va davlat-hokimiyat vakolatlari berilgan 40 dan ortiq idoralararo kollegial organlarni maqbullashtirish, zarurat boʻlganda ularning vazifalarini tegishli idoralarga oʻtkazish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2023-yil oktyabr |
- |
Adliya vazirligi A. Tashkulov,
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi O. Xasanov,
vazirlik va idoralar |
Bajarildi. 1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2023-yil 7-fevraldagi 27-um-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi PF–14-son “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash haqida”gi buyrugʻi tasdiqlandi. Mazkur buyruqqa asosan “Oʻzarxiv” agentligining markaziy apparati va hududiy tuzilmalari hamda shtatlar birliklarining roʻyxati tasdiqlandi. 2. “Oʻzarxiv” agentligi faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlarini xatlovdan oʻtkazish ishlari olib borildi. Arxiv sohasini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish ishlari yuritilib, sohaga oid qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Adliya vazirligiga Agentlikning 2023-yil 1-martdagi 01-25-11/264-son xati asosida takliflar kiritildi. 3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2023-yil 1-martdagi “Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligining faoliyatini takomillashtirish boʻyicha yoʻl xarita” tasdiqlandi va unga asosan 13 ta tadbirlar belgilanib, mazkur vazifalar yuzasidan tegishli ishlar amalga oshirildi. 4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2023-yil III va IV choraklarga (II yarim yillikka) moʻljallangan ish rejasining 52-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2023-yil 15-sentyabrdagi 241-um-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi faoliyatini oʻrganish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga asosan, joriy yil 18-sentyabr – 5-oktyabr kunlari “Oʻzarxiv” agentligi va uning idoraviy mansub tashkilotlarining 2022-yil va 2023-yilning oʻtgan davridagi faoliyati keng qamrovli (kompleks) oʻrganildi. Oʻrganish natijasiga koʻra, sohada amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqilib, ushbu vazifalarni samarali bajarilishi nazoratini olib borilishi belgilandi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 72-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish loyihasi boʻyicha taklif kiritildi. 5. Maʼmuriy islohotlarni amalga oshirish yuzasidan Adliya vazirligida tuzilgan Ishchi guruhi bilan hamkorlikda Agentlikning funksiya va vazifalari qayta koʻrib chiqildi hamda unda tegishli takliflar (“Oʻzarxiv” agentligi, uning boʻlimlarining funksiya va vazifalari, ish yuritish tartibi haqida) ishlab chiqilib, ishchi tartibda kiritib borildi. 6. “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2023-yil 7-fevraldagi |
9-maqsad: “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish, elektron davlat xizmatlarining ulushini 100 foizga yetkazish hamda byurokratiyani bartaraf etish |
|||||||
2. |
15. Fuqarolar va davlat idoralari oʻrtasidagi munosabatlarda ortiqcha byurokratiya holatlariga barham berish ishlarini davom ettirish. |
1. Davlat xizmatlarini qoʻshimcha toʻlov asosida xizmat koʻrsatuvchi xodimni fuqaroning yashash joyiga chaqirish orqali maxsus texnik qurilmalar yordamida koʻrsatish amaliyotini kengaytirish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2023-yil aprel |
Hisob-kitoblarga koʻra |
Adliya vazirligi A. Tashkulov,
davlat xizmatini koʻrsatuvchi vazirlik va idoralar |
Bajarildi. Aholi va tadbirkorlik subyektlariga tezkor axborot xizmatini koʻrsatish (ortiqcha ovoragarchiliklarni oldini olish) maqsadida Agentlikda idoraviy aloqa markazi (ishonch telefoni 55-503-01-50) faoliyati tashkil etilgan hamda telegram ijtimoiy tarmogʻida @Uzarxivs_murojaatbot, @arxivbot va @antikor_arxivbot botlari faoliyati yoʻlga qoʻyilgan, shuningdek, “Oʻzarxiv” agentligi rahbariyatiga bevosita ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat yoʻllash imkoniyati yaratilgan. Bugungi kunda Agentlikka kelib tushayotgan tezkor savol-javoblarning deyarli barchasini ijtimoiy huquqiy mazmundagi, yaʼni fuqarolarning mehnat staji va ish haqini tasdiqlash toʻgʻrisida arxiv maʼlumotnomasini olish boʻyicha savollar tashkil etmoqda. Mazkur savol-javoblar asosida eng koʻp tushadigan masalalar yuzasidan fuqarolar bilan uchrashuv va muloqot (sayyor qabul)larda tegishli tushuntirish va maʼlumotlar berib borildi. |
3. Aholiga davlat xizmatlari koʻrsatadigan davlat organlari va tashkilotlarida koʻrsatilgan xizmat sifati, xodimlarning muomala madaniyati va boshqa koʻrsatkichlarni maxsus elektron moslamalar orqali baholash tizimini yoʻlga qoʻyish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2023-yil aprel |
Hisob-kitoblarga koʻra |
Davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlari va tashkilotlari,
Adliya vazirligi A. Tashkulov,
Raqamli texnologiyalar vazirligi Sh. Shermatov |
Bajarildi. “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan aholi va tadbirkorlik subyektlariga koʻrsatiladigan davlat xizmatlari toʻgʻrisida maʼlumot berish, yaʼni xizmat sifati, xodimlarning muomala madaniyati va boshqa koʻrsatkichlarni baholash tizimi Agentlikning https://archive.uz sayti orqali yaratilgan (https://archive.uz/ishonch-telefoniga-kelib-tushgan-murojaatlar-soni). Unda, kelib tushgan qoʻngʻiroqlar soni va holati, ish vaqti, masala yuzasidan yondashuv va hal etilishi hamda xodimlarning muomalasini baholash kabi maʼlumotlar aks etgan. |
||
3. |
16. Elektron davlat xizmatlarining ulushini |
1. 2023-yil mobaynida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida joriy etiladigan va optimizatsiya qilinadigan |
Chora-tadbirlar rejasi |
2023-yil mart |
Hisob-kitoblarga koʻra Ijrochilar mablagʻlari loyiha-texnik hujjatlariga muvofiq |
Raqamli texnologiyalar vazirligi Sh. Shermatov,
Adliya vazirligi A. Tashkulov,
manfaatdor vazirlik va idoralar |
Bajarildi. 1. “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan koʻrsatiladigan davlat xizmatlarini qayta koʻrib chiqish, shuningdek mavjud xizmatlarni biznes jarayonlarini soddalashtirish va anʼanaviy koʻrsatiladigan xizmatlarni onlayn koʻrsatish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Arxiv sohasida elektron davlat xizmatlari salmogʻini oshirish va barcha davlat xizmatlarini toʻliq elektron shaklda taqdim etish maqsadida, “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan 2 ta davlat xizmatini: 1) Arab alifbosida yaratilgan turk, fors va arab tilidagi hujjatlardagi axborotlar toʻgʻrisida annotatsiya maʼlumotlarini tayyorlab berish; 2) Arxiv hujjatlari, kitoblar va qoʻlyozmalarni raqamlashtirish boʻyicha 2023-yil 2-choragida joriy qilish rejalashtirildi. Shu bilan birga, “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan koʻrsatiladigan davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibini biznes jarayonlarini modernizatsiyalash usullarini (BPR) qoʻllash orqali maqbullashtirish, muddatlari va talab etiladigan zarur hujjatlarini maksimal darajada qisqartirish rejalashtirildi. 2. Mazkur davlat xizmati turlari boʻyicha joriy yil 2-chorak davomida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) va Davlat xizmatlari markazlari (DXM) orqali ishga tushirish maqsadida Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi bilan belgilangan tartibda “Texnologik yoʻriqnoma” tasdiqlandi. Shu bilan birga, Texnologik yoʻriqnoma doirasi “Arxiv ishi” yagona yaxborot tizimida ushbu xizmatlarni ishga tushirish va tizimlarni integratsiya qilish maqsadida API ishlab chiqilib, “UZINFOCOM” data markazining dasturchilariga taqdim etildi. 3. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz orqali: Arab alifbosida yaratilgan turk, fors va arab tilidagi hujjatlardagi axborotlar toʻgʻrisida annotatsiya maʼlumotlarini tayyorlab berish (https://my.gov.uz/oz/service/850) hamda Arxiv hujjatlari, kitoblar va qoʻlyozmalarni raqamlashtirish (elektron nusxa olish) (https://my.gov.uz/oz/service/845) boʻyicha davlat xizmatlari ishga tushirildi. 4. Arab alifbosida yaratilgan turk, fors va arab tilidagi hujjatlardagi axborotlar toʻgʻrisida annotatsiya maʼlumotlarini tayyorlab berish hamda Arxiv hujjatlari, kitoblar va qoʻlyozmalarni raqamlashtirish (elektron nusxa olish) davlat xizmatlari “Arxiv ishi” yagona yaxborot tizimiga integratsiya qilindi. |
V. MAʼNAVIY TARAQQIYOTNI TAʼMINLASH VA SOHANI YANGI BOSQICHGA OLIB CHIQISH |
|||||||
77-maqsad: Oʻzbekiston tarixini oʻrganish va targʻib qilishni yanada rivojlantirish |
|||||||
4. |
239. Jadidchilik harakati davriga oid maʼlumotlar va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash. |
1. Oʻzbekistonda jadidchilik harakati davri, jadidlarning hayoti va faoliyatiga oid tarixiy maʼlumotlarni toʻplash.
2. Toʻplangan maʼlumotlar asosida jadidchilik harakatiga bagʻishlangan koʻp jildlik kitob nashr etish hamda hujjatli filmlar yaratish. |
Vazirlar Mahkamasi farmoyishi loyihasi |
2023-yil sentyabr |
Hisob-kitoblarga koʻra
Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasiga byudjetdan ajratilgan mablagʻlar doirasida |
Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi G. Umerova,
Madaniyat va turizm vazirligi O. Nazarbekov,
“Oʻzarxiv” agentligi U. Yusupov,
Badiiy akademiya A. Nuridinov,
Fanlar akademiyasi B. Yuldashev |
Bajarildi. 1. “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, Madaniyat va turizm vazirligi, Badiiy akademiya, Fanlar akademiyasiga 2023-yil 27-martdagi 02-08-05/371-son xati yuborildi. Mazkur xat orqali tegishli idoralar bilan hamkorlik qilish maqsadida, Oʻzbekistonda jadidchilik harakati davri, jadidlarning hayoti va faoliyatiga oid tarixiy maʼlumotlarni toʻplash boʻyicha davlat arxivlarida saqlanayotgan hujjatlarni ilmiy tadqiqotchilar va oʻrganuvchilarga belgilangan tartibda taqdim etilishi hamda ilmiy tadqiqotchilarga Oʻzbekiston Milliy arxivlari oʻquv zallaridan foydalanishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berilishi maʼlum qilindi. 2. Jadidlarning hayoti va faoliyatiga oid tarixiy maʼlumotlarni ilmiy oʻrganish hamda tadqiq qilish yuzasidan, “Oʻzarxiv” agentligi tizimidagi Oʻzbekiston Milliy arxivining ilmiy xodimlari va hamkor muassasalar hamda ilmiy izlanuvchilardan iborat ishchi guruhi tashkil etildi. Ishchi guruhi tomonidan 5 ta mavzu tanlanib, unda jadidchilik harakati davri, jadidlarning hayoti va faoliyatiga oid tarixiy maʼlumotlarni toʻplash boʻyicha tegishli vazifalar belgilandi. Ilmiy tadqiqotchilarga amaliy yordam koʻrsatish yuzasidan, Oʻzbekiston Milliy arxivining ikki nafar ilmiy xodimi ishchi guruhiga biriktirilishi belgilandi. Arxiv saqlovidagi tarixiy davr hujjatlaridan 3 ta fondidan 7 ta hujjat ishchi guruh tarkibidagi tadqiqotchilar uchun tayyorlandi. 2023-yilning aprel oyida Milliy arxiv fondida saqlanayotgan hujjatlarni oʻrganish maqsadida 12 nafar tadqiqotchi tashrif buyurib, unda 3 ta mavzu tanlab olindi. Shuningdek, arxivga tashrif buyurgan foydalanuvchilarga soʻroviga koʻra tegishli mavzular asosida arxiv hujjatlari taqdim etib borildi. 3. 2023-yil 26-may kuni Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy Universiteti Tarix yoʻnalishining 3-bosqich (rus-oʻzbek guruhi) talabalari Oʻzbekiston Milliy arxiviga tashrif buyurishdi. Talabalar Arxivshunoslik fanidan 2022-2023-oʻquv yilidagi arxiv-tanishuv amaliyotini oʻtkazish hamda arxiv hujjatlari bilan yaqindan tanishish maqsadida arxivga sayohat qilish jarayonida “Jadidchilik harakati va jadidlar hayoti, xususan, M.Behbudiyga tegishli qoʻlyozmalar” bilan batafsil tanishtirib oʻtildi. 4. 2023 yilning iyul-avgust oylarida Oʻzbekiston Milliy arxivi bilan Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi hamkorligida “Oyna”, “Samarqand”, “Sadoi Turkiston”, “Sadoi Fargʻona”, “Xurriyat”, “Inqilob”, “Pravda”, “Maorif maktabchisi”, “Alanga”, “Turkiston” kabi milliy davriy nashrlari sahifalarida chop etilgan jadidlarning maqolalarini saralash ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, loyiha ishtirokchilari tomonidan tarixiy, badiiy, adabiy, ilmiy va lingvistik yoʻnalishdagi maqolalarning yozilishi, belgilari, ketma-ketligi ustida tadqiq ishlar olib borildi. 5. Jadidlarning hayoti va faoliyatiga oid tarixiy maʼlumotlarni ilmiy oʻrganish hamda tadqiq qilish yuzasidan, Oʻzbekiston Milliy arxivining katta ilmiy xodimi, Tarix fanlari doktori, dotsent M.Isakova va Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Tarix instituti bilan hamkorlikda “jadid.uz” ilmiy-tadqiqot elektron platformasi loyihasi ustida ish olib borildi. Mazkur loyihaning maqsadi – Turkiston oʻlkasida faoliyat yuritgan jadid namoyondalari hayoti va faoliyati haqidagi maʼlumotlarni jamlashdan iborat. Loyiha ustida izlanishlar olib borish jarayonida 247 ta jadidga oid maʼlumotlar yigʻildi. Ularning til, adabiyot, tarix, taʼlim, axloq va boshqa yoʻnalishdagi yuzdan ortiq asarlari aniqlandi, milliy matbuot sahifalaridagi maqolalari arab alifbosidan joriy alifboga oʻgirildi. Bugungi kunda http://jadidlar.uz/ elektron platformasi ish faoliyatida boʻlib, unda aholi va barcha tadqiqotchilar uchun Jadid namoyondalariga oid qimmatli maʼlumotlar bilan tanishish imkoniyati yaratildi. |
VI. MILLIY MANFAATLARDAN KELIB CHIQQAN HOLDA UMUMBASHARIY MUAMMOLARGA YONDASHISH |
|||||||
84-maqsad: Korrupsiyaga moyil soha va tarmoqlarni aniqlash, korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish tizimining samaradorligini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish |
|||||||
5. |
258. Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʻlish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish maqsadida davlatning yaqin istiqboldagi asosiy yoʻnalishini belgilash. |
Quyidagilarni nazarda tutuvchi Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha 2023-2027-yillarga moʻljallangan milliy strategiyani ishlab chiqish: turli korrupsiyaviy holatlarni keltirib chiqaruvchi omillarni tahlil qilish; korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha amaldagi tizimli choralar samaradorligini baholash; Oʻzbekiston aʼzo boʻlgan konvensiyalar va boshqa xalqaro huquqiy shartnomalarda korrupsiyani oldini olish va u bilan kurashish choralarini inobatga olish; davlat va jamiyatda korrupsiyaga olib keluvchi asosiy sabab va shart-sharoitlarga barham berish choralarini belgilash.
|
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2023-yil may |
- |
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi A. Burxonov,
Bosh prokuratura B.Valiyev,
Adliya vazirligi A. Tashkulov,
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
Bajarildi. 1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2023-yil 1-martdagi “Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligining faoliyatini takomillashtirish boʻyicha yoʻl xarita”sining 4-bandiga muvofiq, aprel oyida “Oʻzarxiv” agentligi va uning hududiy tuzilmalari ish faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini tahlil qilish, bunda ushbu tizim samaradorligini oshirish hamda Adliya vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatining mohiyati boʻyicha “Oʻzarxiv” agentligi xodimlari uchun seminar-trening oʻtkazish hamda ushbu tizim boʻyicha tegishli tavsiyalar berish vazifasi belgilandi. 2023-yil 27-aprel kunida mazkur band ijrosini taʼminlash yuzasidan, Adliya vazirligining Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi (J.Uzakov) ishtirokida “Oʻzarxiv” agentligi markaziy apparati va uning tizimidagi muassasalar xodimlari uchun seminar-trening oʻtkazildi. Seminarda korrupsiyaviy omillar, uni yuzaga keltiradigan holatlar, korrupsiyaga qarshi kurashish choralarini koʻrish, ish faoliyatida mazkur holatlar yuzasidan Rahbariyatga tezkor xabar berish, shuningdek odob-axloq qoidalariga rioya qilish jihatlari boʻyicha batafsil tushuntirishlar berildi. Tadbir yakunida Adliya vazirligining tegishli mutaxassislari “Oʻzarxiv” agentligi xodimlarini qiziqtirgan savollar boʻyicha atroflicha javob berib oʻtdilar. 2. “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 2023-yil 25-maydagi 03-08/2551-son “Korrupsiyani keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini koʻrish toʻgʻrisida”gi taqdimnomasi yuzasidan 2023-yil 6-iyunda 01-27-11/676-son Chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, tasdiqlandi. “Oʻzarxiv” agentligining 2023-yil 6-iyundagi 01-26-11/677-son xati asosida Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni minimallashtirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar maʼlumoti Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga yuborildi. 2023-yil 16-iyunda “Oʻzarxiv” agentligi Haʼyatining kengaytirilgan yigʻilishi oʻtkazilib, unda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 2023-yil 25-maydagi 03-08/2551-son taqdimnomasi koʻrsatmalari muhokama etildi. Yigʻilishda Chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandganligi bildirilib, 01-10/3-son bayoni asosida tegishli vazifalar belgilandi. 3. “Oʻzarxiv” agentligining Arxiv ishi sohasi boshqaruvi ISO xalqaro standartlar talablariga muvofiq deb topildi. 2023-yil 9-iyunda Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligiga ISO 9001:2015 “Sifat menejmenti tizimi” va ISO 37001:2016 “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejmenti tizimi” boʻyicha xalqaro hamda milliy sertifikatlar topshirildi. 4. “Oʻzarxiv” agentligining 2023-yil 12-oktyabrdagi 01-26-11/1217-son xati asosida Korrupsiyaga qarshi kurashish ichki nazorat tuzilmasini yoʻlga qoʻyish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Adliya vazirligiga taqdim etildi. |
Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha 2023-2024-yillarga moʻljallangan davlat dasturini ishlab chiqish. |