2022 yil 31 mart kuni "O‘zarxiv" agentligi tomonidan O‘zbekiston Milliy arxivida "Ulug‘lar ulug‘laydi vatanni" mavzusida she’riyat kechasi tashkil etildi
O‘zbekiston milliy arxivida 2022 yil "Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili" davlat dasturidan kelib chiqadigan ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili qonunchiligini keng targ‘ib qilish maqsadida "Inson qadri uchun" shiori ostida "Ulug‘lar ulug‘laydi Vatanni" mavzusida Ma’naviyat soati o‘tkazildi. Unda "O‘zarxiv" agentligi, O‘zbekiston Milliy arxivi xodimlari, olimlar, yozuvchi va shoirlar, san’atkorlar ishtirok etdi. Davra suhbati shaklida o‘tgan tadbirda shoirlar Yangi O‘zbekistonni ulug‘lash, Vatan madhini kuylash barobarida ma’naviyat sarchashmalari bo‘lgan ulug‘ bobokolonlarimiz bisotidan g‘azallar namunalarini keltirdilar. San’atkorlar she’r va g‘azallarni kuyga solib, boy ma’naviyatimizga qo‘shib kelayotgan qo‘shiqlarini ijro etdilar. Mamlakatimizda o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish, til siyosatini takomillashtirish bo‘yicha olimlar, yozuvchilar fikrlari tinglandi.