“2022 yil davomida “O‘zarxiv” agentligi tizimida amalga oshirilgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani bo'lib o'tdi
Mavzu: “2022 yil davomida “O‘zarxiv” agentligi tizimida amalga oshirilgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani
O‘tkazish vaqti: 2023 yil 28 fevral soat 12:00da
O‘tkazilish joyi: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi binosi. Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 30- uy.
Tadbir tashkilotchisi: “O‘zarxiv” agentligi
Joriy yil 28 fevral kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida ““2022 yil davomida “O‘zarxiv” agentligi tizimida amalga oshirilgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Jumladan Matbuot anjumanida quyidagilar haqida axborot berildi:
“O‘zarxiv” agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov ma’lum qilishicha O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini rivojlantirishning 2022 yilga mo‘ljallangan rejasi 21 ta ko‘rsatkichlar bo‘yicha davlat arxivlari tomonidan bajarildi. Xususan:
“O‘zarxiv” agentligi tizimida 2022 yil davomida jami 6 ta bino, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qanliko‘l tumani davlat arxivi, Jizzax viloyati G‘allaorol tumani davlat arxivi, Navoiy viloyati davlat arxivi, Zarafshon shahar davlat arxivi, Sirdaryo viloyati davlat arxivi, Farg‘ona viloyati So‘x tumani davlat arxivi foydalanishga topshirildi.
Milliy arxiv fondi hujjatlarining elektron nusxasini yaratish ishlari bo‘yicha 189 810 saqlov birligidagi qog‘oz asosidagi 15 999 368 kadr , 348 saqlov birligidagi kino, 22 628 hisob birligidagi surat, 456 saqlov birligidagi ovozli hujjatlarning elektron nusxalari yaratilgan.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha “Arxiv ishi” yagona axborot tizimi (my.archive.uz), “Davlat arxivlarida raqamlashtirilayotgan hujjatlarni yagona saqlovini ta’minlash hamda ulardan foydalanish” axborot tizimi (e.archive.uz) ishga tushirilgan.
Korxona va tashkilotlarda arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha uslubiy hamda amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha 947 ta yalpi o‘rganish, 528 ta mavzuli o‘rganish ishlari olib borildi.
Korxona va tashkilotlar uchun sohaga oid ichki normativ hujjatlarni ishlab chiqish bo‘yicha jami 1 659 ta idoraviy hujjatlar, shundan 616 ta yig‘majildlar nomenklaturasi, 242 ta ish yuritish yo‘riqnomasi, 409 ta Markaziy ekspert komissiyasi va Ekspert komissiyasi nizomlari, 392 ta idoraviy arxiv nizomlari ishlab chiqildi.
“O‘zarxiv” agentligi va hududiy boshqarmalar tomonidan tashkilotlar hamda korxonalarda arxiv ishi va ish yuritish holati ustidan davlat nazoratini amalga oshirish bo‘yicha 2022 yil davomida 290 ta nazorat tekshiruvlari o‘tkazilib, 218 ta taqdimnomalar kiritilgan, 11 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan, shuningdek huquqni muhofaza qiluvchi organlarga 4 ta material yuborilgan.
2022-yilning davomida Respublika arxivlariga jami 538 826 ta mavzuli va ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovlar kelib tushgan boʻlib, shundan 83 332 ta mavzuli, 455 494 ta ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʼrovlarni tashkil etadi.
Davlat xizmatlari markazi va YaIDXP (onlayn) orqali jami 367 065 ta xizmatlar ko‘rsatilgan, jumladan, ish haqi va ish stajini tasdiqlash haqida arxiv ma’lumotnomasini berish – 238 932 ta, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasasida o‘qiganlikni tasdiqlash haqidagi arxiv ma’lumotnomasini berish – 32 419 ta, yaroqsiz holatga kelgan yoki yo‘qotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlash – 44 994 ta, mavzuli so‘rovlarni ijro etish – 41 062 ta, mavzuli so‘rovlarni ijro etish tezlashtirilgani – 9 070 ta, davlat arxivlari o‘quv zallarida arxiv hujjatlaridan foydalanishga ruxsatnoma berish bo‘yicha – 588 ta so‘rovlar kelib tushgan.
Respublika davlat arxivlariga jami jismoniy va yuridik shaxslardan 2 185 ta murojaatlar kelib tushdi hamda o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqildi, shundan 1 077 ta murojaat qanoatlantirildi, 918 tasiga tushuntirish berildi, 191 tasi tegishliligi bo‘yicha boshqa tashkilotga yuborildi.
Davlat arxivlari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlardan kelib tushgan mablalag‘lar miqdori jami 41.249,5 mln. so‘m (2021 yilga nisbatan, 121%)ni tashkil etdi.
Agentlik tizimidagi arxiv muassasalarida bugunga qadar, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishda kamchilik hamda huquqbuzarlikka yo‘l qo‘yganliklari uchun 2 nafar rahbar va mas’ul xodimlarga jiddiy ogohlantirish berilib, 72 nafar rahbar va mas’ul xodimlarga intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan.
2022 yil davomida Agentlik huzuridagi Arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha malaka oshirish ilmiy-metodik markazida jami 945 nafar tinglovchi malakasi oshirildi.
Arxiv o‘quvxonalarida tadqiqotchilar ishini tashkil etish bo‘yicha 5794 nafar O‘zbekiston fuqarolari, 55 nafar chet el fuqarolari tadqiqotchilik ishlarini olib bordilar, shuningdek 55 169 saqlov birligidagi hujjatlar tadqiqotchilarga foydalanish uchun taqdim etildi.
O‘zbekiston milliy arxivida saqlanayotgan tarixiy davr (1917 yilgacha) bo‘lgan arxiv hujjatlaridan 10 ta fonddan jami 56 ta yig‘majild o‘rnatilgan tartibda maxfiylikdan chiqarilgan.
Xalqaro hamkorlikda har yili bir qancha hamkorlik hujjatlari imzolanmoqda. Jumladan, 2022 yilda Yad Vashem, Xolokost qurbonlari va qahramonlarini xotirlash boshqarmasi, Polsha Respublikasi Milliy xotira instituti, Belarus Respublikasi Adliya vazirligi Arxivlar va ish yuritish departamenti, Qirg‘iziston Respublikasi Raqamli rivojlanish vazirligi bilan arxiv ishi va ish yuritish sohasida Anglashuv memorandumlari, shuningdek, Ozarbayjon Respublikasi Milliy arxiv boshqarmasi bilan Bitim imzolandi.
2022 yil mobaynida “O‘zarxiv” agentligi rahbariyati va tizim tashkilotlari rahbar-xodimlari tomonidan Isroil Davlati, Qozog‘iston Respublikasi, Belarus Respublikasi, Janubiy Koreya va Turkiya Respublikasi kabi xorijiy davlatlarga xizmat safarlari amalga oshirildi.
Xususan, Turkiya Respublikasida Turkiya Prezidenti devoni huzuridagi Davlat arxivlari boshqarmasi bilan hamkorlikda tayyorlangan “Hujjatlarda O‘zbekiston-Turkiya aloqalari” nomli kitob-albom taqdimoti o‘tkazildi. Shuningdek, “O‘zarxiv” agentligi direktori boshchiligidagi delegatsiyaning Isroil Davlatiga xizmat safari doirasida Al-Aqso masjidi kutubxonasi saqlovidagi Imom al-Buxoriy va Iso at-Termiziyga tegishli jami 53 ta noyob qo‘lyozma elektron nusxalari O‘zbekiston Milliy arxivi davlat saqloviga topshirilgan.
Tadbirda “O‘zarxiv” agentligi, O‘zbekiston milliy arxivlari rahbarlari hamda Ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalistlar ishtirok etdilar.
Tadbirni yoritishda yaqindan yordam bergan ommaviy axborot vositalari vakillariga “O‘zarxiv” agentligi tomonidan minnatdorlik bildiriladi.