2023-yil 16-fevral kuni “Oʻzarxiv” agentligining kengaytirilgan Hayʼat yigʻilishi oʻtkazildi.
Yigʻilishda markaziy apparat xodimlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmalari boshliqlari, milliy va viloyat davlat arxivlari direktorlari ishtirok etdilar.
Hayʼat yigʻilishida kun tartibidagi jumladan quyidagi masalalar atroflicha va tanqidiy muhokama etildi.
Oʻzarxiv” agentligining 2022-yil yakunlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Hukumati tomonidan belgilangan vazifalarning bajarilishi toʻgʻrisida
“Oʻzarxiv” agentligida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari ijrosini tashkil qilish va nazorat qilish, Agentlik tizimidagi tashkilotlarda ijro intizomi holati, uni mustahkamlash, bu borada rahbarlar masʼuliyatini kuchaytirish, hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari hamda soʻrovlar ijrosi holati toʻgʻrisida
Davlat arxivlari tomonidan “Davlat arxivlarida raqamlashtirilayotgan hujjatlarni yagona saqlovini taʼminlash hamda ulardan foydalanish” axborot tizimiga maʼlumotlarni kiritish holati toʻgʻrisida
Namangan viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi va uning tizimidagi davlat arxivlarida hamda Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivida oʻtkazilgan oʻrganishlar toʻgʻrisida.
Taʼkidlandiki Norma ijodkorligi yoʻnalishida, quyidagi 2 ta normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqilgan:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-sentyabrdagi 501-son qarori qabul qilingan va Davlat mulki boʻlgan arxiv hujjatlari yoki ularning koʻchirma nusxalarini, shuningdek Milliy arxiv fondining nodavlat qismiga kiritilgan arxiv hujjatlari yoki ularning koʻchirma nusxalarini Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga vaqtincha olib chiqish uchun ruxsatnoma pasporti tasdiqlangan. Unga koʻra jismoniy va yuridik shaxslar ruxsatnoma olish uchun ortiqcha sarf-xarajat hamda vaqt sarflamasdan license.gov.uz axborot tizimi orqali “Oʻzarxiv” agentligiga ariza yuborish va natijalarni olishi mumkin boʻldi.
“Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiqlashtirish maqsadida “Oʻzarxiv” agentligi direktorining
2022-yil 28-iyundagi 121-son “Axborot resurslarining arxiv nusxalarini yaratish va ularni davlat saqloviga topshirish boʻyicha yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida” buyrugʻi qabul qilingan va Adliya vazirligida 2022-yil 29-iyulda 1703-1 raqam bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.
290 ta vazirlik, idoralar va ularning hududiy boʻlinmalari hamda boshqa tashkilotlarda davlat nazorati tadbirlari oʻtkazilgan;
oʻtkazilgan tekshirish natijasida arxiv ishiga masʼul xodimlarning
10 nafariga maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnomalar tuzilib, tegishli sud organlariga yuborilgan;
4 ta oʻtkazilgan tekshirishlar boʻyicha toʻplangan materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan;
qonunchilik hujjatlari talablari buzilganligini bartaraf qilish haqida 218 ta koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritilgan;
Davlat arxivlari saqloviga vazirlik va idoralar hamda tashkilotlardagi Milliy arxiv fondiga tegishli 195,2 ming saqlov birligidagi boshqaruv hujjatlari qabul qilingan;
tashkilot va korxonalarning 408,3 ming saqlov birligidagi arxiv hujjatlari shartnoma asosida tartibga keltirilgan;
tashkilotlarga uslubiy yordam koʻrsatish maqsadida 1 475 ta oʻrganishlar oʻtkazilgan;
tashkilotlar uchun arxiv ishi va ish yuritishga oid 1 659 ta ichki lokal, jumladan, Yigʻmajildlar nomenklaturasi, ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish boʻyicha yoʻriqnoma, Idoraviy arxiv, Ekspert komissiyasi nizomi ishlab chiqilgan.
2022-yil davomida “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan Yad Vashem, Xolokost qurbonlari va qahramonlarini xotirlash boshqarmasi, “Ozarbayjon Respublikasi Milliy arxiv boshqarmasi, Polsha Respublikasi Milliy xotira instituti, Qirgʻiziston Respublikasi Raqamli rivojlanish vazirligi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida turli hil memorandum va bitimlar imzolangan.
“Oʻzarxiv” agentligida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari ijrosini tashkil qilish va nazorat qilish, Agentlik tizimidagi tashkilotlarda ijro intizomi holati, uni mustahkamlash, bu borada rahbarlar masʼuliyatini kuchaytirish, hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari hamda soʻrovlar ijrosi holati toʻgʻrisida.
2022-yil davomida Agentlikka kelib tushgan hujjatlar 4823, yuborilgan hujjatlar 1697 tani tashkil etganasosiy faoliyatga oid, 217shaxsiy tarkibga oid buyruqlar va 27 tafarmoyishlar ishlab chiqilgan.
Hisobot davrida Agentlik tomonidan 167 ta, shulardan, Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari (15 ta), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari (27 ta), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari (66 ta), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari (59 ta) ijrosi yuzasidan tegishli hujjatlar qabul qilingan.
2022-yil Respublika arxivlariga jami 538 826 ta mavzuli va ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovlar kelib tushgan boʻlib, shundan 83 332 ta mavzuli, 455 494 ta ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovlar kelib tushgan.
Davlat xizmatlari markazlari (DXM) va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali 335 135 ta, Pochta va elektron pochta orqali 47 113 ta ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovlar kelib tushgan boʻlsa 73 246 nafar fuqaro bevosita arxivga murojaat etgan.
Arxiv hujjatlari asosida 346 267 ta soʻrovlar ijrosi bajarilib, ulardan 312 628 tasi ijobiy, 33 639 tasi boʻyicha esa tegishli koʻrsatma va tushuntirishlar berilgan. Tashkilot hujjatlari arxiv saqloviga kelib tushmagan va taaluqligi boʻyicha tegishli tashkilotlarga yuborilgan soʻrovlar soni 98 453 tani tashkil etadi.