2024-yilda Agentlik va uning tizimida genderga oid audit oʻtkazish natijalari
2024-yilda Agentlik va uning tizimida genderga oid audit oʻtkazish natijalari
T/R |
Savollar |
Javoblar |
Masʼullar |
1 |
Vazirlik (idora,tashkilot) ning gender tengligi sohasidagi asosiy strategiyasi va tashkilotning maqsadlarida, uning dasturlari va budjetida Genderga oid masala aks ettirilganligi;
|
“Oʻzarxiv” agentligining 2024-yil I va II yarim yilligi uchun rejalashtirilgan Asosiy ish rejasi (17-19-bandlar) hamda tarkibiy boʻlimlar reja va chora-tadbirlarida genderga oid masalalar kiritilgan. |
Sh. Sadikov, Sh. Tursunbayev |
2 |
Vazirlik (idora,tashkilot)da ayollar huquqlarini targʻib qiluvchi milliy gender tuzilmalari va ayollar tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT), jumladan, xotin-qizlar uyushmalari va ilmiy muassasalar vakillari yoki xalqaro gender tashkilotlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyganligi;
|
“Oʻzarxiv” agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Shuningdek, Respublika kasaba uyushmalari, Shanhay hamkorlik tashkiloti Doʻstlik hamjamiyati, millatlararo doʻstlik va hamkorlik jamiyatlari bilan aloqalar yoʻlga qoʻyilgan. Mazkur masalalar yuzasidan Belorus, Qozoq, Isroil, Rus milliy markazlari bilan 2023-yilda, 2024-yilda Belorus, Rus, Tojik milliy madaniy markazlari hamkorlikda fotokoʻrgazmalar tashkil etilgan. 2024-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi bilan hamkorlikda fotokoʻrgazma va davra suhbatlari tashkil etilgan |
S. Yunusxodjayeva, D. Dadayeva |
3 |
Gender tengligini targʻib qiluvchi erkaklar yoki ayollar uchun keng qamrovli chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun resurslar mavjudmi? Bu resurslar yetarlimi?
|
www.archive.uz veb-saytida hamda ijtimoiy tarmoqlarda genderga oid sahifa mavjud boʻlib, chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun yetarli resurslar mavjud. |
A. Aliyev, Sh.Tursunbayev |
4 |
Vazirlik (idora, tashkilot)da Respublika-viloyat-tuman (shahar) darajasida gender masalalariga ustuvor ahamiyat berish darajasi ishlab chiqilganmi?
|
“Oʻzarxiv” agentligi tizimida gender masalalariga ustuvor ahamiyat berish yoʻnalishida Asosiy ish reja, tadbirlar, kalendar ish rejalariga kiritilgant boʻlib, daraja ishlab chiqish rejalashtirilgan. |
Sh. Tursunbayev |
5 |
Qabul qilingan chora-tadbirlarning umumiy sonida gender tengligiga oid masalalar qanday ulushga ega?
|
Agentlikning asosiy ish rejasida gender tengligiga oid masalalar ulushi-15% ni tashkil etadi. |
Boʻlim boshliqlari |
6 |
Gender tengligiga oid masalalar oʻrin olgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishda boʻlinma xodimlari, hamkor tashkilotlar va boshqa manfaatdor tomonlar ishtirok etganmi?
|
Gender tengligiga oid masalalar oʻrin olgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishda boʻlinma xodimlari, hamkor tashkilotlar va boshqa manfaatdor tomonlar ishtirok etadi. Jumladan, Gender maslahat kengashi ish rejasi Oila va xotin-qizlar koʻmitasi bilan kelishilgan holda ishlab chiqiladi. Oʻtkaziladigan tadbirlar tegishliligi boʻyicha hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Agentlik tizimida “2030-yilga qadar Oʻzbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini amalga oshirish dasturi” ijrosi Oliy Majlis Senati qoʻmitasi bilan kelishilgan holda amalga oshirilmoqda. |
Boʻlim boshliqlari |
7 |
Vazirlik (idora,tashkilot)da gender ekspertlar va maslahatchilarni jalb qilish imkoniyatlari mavjudmi?
|
“Oʻzarxiv” agentligida gender ekspertlar va maslahatchilarni jalb qilish imkoniyatlari shartnoma asosida jalb qilinishi mumkin. Bugungi kunga qadar ehtiyoj boʻlmagan. |
Sh. Sadikov, F. Suyunov |
8 |
Gender tengligini taʼminlashda salohiyatni oshirish uchun tashkilot rahbariyati tomonidan qanday tashabbuslar amalga oshiriladi?
|
1.Gender tenglikni taʼminlash maqsadida tashkilot rahbari huzurida kadrlarni tanlashg, saralash va joy-joyiga qoʻyish boʻyich suhbat komissiyasi tashkil etilgan 2. Kadrlarni tanlashda kamida 3 ta nomzod koʻrib chiqilib, tanlanadi, bugungi kunda rahbar kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish masalasida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi orqali amalga oshirish yoʻlga qoʻyilgan. 3. Har yarim yillikda gender siyosatini targʻib qilish boʻyicha rahbar tomonidantashabbuslar amalga oshiriladi (fotokoʻrgazma, konferensiya) |
Sh. Sadikov, Sh. Tursunbayev, boʻlim boshliqlari |
9 |
Faoliyatning barcha sohalarida, jumladan, kadrlar siyosati va tashkiliy ishlarda gender tengligiga eʼtibor qaratiladimi?
|
“Oʻzarxiv” agentligida kadrlar siyosati va tashkiliy ishlarda gender tengligiga eʼtibor qaratiladi. Xususan, tanlov eʼlon qilinadi. Tanlov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining davlat fuqarolik xizmati vakant lavozimlarining yagona ochiq portali orqali amalga oshiriladi. |
S. Yunusxodjayeva |
10 |
Gender tengligi boʻyicha mavjud hujjatlar koʻrib chiqilganmi? Uning natijalari keng doiradagi xodimlar uchun mavjudmi?
|
“Oʻzarxiv” agentligida gender tengligi boʻyicha hujjatlar barcha xodimlar uchun ochiq. Agentlikning rasmiy veb-saytida gender tengligi masalalariga oid barcha hujjatlar mavjud. https://www.archive.uz/category/gender-tenglik |
Boʻlim boshliqlari |
11 |
Resurslarni taqsimlash va ulardan foydalanish, rejalashtirilgan va amalga oshirilayotgan gender tamoyillarini hisobga olish boʻyicha tadbirlarni kuzatish uchun samarali moliyaviy va maʼmuriy mexanizmlar mavjudmi?
|
“Oʻzarxiv” agentligi tizimida Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 2- sentabrdagi OʻRQ-562-son Qonuni ijrosini taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasida Gender tenglikni taʼminlash masalalari Komissiyasining 2020-yil 24-martdagi Tavsiyalarini hayotga tadbiq etish boʻyicha Agentlikning 2020-yil 13- noyabrdagi 226-son buyrugʻi bilan Gender-maslahat kengashi tashkil etildi. Mazkur buyruq bilan maslahat kengashining tuzilmasi, maslahat kengashi tarkibi, maslahat-kengashi Nizomi tasdiqlangan. Gender siyosatini amalga oshirishda budjetdan tashqari mablagʻlar koʻzda tutilgan. |
F. Suyunov |
12 |
Hamkor tashkilotlarni tanlashda ularning gender tengligini taʼminlashdagi tajribasi yoki bu boradagi salohiyati inobatga olinganmi?
|
Hamkor tashkilotlarni tanlashda ularning gender tengligini taʼminlashdagi tajribasi yoki bu boradagi salohiyati inobatga olingan. Jumladan, hamkor tashkilotlar: Adliya vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, ShHT ning doʻstlik hamjamiyati. |
S. Yunusxodjayeva |
13 |
Vazirlik (idora,tashkilot)da qaror qabul qilish qanday amalga oshiriladi: xodimlar jarayonga qay darajada jalb qilingan (yoki chetlatilgan), ular qay darajada (toʻliq yoki qisman) xabardor qilingan, ularga maʼlumotlar oʻz vaqtida taqdim etilganmi yoki yoʻqmi?
|
“Oʻzarxiv” agentligida qaror qabul qilish: 1.Kollegial; 2.Arxiv ijro tizimi orqali barcha tegishli xodimlar bilan kelishilgan holda; 3.Yakka tartibda; |
D. Yusupov |
14 |
Qaror qabul qilishda kim doimo ishtirok etadi? Bu odamlarning tanlovi ularning ish maʼsuliyati, martaba zinapoyasidagi pozitsiyasi yoki boshqa omillarga bogʻliqmi? Bu omillar nima?
|
Oʻzarxiv agentligida qaror qabul qilishda doimo: direktor oʻrinbosarlari; bosh yuristkonsult; gender maslahat kengashi raisi; maslahatchilar; inson resurslari boʻyicha bosh mutaxassis.
|
D. Yusupov |
15 |
Erkaklar va ayollar qaror qabul qilishda teng ishtirok etadimi?
|
Oila va xotin qizlar masalalariga oid qarorlar qabul qilishda agentlikning xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, Gender maslahati kengashi raisi hamda oʻrinbosarlar ishtirok etadi. Qaror qabul qilishda tenglik taʼminlangan. |
S. Yunusxodjayeva |
16 |
Vazirlik (idora, tashkilot) ning barcha darajadagi boʻlinma xodimlari oʻrtasida gender muvozanati qanday?
|
“Oʻzarxiv” agentligi tizimida:Ayollar:1312ta Erkaklar-1217 ta Ayollar ulushi-65 % Agentlik markaziy apparatida: 20+8
|
S. Yunusxodjayeva |
17 |
Ishga qabul qilish va tanlashda shaffoflik va gender sezgirligi mavjudmi? |
Ishga qabul qilish va tanlashda shaffoflik va gender sezgirligi mavjud. Nomzodlarning hujjatlarini tayyorlash jarayonidan Rahbar huzuridagi tanlov komissiyasigacha boʻlgan jarayon rahbar tomonidan kuzatiladi va komissiyaga taklif qilingan nomzodlar hujjatlari bilan komissiyaning toʻliq tanishib xulosa berishiga imkoniyat yaratiladi. |
S. Yunusxodjayeva |
18 |
Vazirlik (idora, tashkilot) da oilaga doʻstona va ish-oila balansi siyosati mavjudmi?
|
“Oʻzarxiv” agentligida oilaga doʻstona va ish-oila balansi siyosati har bir yoʻnalishda mavjud. Jumladan, har bayram kunlari rahbariyatning xodimlar oilasiga, hayotiga boʻlgan munosabati bildiriladi hamda moddiy ragʻbatlantiriladi. Shuningdek, bayram kunlari arafasida xotin-qizlarga qonun doirasida ish vaqti qisqartirilishiga imkoniyat yaratiladi. |
A. Fayzullayev |
19 |
Vazirlik (idora, tashkilot) da ayollar va erkaklar imkoniyatlarini kengaytirish va jamiyatdagi anʼanaviy gender streotiplarini oʻzgartirish uchun qanday imkoniyatlar mavjud?
|
“Oʻzarxiv” agentligi tizimida ayollar va erkaklar imkoniyatlarini kengaytirish va jamiyatdagi anʼanaviy gender streotiplarini oʻzgartirish boʻyicha Gender maslahat kengashining ish rejasiga muvofiq targʻibot ishlari amalga oshiriladi. (konferensiya, psixologlar bilan davra suhbatlari, lider erkaklar va lider ayollar namuna sifatida koʻrsatiladi) |
Sh. Tursunbayev, S. Yunusxodjayeva |
20 |
Gender masalalariga jiddiy eʼtibor qaratilishi yoki eʼtiborga olinmasligi ustidan kim koʻproq nazorat qiladi?
|
Gender masalalariga jiddiy eʼtibor qaratilishi yoki eʼtiborga olinmasligi ustidan Gender maslahat kengashi, ish beruvchi rahbar, jamoatchilik kengashi hamda kadrlarga masʼul xodim nazorat qiladi. |
Sh. Tursunbayev |
21 |
Vazirlik (idora, tashkilot)da xodimlarga nisbatan zoʻravonlik holatlari kuzatiladimi?
|
“Oʻzarxiv” agentligi tizimida xodimlarga nisbatan zoʻravonlik holatlari mavjud emas. Xodimlar va tarkibiy boʻlinmalar, oʻuningdek hududiy boʻlinmalarning xodimlari oʻrtasida oʻzaro doʻstona va ishchan munosabat oʻrnatilgan. Bu borada “Oʻzarxiv” agentligining “Odob-ahloq qoidalari” ishlab chiqilib tasdiqlangan. https://www.archive.uz/tartibga-solish-tasirini-baholash-arxiv-ishi-va-ish-yuritish-holati-ustidan-davlat-nazorati-bolimi-2 |
L. Mirzayev |
22 |
Xodimlar gender tengligi masalalariga eʼtibor qaratganliklari uchun qanday mukofotlanadilar yoki aksincha, ular ragʻbatlantirilmaydimi?
|
“Oʻzarxiv” agentligi tizimida gender tengligi boʻyicha turli tanlovlar oʻtkaziladi. Agentlik tomonidan Respublika “Gender tenglik milliy tanlovi” tanlovida 3 marotaba ishtirok etgan. Ishtirok etgan xodimlar Agentlik direktorining idoraviy mukofotlari hamda milliy tanlov komissiyasining qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlangan. Shuningdek, har yili “Arxiv malikalari” tanlovida ishtirok etgan xodimlar mukofotlar bilan taqdirlanib kelinmoqda. |
S.Yunusxodjayeva |
23 |
Vazirlik (idora, tashkilot)da xodimlarning shaxsiy, oilaviy va jamoat masʼuliyatini qanday hisobga oladi? |
“Oʻzarxiv” agentligida xodimlarning shaxsiy, oilaviy va jamoat maʼsuliyati hisobga olingan holda xodimlarga imkoniyatlar yaratiladi. Jumladan, har bir xodimning shaxsiy ish rejasi rahbariyat bilan kelishilgan holda direktor tomonidan tasdiqlanadi. Oilaviy munosabatlar ish beruvchi hamda kasaba uyushmalari bilan kelishilgan holda imkoniyatlar qonunchilikda belgilangan tartibda yaratiladi. Har bir xodimga jamoatchilik masʼuliyati yuklatilgan. |
S.Yunusxodjayeva |
24 |
Vazirlik (idora, tashkilot)ning moliyaviy va budjet masalalari ochiq muhokama qilinadimi?
|
“Oʻzarxiv” agentligi tizimida moliyaviy va budjet masalalari Hayʼat tomonidan muhokama qilinadi. Shuningdek, moliyaviy masalalar tegishli xodimlar, masʼul tarkiiy boʻlinma ishtirokida muhokama etiladi. |
F.Suyunov |
25 |
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tomonidan qabul qilingan ayollar huquqlarini himoyasini taʼminlovchi hujjat mavjudligi?
|
“Oʻzarxiv” agentligida gender tengligi boʻyicha hujjatlar barcha xodimlar uchun ochiq. Agentlikning rasmiy veb-saytida gender tengligi masalalariga oid barcha hujjatlar mavjud. https://www.archive.uz/category/gender-tenglik |
Sh. Tursunbayev |
26 |
Oʻzbekistondagi xotin-qizlarning ahvoli boʻyicha davlat tomonidan qabul qilingan xalqaro huquqiy-majburiy meʼyorlarning bajarilishini tasdiqlovchi hisobotlar topshiriladimi? Kim tomonidan topshiriladi?
|
“Oʻzarxiv” agentligi tomonidan gender tenglik boʻyicha tadbirlar tashkil etilishi va hisobotlar soʻrovga asosan topshiriladi. 2024-yilda hisobotlar topshirilgan. |
Sh. Tursunbayev |
27 |
Vazirlik (idora, tashkilot)da zoʻravonlikdan jabrlangan shaxslarni mavjudligi? (agar boʻlsa) zoʻravonlikdan jabrlanganlarga qanday tibbiy xizmatlar taqdim etilgan?
|
2024-yilda “Oʻzarxiv” agentligi va uning tizimida zoʻravonlikdan jabrlangan shaxslar aniqlanmagan. Mazkur yoʻnalishda doimiy monitoring yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, zoʻrovonlikka qarshi tadbirlar tashkil etiladi. |
Sh. Tursunbayev |
28 |
Gender zoʻravonlikni oldini olish uchun amalga oshirilgan targʻib tadbirlari?
|
Gender zoʻravonlikni oldini olishga qaratilgan targʻibot tadbirlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan 2022-2024-yillarda Agentlik tizimida “2030-yilga qadar Oʻzbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini amalga oshirish dasturi” doirasida “Zoʻrovonlikka qarshi 16 kun” mavzusida turkum muhokamalar oʻtkazildi. 2024-yilda gender masalalari boʻyicha 2 marotaba, zoʻravonlikka qarshi kurashish boʻyicha 2 marotaba yigʻilish va tadbirlar tashkil etildi. |
Sh. Tursunbayev |
29 |
Tashkilot yoki vazirlik (rahbariyati uchun) Gender siyosati boʻyicha xabardorlik darajasi.
|
Rahbariyat Gender siyosati boʻyicha maʼlumotga ega. |
|
30 |
Qarorlarni qabul qilish
|
Gender siyosatini yuritishda qarorlar rahbariyat tomonidan kelishilgan holda qabul qilinadi. |
|
31 |
Gender strategiyasi mavjudligi |
Agentlik tizimida “2030-yilga qadar Oʻzbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini amalga oshirish dasturi” doirasida Agentlikning yillik Asosiy ish rejalarida strategiya aks ettirilgan. Shuningdek, Gender maslahat kengashining 2024-yilga belgilangan ish rejasi ishlab chiqilib, Agentlik direktori tomonidan tasdiqlangan. |
|
32 |
Gender tengligini taʼminlash va jins boʻyicha kamsitishdan himoya qilish mexanizmining mavjudligi?
|
1.Gender komissiyasi faoliyati yoʻlga qoʻyilgan; 2.Odob-axloq komissiyasi faoliyati yoʻlga qoʻyilgan; 3.Kasaba uyushmasi faoliyati yoʻlga qoʻyilgan; 4. Arxiv ishi faoliyati ustidan Jamoatchilik nazorati yoʻlga qoʻyilgan; 5. Xotin-qizlar boshlangʻich tashkiloti va “Ayollar kengashi” faoliyati Agentlik direktori buyruqlari bilan yoʻlga qoʻyilgan. |
|
33 |
Tashkilot yoki vazirlikni saytida Gender siyosati boʻyicha maʼlumotlar mavjudligi?
|
Agentlik saytida 2021-yildan buyon Gender tenglik siyosatini yuritish boʻyicha sahifa mavjud. https://www.archive.uz/category/gender-tenglik |
Sh.Tursunbayev |
34 |
Tashkilot yoki vazirlikda ayollar va erkaklar soni, ayollarni ulushi.
|
Erkaklar soni:1217 Ayollar soni:1312 Ayollar ulushi:65% |
S.Yunusxodjayeva |
35
|
Tashkilot yoki vazirlikda statistik, tahliliy va boshqa axborot maʼlumotlari mavjudligi?
|
“Oʻzarxiv” agentligi tizimida statistic hisobotlarida gender tengligi maʼlumotlari aks ettirilidi, har yilgi hisobotlarda tahliliy axborotlar beriladi. Tizimda arxiv ishi va xodimlar faoliyati yuzasidan 12 ta tahliliy statistik maʼlumotlar yuritilgan. |
S.Yunusxodjayeva L.Mirzayev, A.Fayzullayev |
36 |
Tashkilot yoki vazirlikda rahbar ayollar soni.
|
“Oʻzarxiv” agentligi tizimida rahbar ayollar 112 nafarni tashkil etadi. |
S.Yunusxodjayeva |
37 |
Tashkilot yoki vazirlikda rahbar lavozimga zaxiraning mavjudligi.
|
Agentlik tizimida kadrlar siyosatini yuritishga oid qonun hujjatlariga muvofiq rahbar lavozimga tavsiya etiladigan nomzodlar roʻyhati yuritiladi hamda tegishli yuqori organlarga taqdim etib boriladi. |
S.Yunusxodjayeva |
38 |
Tashkilot yoki vazirlikda rahbar lavozimga zaxirani oʻqitish masalalari yoʻlga qoʻyilganligining holati?
|
“Oʻzarxiv” agentligi tizimida rahbar lavozimga zaxirani xodimlarni malakasini oshirish belgilangan reja-grafikka muvofiq amalga oshiriladi. |
S.Yunusxodjayeva |
39 |
Tashkilot yoki vazirlik doirasida bevosita gender kamsitish holatlari mavjudmi?
|
“Oʻzarxiv” agentligi tizimida gender kamsitish holatlari mavjud emas. |
S.Yunusxodjayeva |
40 |
Ish haqi jinsiy mansubligiga qarab farqlanadimi?
|
“Oʻzarxiv” agentligi tizimida ish haqi jinsiy mansubligiga qarab farqlanmaydi. |
S.Yunusxodjayeva |
41 |
Tashkilot yoki vazirlikda 2030-yilga qadar Oʻzbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi boʻyicha masʼul xodim, gender tenglik boʻyicha Kengash va ishchi guruh mavjudligi.
|
“Oʻzarxiv” agentligida 2020-yil 13-noyabr 226-son buyrugʻi bilan “Oʻzarxiv” agentligi tizimida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarni taʼminlash masalalari boʻyicha maslahat kengashi tashkil etilgan.Bu maslahat kengashining raisi, kotibi va aʼzolari mavjud. |
S.Yunusxodjayeva Sh. Tursunbayev |